Read mkfmm22_uzl.pdf text version

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

TOShKENT MOLIYa INSTITUTI

MUTAXASSISLIKKA KIRISH fanidan ma'ruza matni

TOSHKENT - 2005

KIRISH Mutaxassislikka kirish fani talabalarga institutdagi o'qish jarayonida oliy ta'lim muassasalariga taaluqli bo'lgan, uning mazmuni va mohiyatini ifodalaydigan tomonlari bilan to'laroq tanishish imkoniyatini beradi. Bu fan orqali oliy ta'lim muassasasining tuzilishi, uning boshqarish tizimidagi bo'g'inlari, ularning har birini o'quv jarayonida tutgan o'rni va roli hamda talabaning mutaxassisligi bo'yicha tushuncha beradi. Bozor munosabatlarining muhim bo'g'inlaridan biri bo'lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, halqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo'lmasdan sog'lom taraqqiy qilishi mumkin emas. Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub'ekti bo'lgan banklar faoliyatini o'rganishni, ularning ishlash usullari, funktsiya va operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi. Mazkur «Mutaxassislikka kirish» kursi kadrlar tayyorlash bo'yicha ta'lim standartlari asosida ishlab chiqilgan namunaviy o'quv dasturi asosida yaratilgan, «Mutaxassislikka kirish» kursi barcha fanlarning debochasi bo'lib talabalarga mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha o'qitiladigan barcha fanlarni o'zida mujassamlashtirgan holda o'rgatadi. Bu fan yosh bankirlarga va bank ishiga qiziquvchilarga mutaxassislik bo'yicha bilim berishga, jumladan, banklar faoliyatini tashkil qilish va olib borish, banklarning turli bozor sub'ektlari bilan munosabatlarini tashkil qilish va umuman, bank ishini tashkil qilish asoslarini o'rgatishga mo'ljallangan.

Sh.Z.Abdullaeva, N.A.Usmonova, L.O.Mirzaeva. Mutaxassislikka kirish fanidan ma'ruza matni. T. «IQTISOD-MOLIYa» nashriyoti, 2005 y. bet.

Mazkur ma'ruza matni oligohga kirgan bank ishi ixtisosligi talabalari uchun mo'ljallangan, bo'lib, moliya institutining tashkil topish tarixi, boshqaruv strukturasi, kutubxona fondi, shuningdek oligohdagi o'quv jarayoni tashkil etilishi va olib borish tartiblari, referat, nazorat ish, uslubli ishlar hamda bankni tashkil qilishining bajaradigan operatsiyalari bilan tanishtiradi.

1-mavzu: MUTAXASSISLIKKA KIRISh FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI. (2 soat).

1. «Mutaxassislikka kirish» fanining predmeti va vazifalari Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri deb, ta'kidlanadi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta'lim tizimi o'quv tarbiya jarayonini har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari belgilanadi. Bular ta'limning ustuvorligi, ta'limning demokratlashuvi, ta'limning ijtimoiylashuvi, ta'limning insonparvarlashuvi, ta'limning milliy yo'nalganligi, ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqliligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab qilayotgan uzluksiz ta'limga tegishli bu qonun-qoidalar o'qitish, bilim berishdan ya'ni ta'lim jarayoniga ham samarali ta'sir ko'rsatadi. Pedagogikada ta'limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari alohida, ya'ni didaktika qismida o'rganiladi. Bu jarayonda ta'lim printsiplariga ham alohida to'xtaladi. Ta'lim jarayoni murakkab hamda ko'p qirralidir. Unda o'qituvchi va o'quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffiqiyatli va samarali natijasi ta'lim jarayonining qonun-qoidalari, ya'ni ta'limga qo'yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog'liq. O'qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi, sifatida insonning tevarak atrofidagi dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo'ladi. Shu sababli shaxsni o'qitish, tarbiyalash, barkamol avlod qilib yetishtirish jarayonida bir butunlikda oshirish zarur. O'qituvchi qachonki ta'lim tamoyillarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lgandagina uni samarali boshqarish, o'qitishning samarali usullarini to'g'ri tanlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuning uchun o'qitish tamoyillari ta'lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to'g'ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Ta'lim tamoyillari o'quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular bir biri bilan o'zaro mustahkam bog'liq holda bir sistemani tashkil yetadi va har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok yetishi mumkin. Ular ta'lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o'z xissasini qo'shadi. Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o'quvchi talabalarning mustaqil bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta'lim tamoyillarini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir. O'quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo'lishi fan texnika yutuq va kashfiyotlarini o'zida ifoda etish lozim. Shunday ekan, o'qituvchi ilm fandagi yangiliklardan xabardor bo'lishi lozim, o'quv fanlari ham ilm fan asosida yaratiladi. O'qitishning ilmiylik tamoyillari ta'lim jarayonida o'quvchi talabalarni

xozirgi zamon fan texnika taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishga qaratilgan. Ilmiylik ta'limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir. Shunday ekan bilish, ilm fan bilan o'quv predmeti o'rtasida hamkorlik o'zaro bog'liqlik bo'lishiga erishish lozim. Ta'limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlardan foydalanmoq lozim. Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog'lab olib borish ta'limning yetakchi qoidalaridan biri hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqliligiga asoslanadi. Shundagina o'quvchi-talaba o'rganayotgan o'quv materialining tub mohiyatini tushunib etadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o'qituvchi ta'lim jarayonida talabalarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Talaba faol ishtirok etsa bilimlarini ongli tushunib o'zlashtirishga olib keladi. Ta'limdagi onglilik va faollik, talabadan ko'tarinki kayfiyat, ko'proq bilimga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o'zlashtirish o'qitish jarayoning psixologik tomonlarida o'z ifodasini topadi. O'qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat'iy ifoda etilsa, talabaning fikr yuritishi ham shunchalik aniq va ravshan bo'ladi va o'quv materiallarini ongli o'zlashtirish darajasi ham oshadi. Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o'zlashtirishning jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o'qituvchi-talabaning mashg'ulotlarga munosabati va bu jarayonda o'zini qanday tutishiga e'tibor bermog'i lozim. Yoshlardagi o'qish istagi ta'lim jarayonining zaruriy va mantiqiy qismidir. Shunday ekan, ta'limning samaradorligi o'qutuvchini talabalarni o'qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishga bog'liqdir. Buning uchun, o'qutuvchi, ularni ijodiy munosabatda bo'lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirish lozim. Ta'lim jarayoni, uning mazmuni unda ko'tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli ta'lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir. Talaba ilmiy bilimlarni o'zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va ahloqiy sifatlari, imon-e'tiqodi va qobilyati ham o'sib rivojlanib boradi. Ta'limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o'qituvchi avvalo ta'limni uslubiy jihatdan to'g'ri tashkil etishga, o'quv materialining mazmuni bilan bog'liq tarbiyaviy maqsadni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira olishga bog'liqdir. Shu bilan birga, o'qituvchining talabalar oldidagi obro'-e'tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. O'qitish jarayonini ko'rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham ko'rsatish orqali o'quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o'zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatni anglab olishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning uchun ham, ko'rgazmali materiallar o'rganilayotgan mavzu mazmuniga mos kelishi, talabaning yoshi va bilim darajasiga bog'liq bo'lishi hamda ulardan foydalanishning samarali yo'l va vositalarini qo'llab va ishlab chiqish lozim. Ko'rgazmali material o'quv predmetlarining xarakteri va mazmuniga qarab turli-tuman bo'lish mumkin.

Jumladan: a) buyum va narsalarni asl tabiiy holda ko'rsatish (o'simliklar, hayvonlar, ekskursiya chog'ida ko'rsatiladigan narsa-buyumlar) b) tasviriy ko'rgazmali materiallarni namoyish qilish (rasmlar, fotosuratlar, kinofilmlar va b.q) v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orqali ko'rsatish (sxema) g) ovozli ko'rgazmali materiallar (gramplastinka, ovozli kinofilmlar) Bilimlar turli yo'l vositalari orqali puxta o'zlashtirilgandagina u mustahkam esda qoladi, bu esa o'quv materiallarini ongli o'zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni bog'lashda ko'rgazmalilikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash orqali mustahkamlashga bog'liqdir. Ta'limning bosh maqsadi esa bilimlarni sistemali va puxta o'zlashtirishdir. Ta'lim jarayonidagi muvaffaqqiyatlarga faqat bilim berishda, talabaning o'ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olganda erishish mumkin. Shuning uchun o'qutuvchiga bolalar psixologiyasidan bilimlar yetarli bo'lishi lozim. Dars jarayonida shu institut talabalariga tegishli umumiy xususiyatlarni va har qaysi talabaga tegishli xususiyatlar va ta'limning har bir bosqichida e'tiborga olinishi darkor. Bunga erishish uchun o'qituvchi talabalarni kuzatishi va ularni ruhiy olamini o'rganish lozim. Faqat shundagina talabadagi kamchiliklarni kelib chiqish sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi. Mustaqillikning birinchi yillaridanoq mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan qiyin ahvolda bo'lishiga qaramasdan, kadrlar siyosatiga iqtisodiyotimiz samaradorligi oshirish mumkin bo'lgan yo'nalishi sifatida katta e'tibor qaratildi. So'nggi yillarda kadrlar tayyorlash masalasiga e'tibor yanada kuchaydi va 1997 yili Oliy majlisning to'qqizinchi sessiyasida «Ta'lim to'g'risida» va «Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dastur to'g'risida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar uzluksiz ta'lim tizimining o'zbek modelini aniqlab berdi. Bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi davrida iqtisodchi kadrlarga bo'lgan talab oshib borayotganligi bilan birga ularning sifat darajasiga ham e'tibor berilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalari uchun iqtisodchi kadrlar yetkazib berishda Toshkent Moliya Institutining xissasi ulkan bo'lib, institutda «Moliya», «Soliq va sug'urta», «Bank ishi «, «Buxgalteriya hisobi va audit» yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar va shu bakalavrlarning bazaviy oliy ma'lumoti asosida oliy kasbiy ta'limning magistiratura yo'nalishlarida kadrlar tayyorlanmoqda. Prezidentimizning «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi 2000 yil 21 martdagi Farmoniga asosan 2000-2003 yillarda O'zbekiston Respublikasi bank tizimining isloh qilish bo'yicha qabul qilingan dasturga muvofiq bank boshqaruvi va kadrlar tayyorlash milliy tizimi hamda usullarini takomillashtirish vazifalari belgilab berilgan. O'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorida ham kadrlar to'g'risidagi masalaga ham to'xtalib o'tilgan. Shu bois, institutimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib, iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri bo'lgan bank tizimi uchun kadrlar tayyorlashga katta e'tibor berilmoqda. Institutda «Bank ishi» yo'nalishi bo'yicha har

yili 500 dan ortiq bakalavrlar tayyorlanadi. Shu bilan birga hozirgi «Kredit», «Xalqaro valyuta­kredit munosabatalari», «Bank auditi», «Tijorat banklari qimmatli qog'ozlar bilan o'tkaziladigan operatsiyalari» yo'nalishlari bo'yicha 80 dan ortiq magistrlar tayyorlanmoqda. Bank tizimi uchun kadrlar tayyorlashda institutning «Bank ishi» alohida o'ringa ega. Mazkur kafedra katta milliy-uslubiy va pedagogik tarixga ega bo'lib, jahonga tanilgan olimlar Yuriy Yevgen'evich Shenger va Natal'iya Nikolaevna Shabanovalar uning asoschilaridir. Ular tomonidan tashkil qilingan bank maktabining shakl va tamoyillari, ya'ni fanni chuqur o'rgatish va bank faoliyatining xususiyatli tomoni bo'lgan o'ta talabchanlikka rioya qilish, iqtisodiyot sohasidagi o'zgarishlar va yangiliklarni darhol anglash va yangiliklarni talabalar ongiga yetkazish hozirgi kunda ham kafedra pedagoglarining asosiy burchidir. Banklar faoliyati bozor munosabatlarining sub'ekti sifatida boshqa bozor sub'ektlar faoliyatidan farq qiladi. Korxona va tashkilotlar yoki bozor munosabatlarining aksariyat boshqa sub'ektlari asosan o'z mablag'lariga tayanib faoliyat ko'rsatadilar. Shu bois, bu sub'ektlarning o'z faoliyatida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yish, mablag'ini samarasiz ishlatish, o'z daromadining kamayishiga, moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib keladi. Banklar faoliyati esa, boshqa xo'jalik sub'ektlari faoliyatidan farq qilib, ular asosan chetdan jalb qilingan mablag'larga tayanib faoliyat ko'rsatadilar. Banklarni o'z faoliyatida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yishi esa uning daromadi va likvidliligiga putur yetkazibgina qolmay, balki ularni mijozlar oldida o'z majburiyatlarini bajara olmasligiga va bu oxir oqibatda banka bo'lgan ishonchning yo'qolishiga olib keladi. Shu sababli, bank tizimi uchun tayyorlanayotgan kadrlar chuqur bilimli boshqarish faoliyati natijasini oldindan taxmin qila olish qobilyatiga ega bo'lishi lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mutaxassislikka kirish fanining vazifasi talabalarga institutimizdagi ta'lim jarayoni bilan tanishtirib, ularni kelajakda yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlariga zamin tayyorlaydi.

2. «Mutaxassislikka kirish» fanning oldiga qo'ygan maqsadi O'zbekiston tarakkiyotida ta'lim ustuvor soha hisoblanadi. 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi ta'lim barcha yo'nalishlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun imkon yaratadi. Ta'lim islohoti va istiqbolini belgilashda quyidagi tamoyillar: 1. Ta'lim-tarbiyaning insonpvarvarliligi va demokratiyaviyligi; 2. Ta'lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi 3. Ta'limda umuminsoniy va milliy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarning ustuvorligi 4. Millati, e'tiqodi, dinidan qa'tiy nazar barcha fuqarolar uchun ta'lim olish imkoniyati yaratilganligi 5. Ta'lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta'siridan xoliligi asos qilib olingan. Ta'lim islohotida asosiy e'tibor, ta'lim­tarbiyaning milliy zamirini mustahkamlashga, ta'limning ish boshqaruv tizimlarini takomillashtirishga uning moddiy-texnika bazasini zamon talablariga moslashtirishga, ta'lim­tarbiya jarayonini jahon andozalari darajasiga ko'tarishga qaratilgan. Yangi o'quv dasturlari, darsliklarni ishlab chiqarish ta'lim sifatini oshirishda yagona mezon bo'ldi. Mamlakatimizda chuqur o'rganiladigan maktab tarmog'i tez rivojlandi, masalan, 1991 yilda turli fanlar chuqurlashtirib o'rganiladigan maktablar 799 ta bo'lsa, 1998 yilda 9143 taga etdi. Yangi turdagi o'quv maskanlari vujudga keldi. Xalq ta'limi tasarrufidagi 185 ta, 292 ta litsey faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, 1998-1999 yildan boshlab akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari tashkil etila boshlandi. Ta'lim muassasalarining o'quv rejalari, ta'lim shakllari va usullarini ishlab chiqishda erkinliklarga ega bo'lganliklari printsipial jihatdan yangi bo'ldi. Ularda «Iqtisod alifbosi», «Iqtisodiy bilim asoslari», «Inson huquqlari», «Menejment va marketing asoslari», «Ma'naviyat va ma'rifat asoslari» kabi fanlar o'qitiladigan bo'ldi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida hunar ta'lim ham isloh qilinadi. Ulardan 260 dan ortiq ishchiga kasbi bo'yicha ta'lim berildi. 1995-1996 yillarda 140 ta hunar litseyi, 18 ta milliy hunar litseyi, 50 biznes maktablari tashkil etildi. O'zbekistonda 12 yillik majburiyati ta'lim joriy qilindi. 9-sinfni bitirgan yoshlar 3 yillik akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlariga kiritishni taqozo etadigan islohotlar bosqichma-bosqich o'tkaziladi. Birinchi bosqich o'tish davri bo'lib, u 1997-2001 yillarda davom etdi, ta'limning rivojlanishi uchun huquqiy me'yorlari, ilmiy metodik, moddiy shart-shariotlar yaratadi. Ikkinchi bosqich 2001 yil va 2005 yillarni o'z ichiga oladi va milliy dastur to'liq amalga oshiriladi. Uchinchi bosqich 2005 va undan keyingi yillarga mo'ljallangan bo'lib, undan to'plangan tajribalarni tahlil etish asosida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtiradi va rivojlantiradi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lini tanlash, kadrlar tayyorlash tizilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo'ydi. Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etilgan bolalar bog'chalari, hamda bog'cha maktablar tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarini xoregrafiya, tasviriy va musiqiy sa'nati,

kompyuter savodxonligi asoslari o'rganuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi. Yangi tipdagi maktablar va umumta'lim o'quv yurtlari tarmog'i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziyalar mavjud. Respublikada jami 197 ming kishi ta'lim olayotgan 258ta o'rta kasb-hunar ta'limi o'quv yurti ishlamoqda. Ularning 16 ming o'qituvchi va muxandis pedagog xodimlar mehnat qilmoqda. O'zbekiston Oliy maktab tizimi 58 oliy o'quv yurtini shu jumladan 16 ta universitet, 42 ta institutni o'z ichiga oladi. Ulardan 164 ming talaba ta'lim olmoqda, 16 ta universitetning 12tasi O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi ikki yil ichida tashkil etiladi. Oliy o'quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o'qituvchining 52%i fan doktori, fan nomzodlaridan iborat. Oliy ta'limda kadrlar tayyorlashning markazlashtirishdan huquqiy yo'nalishga o'tkazish olib borilmoqda, universitet ta'limi rivojlantirilmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo'yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo'liga qo'yila boshladi. Oliy maktabni ko'p bosqichli tizimiga o'tkazish amalga oshirilmoqda. Abuturentlar reyting asosida baholanmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga talablar oshgani uchun aspirantura va doktaranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya tizimi tashkil etildi. Hozirgi kunda respublikada qariyib 4 mingdan ortiq aspirant bo'lib, ulardan 69%, oliy ta'lim tizimida va 31% ilmiy tadqiqot institutlarida ta'lim olishadi. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8%ini doktorlar va 37%ini fan nomzodlari tashkil tashkil etadi. Kadrlar malakasini oshirish va ularning qayta tayyorlash tizimida 23 ta institut, 16 ta fakul'tet, 4 ta markaz 14 ta malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Iqtidorli bolalar va o'quvchi yoshlarni quvvatlash bo'yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Iste'dodli yoshlarga ko'mak berish, ularni qo'llab-quvvatlash, ularning qobiliyat va iste'dodini o'stirish bo'yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatlilarni chet eldagi yetakchi o'quv yurtlarida va ilmiy markazlarda o'qitish va stajirovkadan o'tkazish yo'lga qo'yildi. Fan va ta'lim sohasida halqaro aloqalar kengayib bormoqda. Shunga qaramay, sodir etilgan o'zgarishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va shakllantirish iqtisodiy ijtimoiy rivojlantirish talabga muvofiq bo'lishini ta'minlay olmaydi. Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o'zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o'quv jarayonining moddiy-texnika axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali kadrlarni yetishmasligi, darsda o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyot haqida didaktik materiallarni kamligi, ta'lim tizimi va fan, ishlab chiqarish o'rtasida puxta o'zaro hamkorlik va foydali integratsiyani yo'qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. Maktabgacha ta'lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Maktabda va boshqa o'quv yurtlarida ta'lim sharoitining o'zidagi va o'qitish uslubidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zaruriy muhit shunga olib keladiki, o'quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolmoqda. 9-11 sinfni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o'z o'rnini aniqlay olmaydi. O'rta maktab bitiruvchilarining 10% gina oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirmoqda. O'qituvchilar, pedagog va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko'rmaganligi, ularning bilim va malakasi yetarli darajada emasligi jiddiy muammoga sabab bo'lmoqda, maktabgacha ta'lim sohasidagi jami tarbiyachi va pedagoglarning 20%igina oliy ma'lumotli. Maktablarni o'qituvchilar

bilan ta'minlanganligi o'rtacha 93 % ni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich ayrim viloyatlarda 70-80 %dan muayyan fanlar bo'yicha esa 50% dan oshmaydi. Ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarning yoshi ulg'ayib bormoqda. 40 yoshga to'lmagan fan doktorlarining jami 0,9%, 50 va undan katta yoshdagilarning esa 79% tashkil etadi. Fan doktorlarining ilmiy darajasiga tasdiqlangan o'rtacha 50, fan nomzodlari esa 36 yoshdadir.

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda «Ta'lim to'g'risida»gi qonunlardan kelib chiqadigan vazifalar Yuqorida ta'kidlanganidek 1997 yil Oliy Majlis tomonidan «Ta'lim to'g'rsidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. O'z navbatida, davlatimiz tomonidan ta'limni va kadrlar tayyorlash milliy tizimi takomillashtirib borilmoqda. Uning ko'p variantli tizimi joriy etilib, ta'lim muassasalarining o'z-o'zini pul bilan ta'minlashni rivojlantirish, xususiy va chet investitsiyalarining ta'lim sohasiga jalb etilishi rivojlantirilmoqda. Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to'lashning moslashuvchan tizimga asoslangan ta'lim kreditlari berish mexanizmlari shakllantirilmoqda. Uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo'llab quvvatlashda donorlar va xomiylarning mavqei kuchayib bormoqda. Pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatish, tadbirkorlik, maslahatlar, eksport, noshirlik, ishlab chiqarish vazifalariga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyati hisobida ta'lim muassasalarining daromadlari ko'payishi ta'minlanadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlar iste'molchisi va ularning amalga oshiruvchisi; Davlat va jamiyat- ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilishni kafillari; Uzluksiz ta'lim ­ malakali raqobatbardosh, kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartini, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi; Fan ­ yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi; Ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyalash va moddiy texnika jihatdan ta'minlash jarayoning qatnashchisi; O'zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta'lim va konventsiyalarning bajarilish, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg'or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo'lib, ularning rivojlanish omillaridan biridir. Maktabgacha ta'lim. Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga to'lguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida va oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahalla, jamoat, hayriya tashkilotlari, halqaro fondlar faol ishtirok etadi. Maktabgacha ta'limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak bo'ladi: a) malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; b) maktabgacha ta'limni samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va

joriy etish; v) bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta'minlash; g) zamonaviy o'quv uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va ularni yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; d) maktabgacha yoshdagi bolalarni, halqning boy, madaniy, tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shartsharoitlar yaratish; e) maktabgacha muassasalarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish imkoniyatini yaratish; j) maktabgacha tarbiya va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini qo'llabquvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish; Umumiy o'rta ta'lim: 9 yillik o'qishdan iborat umumiy o'rta ta'limning bu turi boshlang'ich ta'limni qamrab oladi, shuningdek o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim o'rgatish ehtiyojini asosiy o'quv ilmiy va umummadaniy bilimlarni milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy ahloqiy fazilatlarini, kasb tanlashni shakllantiradi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi. Akademik litsey, davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'rta maxsus ta'lim beradi. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta'limi asosida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi. 3 yillik dastur asosida Oliy ta'lim, O'rta maxsus kasb-hunar ta'lim negiziga asoslanadi hamda ikki bosqichga ega. Bakalavriat. Mutaxassisliklar yo'nalishlari bo'yicha fundamental va amaliy bilim beraligan, ta'lim muddati kamida 4 yillik tayanch oliy ta'limdir. Magistratura. Aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan bakalavriat negizida ta'lim muddati 2 yil davom etadigan oliy ta'lim.

2 - Mavzu: OLIY TA'LIM DARGOXI TARIXI

1. Toshkent Moliya institutining tashkil topishi Toshkent Xalq xo'jaligi instituti mustaqil oliygoh sifatida O'rta Osiyo va Qozog'iston respublikalari uchun moliya mutaxassislarini tayyorlash maqsadida SSSR Sovet Xalq Komissarlari tomonidan 13 avgust 1931 yilda tashkil topgan edi. 1932 yilda institutga 47ta abiturient qabul qilingan edi. 1940 yilda unda o'qiyotgan talabalar soni 240taga yetdi. Ulug' Vatan urushigacha davrda institut professoro'qituvchilarining malakasini oshirish muammolari yaxshi hal qilingan. Masalan, 1931 yilda Institutning 10 ta kafedrasida ilmiy darajaga ega bo'lmagan birorta ham o'qituvchilar bo'lmagan bo'lsa, 1941 yilga kelib 58 ta o'qituvchidan 10 ta fan nomzodi va dotsentlari, bitta fan doktori bor edi. 1946 yilda Davlat banklari sistemasiga kadrlar tayyorlash uchun kredit-iqtisod fakulteti va hisob-iqtisod fakulteti tashkil etildi. So'nggi qabul qilinuvchilardan kolxozlarda buxgalteriya hisobini yuritish uchun mutaxassislar tayyorlashga guruhlar ajratib olindi. 1947 yildan iqtisodiy sanoatga va qishloq xo'jaligiga mutaxassislar tayyorlana boshlandi. 1948 yilda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda iqtisodchilarni tayyorlash uchun kechki fakultet ochildi. 1950-1951 yillarga kelib institut 6 yo'nalish bo'yicha iqtisodchi yetkazib beradigan 5ta fakultet va 15ta kafedraga ega bo'ldi. O'zbekistonning moliya, bank, hisob-iqtisod idoralari va xo'jalik korxonalarini malakali kadrlar bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida 1991 yil 13 mayda O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 3 iyun 154-sonli qaroriga binoan Toshkent Xalq xo'jaligi institutining «Moliya-iqtisod» va «Hisob-iqtisod» fakultetlari zaminida yangi institut Toshkent Moliya Instituti tashkil etildi. Toshkent Moliya Institutiga iqtisod fanlar doktori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, akademik M. Sh. Sharifxo'jaev rektor etib saylandi. Bu oliygoh 1950-yillarda Toshkent halq xo'jaligi instituti deb atalgan. Bu institut iqtisodiyotga turli iqtisodchilarini yetkazib bergan. 90-yillarga kelib quyidagi fakultetlar bo'lgan: 1) Moliya-iqtisod fakulteti; 2) Savdo-iqtisod fakulteti; 3) Reja-iqtisod fakulteti ; 4) Hisob-iqtisod fakulteti 5) Iqtisodiy kibernetika fakulteti; 6) Qishloq xo'jaligi-iqtisod fakulteti. Agar, bu fakultetlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, Moliya-iqtisod va Savdoiqtisod fakultetiga ko'plab abiturientlar hujjat topshirardi va qolaversa, bu fakultetlar yirik bo'lgan. Keyin Qishloq xo'jaligi fakulteti, Reja-iqtisod fakulteti va Hisobiqtisod fakulteti va eng oxirida Kibernetika fakulteti turar edi. Moliya-iqtisod fakultetida: 1) Moliya; 2) Xalq xo'jaligi tarmoqlari;

3) Kredit; 4) Kapital qo'yilmalar; 5) Banklarda buxgalteriya kabi yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlanar edi. Dastlab institutda Moliya-iqtisod va Hisob-iqtisod fakultetlarida Moliya-kredit, Xalq xo'jaligi tarmoqlari moliyasi, Baholashtirish kabi yo'nalishlar mavjud bo'lgan va keyinchalik Buxgalteriya, Qishloq buxgalteriya hisobi, Auditlar kabi yangi yo'nalishlar kiritilgan. 1992 yil Moliya institutiga yangi bino berilgan (hozirgi kredit fakulteteti binosi). Yangi bino berilgandan so'ng Moliya fakulteti ikkiga bo'linib ketgan va kredit-iqtisod fakulteti ajralib chiqdi va fakultetlar soni 3 taga etgan, 2004 yil boshlab Boshqaruv fakulteti faoliyat yuritmoqda. Toshkent Moliya Institutida quyidagi o'quv kurslari mavjud: 1) Bakalavriat ­ 4 yil 2) Magistratura - 2 yil 3) Aspirantura - 3 yil 4) Doktarantura - 3 yil 5) Malaka oshirish fakulteti 1-3 oy Sirtqi bo'limda esa 5 yil davomida tahsil oladi va unda 1) Kredit-iqtisod; 2) Moliya, hisob-iqtisod fakultetlari mavjud. Kunduzgi bo'lim yo'nalishlari quyidagilardan iborat: a) Bank ishi; b) Moliya; v) Buxgalteriya hisobi va audit; g) Soliq va soliqqa tortish; d) Menejment kabi yo'nalishlari mavjud. Sirtqi bo'limda esa: 1) Bank ishi; 2) Soliq va soliqqa tortish; 3) Moliya; 4) Buxgalteriya hisobi va audit kabi yo'nalishlari mavjud. Talabalar 4 yil davomida quyidagicha ta'lim oladilar 1-kursda - to'liq o'qish va ta'til; 2-kursda - nazariy o'qish va o'quv amaliyoti 3 hafta davomida; 3-kursda - nazariy o'qish va o'quv amaliyoti 7 hafta davomida; 4 kursda - nazariy o'qish va bitiruv malakaviy amaliyoti 7 hafta davomida.

Bu bosqichlarni o'tagan har bir bilimdon talaba magisturaturada o'qishni davom ettirsa bo'ladi. Bank ishi bo'yicha magistiraturaga kirish uchun mavjud. 1) Kredit; 2) Xalqaro valyuta kredit munosabatlari; 3) Bank va audit; 4) Bank risklari 5) Banklarining qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalari kabi yo'nalishlari mavjud. Kelajakda esa: 1) Monetar siyosat 2) Xalqaro bank ishi 3) Bank menejmenti va marketingi kabi magistiratura yo'nalishlari ochiladi. Toshkent Moliya institutining kelajakdagi vazifalari O'zbekiston ravnaqi uchun, mustaqillikni mustahkamlash uchun va butun dunyo ahliga ko'rsatishga qodir bo'lgan yosh malakali va teran fikrli, o'z ishiga faol va sitqi dildan xizmat qiladigan kadrlarni yetkazib berishdir. Bundan tashqari, institut fakultetlari va yo'nalishlarining soni emas, balki sifatini ko'paytirishdir.

2. Institutda tayyorlanadigan bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligini qo'lga kiritgach, milliy huquqiy davlat barpo etish, demokratik jamiyat asoslarini yaratish, bozor munosabatlarini shakllantirish, ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashni tiklash tomon o'ziga xos yo'l bilan rivojlanish yo'liga kirdi. Ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruviga asoslangan totalitar tuzumdagi yangi, erkin, ochiq demokratik jamiyatga o'tish moliya-kredit yo'nalishi bo'yicha zamonaviy kadrlar tayyorlashga bevosita bog'liq edi. Shu munosabat bilan Toshkent Moliya Institutining mavqei yanada o'sdi, u moliya-kredit, hisob-iqtisod mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlovchi asosiy dargohga aylandi. Institutimiz 6 ta fakultet, 23 ta kafedra, 5 ta ilmiy tadqiqot guruhlaridan iborat. Bundan tashqari, institutimiz qoshida xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoqlararo instituti, soliq organlariga xodimlar tayyorlash o'quv markazi, bank kolleji, moliya, biznes maktabi, bank va soliq litseyi faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, ma'naviyat va ma'rifat markazi, yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotini o'rganish markazi, iqtisodiy bilimlar klubi va boshqa bo'limlar faoliyat ko'rsatmoqda. Toshkent Moliya Institutida talabalar kunduzgi va sirtqi bo'limlarida bakalavriatning 7 yo'nalishida, magistraturaning 8 mutaxassisligi buyicha taxsil oladilar. Institutimiz Rossiya, Germaniya, Frantsiya, AQSh, Angliya, Isroil va boshqa davlatlar universitetlari va tadqiqot markazlari bilan yaqin aloqa qiladi. Bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari halqaro grant sohibi. Toshkent Moliya Instituti respublikamizning iqtisodiy-ilmiy tashkilotlari va universitetlari uchun ilmiy-metodik baza hisoblanadi. Institut chet el mamlakatlari hamkorligida (Germaniya, Rossiya) o'quv kitoblarini tayyorlaydi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 1995 yil 18 dekabr 277-sonli buyrug'iga binoan Toshkent Moliya Intitutiga bazaviy oliy o'quv yurti maqomi berildi va unga bitta regional oliy o'quv yurtlari (AndMII, QQDU, QarshiDU, NamMII, TerDU, FarPI) biriktirib qo'yildi. Toshkent Moliya Instituti viloyatlardagi bu oliy o'quv yurtlariga moliya-kredit va buxgalteriya hisobi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashda o'quv, uslubiy ishlarni takomillashtirishda ko'maklashmoqda. Instituimiz shiori - fundamental akademik bilimlar bilan ta'minlash va milliy iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlariga aniq iqtisodiy bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash va Toshkent Moliya Instituti jamoasining butun kuch-g'ayratini bozor iqtisodiyotining barcha qiyin jabhalarida optimal yechim topa oladigan iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

3. Institut jamoasi va boshqaruv tizimi, institut taraqqiyotining yo'nalishlari Institut bugungi kun talablariga javob bera oladigan o'quv va moddiy texnika bazasiga, tashkilotlararo zaminiga ega. Institutda 200 ga yaqin zamonaviy kompyuterlar ishlab turibdi. Institut kutubxonasida yetarli darajada o'quv, uslubiy va ilmiy adabiyotlar to'plangan. Xorijdan keltirilgan adabiyotlar ham anchagina. Toshkent Moliya Instituti jahon iqtisodiyoti fanining yutuqlaridan hamda moliya-kredit yo'nalishi bo'yicha kadrlar tayyorlash sohasidagi tajribalardan bahramand bo'lish va unga o'z xissasini qo'shish maqsadida AQSh, Germaniya, Angliya, Frantsiya, Turkiya va boshqa ko'plab xorijiy, shuningdek MDH mamlakatlarining universitet va institutlari bilan uzviy aloqa o'rnatgan va hamkorlik qilmoqda. 1995 yildan boshlab institutda iqtisodchilarni tayyorlashning ikki bosqichli tizimiga o'tildi. Birinchi bosqichda to'rt yil davomida bakalavrlar tayyorlanadi. Ikkinchi bosqichda bakalavr diplomini olgan iqtidorli yoshlar ikki yillik magistraturada o'qiydilar. Qolaversa bakalavriatda kunduzgi va sirtqi bo'limlari mavjud. Kunduzgi bo'limda Kredit-iqtisod, Moliya-iqtisod, Hisob-iqtisod va Boshqaruv fakultetlari mavjud. Sirtqi bo'limda esa 5 yil davomida tahsil olinadi. Institut kadrlar tayyorlashda uch yo'nalishdagi moliyaviy manbalardan foydalanmoqda: - Davlat byudjeti hisobidan - Korxona va tashkilotlar mablag'lari hisobidan (shartnoma asosida ) - Fuqarolarning shaxsiy mablag'lari hisobidan (shartnoma asosida ). Toshkent Moliya institutining boshqaruv tarkibi 1-sxemada keltirilgan. Toshkent Moliya Instituti bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizning moliya tashkilotlari, Markaziy bank va uning joylardagi -bo'limlari, tijorat banklari, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va uning joylardagi shahobchalari buxgalteriya va audit xizmatlari, sug'urta, soliq va soliqqa tortish inspektsiyalari, birjalar, turli mulk shaklidagi korxonalar va muassasalar ehtiyojlarini qondirishga mo'jallangan malakali bakalavr-iqtisodchi, magistr-iqtisodchilarni tayyorlaydi.

4. Institutning kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarishda o'rni, roli va kelajakdagi vazifalari Kadrlar tayyorlash milliy dasturida har tomonlama kamol topgan, jamiyatda, turmushga moslashgan, ta'lim va kasb hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash, keyincha puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, psixologik va boshqa tarzdagi sharoitlar yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini xis etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Bu qonunga asosan O'zbekiston ta'lim sistemasini tubdan qaytaqurish va takomillashtirish nazarda tutilgan bo'lib, u mustaqil O'zbekistonni gullab yashnashiga, uning kuch-quvvatini oshirishga va dovrug'ini butun dunyoga tarqatishga loyiq bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda ta'lim haqidagi qonunda ko'rsatilgan tashkiliy uslublardan tashqari talabalarning fanlarni mukammal o'zlashtirishni osonlashtiruvchi yangi zamonaviy uslublarni joriy qilish, o'quv jarayonini kompyuterlashtirish, fanni amaliyot bilan uzviy ravishda bog'lab o'qitishni ham joriy qilish kerak bo'ladi. Mutaxassisligingiz bank sohasi bo'lganligi sababli endi bank to'g'risida qisqacha izoh berib o'tamiz. Bank deb pul mablag'larini yig'uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa vositachilik operatsiyalarni bajaruvchi muassasalarga aytiladi. Tovar pul munosabatlarining bo'lishi va ularning rivojlanib borishi barcha iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalarda banklarning bo'lishini taqozo qiladi. Banklar o'rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilib olish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o'zning bo'sh turgan mablag'laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag' zarur bo'lgan sub'ektlarga qarzga berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. Bank so'zi italyancha «banka» so'zidan olingan bo'lib, stol aniqrog'i «pullik stol» degan ma'noni anglatadi. O'rta asrlarda italyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi tangalarni stol ustiga qo'yib hisob-kitob qilganlar. Banklar paydo bo'lishining nuqtasi bo'lib, XII asrda Florentsiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda, Gamburgda, Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan mijozlari-savdogarlar hisoblangan. Ular o'rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o'z mijozlarini monetalar tarkibi buzilishi tufayli zarar ko'rishdan himoya qilgan. Ular hisoblarni ma'lum summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul birligida olib borishgan, o'zlaring bo'sh pul mablag'larini jirobanklar davlatga qarzga, chet el savdogarlariga ssudaga bergan. Angliya bank tizimi yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltin bilan shug'ullanuvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan. Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanib, u 1694 yilda aktsioner bank sifatida tashkil bo'lgan. Bu bank aktsioner-emission bank bo'lib, unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi bilan banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilinib borgan. Banklarning kelib chiqishi va rivojlanishi ishlab chiqarish bilan bog'liq harajatlar va

talablarning oshishi savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan bog'liq bo'lgan. Natural xo'jalik munosabatlarining tugashi savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo'l ochdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatning jalb qilinishiga olib kelgan, yollanma mehnat uchun haqning pul shaklida to'lanishi, doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi. Pul aylanishi esa, bank tomonidan boshqarish juda zarur edi. Shunday qilib banklar mablag'larini yig'ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. Ssuda kapitalistdan farqli o'laroq bankir tadbirkor sifatida o'z ishlab chiqarish faoliyatini olib borgan. Agar sanoat sohasidagi puldor o'z kapitalini, sanoatga, savdogar savdoga qo'ysa, bankir o'z kapitalini bank ishiga qo'yadi. Ssuda kapitalisti asosan o'z bo'sh kapitalni qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan kelgan mablag'ga tayanadi. Ssudaga mablag' beruvchi puldorning daromadi ssuda foizi bo'lsa, bankirning daromadi ­ bank foydasi hisoblanadi. Banklar korxona tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo'sh pullarini jalb qilish orqali katta hajmdagi kapitalni o'z qo'llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital harakatini boshqarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar ­ kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi. Shunday qilib, bank faoliyati o'z hujjatida mavjud bu bo'sh mablag'larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlanishini o'z ichiga oladi. Bank o'z faoliyati davomida ma'lum daromadga ega bo'ladi. Bu daromad bank jalb qilingan resurslarga to'laydigan foiz bilan joylashtirilgan resurslar bilan oladigan foiz o'rtasidagi farq (marja)dan iborat bo'ladi. Bank ish bajaradigan funktsiyalar ularning bajaradigan vazifalariga qarab turli xil bo'lishi mumkin. Bank tizimi miqiyosida olib qaraydigan bo'lsak banklar quyidagi funktsiyalarni bajaradi: · vaqtincha bo'sh turgan mablag'larni yig'ish va kapitalga aylantirish · kredit munosabatlarida vositachilik qilish · to'lov jarayonlarida vositachilik qilish · muomilaga kredit vositalarini chiqarish Iqtisodiyotdagi vaqtincha bo'sh turgan mablag'larni yig'ish va ularni kapitalga aylantirish ­ banklarning ilk fuktsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, huquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag'lari bo'yicha ma'lum miqdorda daromadga ega bo'ladilar, ikkinchi tomonidan, bu mablag'lar banklarning kreditlash qudratini tashkil qiladi va shu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda operatsiyalarini olib boradilar. Vaqtincha bo'sh mablag'lar banklar ishtirokisiz bir korxona tomonidan ikkinchi korxonaga vaqtincha foydalanishga beriladigan bo'lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma'lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin: · kreditga so'ralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin bo'lgan summa o'rtasida nomutanosiblik bo'lishi; · ortiqcha bo'sh mablag'ga ega bo'lgan korxonaning mablag'larni vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag' zarur bo'lgan korxonani qoniqtirmasligi; · banklar ishtirokisiz korxonalarni to'g'ridan-to'g'ri kreditlashda qarz beruvchi qarz

oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini to'liq o'rgana olmasligi mumkin. Qarz oluvchining to'lovga layoqatsiz bo'lishi kreditor korxonaning ham moliyaviy ahvolini yomonlashuviga va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xalq xo'jaligidagi barcha bo'sh pul mablag'larining bank tomonidan yig'ilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslari hisobidan qarz oluvchi korxonaga zarur bo'lgan summalar, zarur bo'lgan muddatda kredit berishga imkoniyat yaratiladi. Undan tashqari, bank korxonalarining to'lovga layoqatliligini har tomonlama tashkil qilishi, ularning moliyaviy ahvolini yaqqolroq baholab bera olishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanishning o'sishi bank kreditining qo'llanilishi ko'lamini kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kungi faoliyat bilan bog'liq ishlab chiqarish va muomila jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatli kapitalga bo'lgan ehtiyojni qoplashga yo'naltiradi. XX asr 60-yillaridan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko'rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun banklar mablag'larni jalb qilish miqyosini, iste'mol uchun kreditlar berish ko'lamini kengaytirdi. To'lovning vositachilik funktsiyasida banklar o'z mijozlarining topshiriqlariga asosan to'lov jarayonini amalga oshiradi. Hisob varaqalariga mablag'larni qabul qiladi, pul tushumlarining hisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag'larini beradi. Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomila harajatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa mamlakat bilan qiyinchiliksiz o'z mablag'larini bank orqali o'z hisob varaqasidan boshqa korxona hisob varaqasini yoki boshqa mamlakat bankiga o'tkazishi mumkin. Muomilaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai vaqtincha bo'sh mablag'lar va kapital bo'lib qolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori mavjud jamg'armalardan ko'p bo'lsa, bank chek-depozit emissiyasini amalga oshirish mumkin. Undan tashqari, kredit yordamida muomilaga naqd pullar ­ banknotlar chiqariladi. Bank kredit pullar chiqarish depozitlar yaratish yo'li bilan to'laqonli pullar o'rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi. O'zbekistonda bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish tamoyillari asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bank tizimida bozor islohotlari iqtisodiyotning boshqa sohalarga nisbatan birmuncha jadalroq sur'atlar bilan ro'y berdi.

5. «Bank ishi» mutaxassisligi zarurligi, ish hususiyatlari va vazifalari Bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror va samarali ishlovchi bank tizimini yaratish mustaqillikning birinchi kunlaridan O'zbekistonda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning eng muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda respublika hukumati va Markaziy banki mamlakatning mustaqil bank sohasini shakllantirishdek murakkab vazifani muvaffaqiyat bilan bajarilganligini qayd etishimiz mumkin. Hozirgi paytda biz o'z ichiga Markaziy bank va 33ta tijorat banklarini oluvchi ikki pog'onali bank tizimiga egamiz. Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning birinchi bosqichida puxta zamonaviy qonunchilik negizini shakllantirish, islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlash mexanizmini ishlab chiqish imkonini berdi. Bunda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan amalga oshirila boshlangan islohotlarning asosiy bo'g'ini bank tizimini isloh qilishdan boshlanib, ushbu sohani yanada takomillashtirish maqsadida bir qator qonunlar qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1992 yil 8-10 dekabrda bo'lib o'tgan O'zbekiston Rsspublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida so'zlagan nutqida bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish uchun, avvalombor, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xizmat qiladigan tarmoqlar, jumladan, tijorat banklari tarmog'i faoliyatini rivojlantirmay turib, ma'rifatli bozor sari aniq qadam tashlash to'g'risida so'z ham bo'lishi mumkin emasligi qayd etildi. Asosiysi, davlat va korxonalarning mablag'lari alohida-alohida bo'lishi, korxonalar faoliyatlarini yuritishda o'z mablag'lari yoki tijorat mablag'larini banklar beradigan qarzga umid bog'lashlari lozimligi bozor iqtisodiyotiga o'tishning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lishi kerakligi belgilab berildi. O'zbekistonda Bank tizimini shakllantirishning ikkilamchi bosqichi milliy valyuta muomalaga kiritilgan va ikki pog'onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o'z ichiga oladi. 1994 yil 1 iyulda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi respublikaning mustaqil bank va moliya tuzilmasini vujudga keltirishda sifat jihatdan yangi bosqichning boshlanishi bo'ldi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e'tiborni makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hamda iqtisodiy o'sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi. Shu o'rinda Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 1994 yil 18 martdagi 146-sonli qarori muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur qarorda banklarning axborot infratuzilmasini tuzish va respublikada bank ishini eng yaxshi halqaro banklar ish tajribasini o'rganish va ularni milliy bank amaliyotiga tatbiq etish orqali takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Mazkur qaror asosida bank tizimini yanada takomillashtirish, pul muomalasining holati va pul-kredit munosabatlarini tartibga solishga banklarning mustaqilligi va javobgarligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bank tizimining samaradorligini oshirish banklarda ichki o'zini o'zi tartibga soluvchi mexanizmlarni yo'lga qo'yish bilan birga bank nazorati tizimini yanada

takomillashtirishni taqozo etadi. Bozor munosabatlari sharoitida bank nazorati rejali iqtisodiyotga xos nazorat va taftish tizimidan tubdan farq qiladi. Bunda bank nazoratining bosh vazifasi - omonatchilar va kreditorlar manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida bank tizimidagi tavakkalchilik darajasini tartibga solishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun Markaziy bank tomonidan bank nazoratining huquqiy-me'yoriy bazasi Jahon Banki maslahatchilari ishtirokida Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining «Samarali bank nazorati tamoyillari» asosida to'liq qayta ishlab chiqildi. Ushbu vazifani bajarishda Markaziy bank Jahon Banki va AQShning Xalqaro Taraqqiyot bo'yicha agentligi (USAID) tomonidan katta yordam ko'rsatildi. Mazkur halqaro tashkilotlarning ekspertlari yordamida bank nazoratini amalga oshiruvchi Markaziy bank mutaxassislari o'z malakalarini oshirdilar. Shuningdek, banklar faoliyatiyai kompyuter orqali masofadan turib monitoring qilish tizimi va halqaro miqyosda tan olingan «CAMEL» tizimiga muvofiq banklarni joylarda inspektsiya qilish joriy etildi. Shuningdek, bu davrda mamlakat bank tizimiga chet el sarmoyalarini jalb etish bo'yicha bir qator ishlarni amalga oshirilmoqda. Sayyoramizdagi Jahon Banki, Doyche bank, «Kredi kommersial de Frans» banki kabi katta-katta banklar Toshkentda vakolatxonalarini ochgan. Bugunga kelib, chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan banklar soni sezilarli darajada ko'paydi. Ya'ni deyarli har olti bankning bittasi xorijiy kapital ishtirokida tuzildi. Bu albatta ijobiy hol. Chunonchi, chet el kapitali bilan birga mamlakatimizga zamonaviy bank texnologiyalarini va boshqaruv tizimi kirib keladi. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet el kapitali ishtirokida vujudga kelgan banklar nafaqat milliy bank tizimini halqaro standartga yaqinlashtirmoqdalar, balki ularni ichki moliya bozorida raqobatni sezilarli ravishda oshirmoqdalar. Bu esa mijozlarga ko'rsatilayotgan bank xizmatlarining sifatiga ijobiy ta'sir qilmoqda. Keyingi paytlarda mamlakat iqtisodiyotida tashqi savdoning o'rni tobora kuchayib borayotganini, shuningdek, xorijiy investorlarning mamlakatimizga nisbatan qiziqishi o'sayotgani bizga xorijiy kapital ishtirokida banklar tuzish jarayoni yanada faollashadi deyishga asos bo'ldi. Bank tizimini erkinlashtirish va ularga bo'lgan ishonchni mustahkamlashning muhim yo'nalishi davlat tasarrufidagi tijorat banklarini xususiylashtirishdan iboratdir. Hozirgi kunda xususiylashtirilishi ko'zda tutilayotgan banklar TIF MB, «Asaka banki», qatoriga «O'zsanoatqurilishbanki» va «Paxtabank»lar kiritilgan. Respublika tijorat banklari mulkchilik shakliga qarab davlat-aktsiyadorlik, aktsiyadorlik-tijorat, xorijiy sarmoya ishtirokidagi va xususiy banklarga bo'linadi. Bugungi kunda, boshida ta'kidlab o'tganimizdek, tijorat banklarining soni 33 tani tashkil etib, kapital hajmi va aktivlari bo'yicha keng farq qiladi. Ularni yirik, o'rta va kichik banklarga bo'lish mumkin. Mustaqillik yillarida Prezidentimiz mamlakatimiz bank tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor berganliklari sababli, bank tizimini texnik jihatdan ta'minlashda chinakam inqilob amalga oshirildi. MDH davlatlari ichida O'zbekiston birinchi bo'lib elektron to'lov tizimiga o'tishni ta'minladi. Mustaqillikning 14 yilligi davomida respublikamiz bank ishida yuzaga kelgan

vaziyatni baholar va jahon darajasiga erishish yo'nalishida uning rivojlanishi yo'lini belgilar ekanmiz, kelajakka umid va ishonch bilan qaramoqdamiz.

3-mavzu: O'QUV JARAYONINI ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH, O'QITISH SHAKLLARI, O'QUV REJA VA DASTURLARI

1. O'quv jarayonini fan va texnikadagi so'nggi yangiliklarni olgan holda tashkil etish Har bir jamiyatning kelajagi uning ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Og'ir ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib o'tib, taraqqiyot yo'liga kirgan mamlakatimizda ilg'or texnologiyalarni joriy qilish, milliy qadriyatlarni singdirgan holda ta'lim tashkil etish, bu jarayonini puxta va samarali amalga oshirish ishlari davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu borada 1997 yil tarixiy hujjat Respublikamizda «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindiki, ular mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo'lib, asosiy maqsadi komil inson va yetuk malakali mutaxassis tayyorlashdir. Hozirgi zamon fan va texnikasi borgan sari yuqori darajada sifati jihatdan yangi masalalarni hal etish, ya'ni ijtimoiy amaliyotga tub yangiliklarni joriy etish. Ularni amalga oshirish jarayonlarni tub o'zgartirshga yo'naltirilgan. Shu sababli XX asr oxirida barcha rivojlangan mamlakatlarning ilmiy siyosati o'z potentsialini mustahkamlashgagina qaratilmasdan, balki uning yutuqlarini samarali amaliyotga tatbiq etishni ta'minlaydigan jarayonlarga ham qaratiladi. Hozirgi vaqtda o'qitish va tarbiyalashning yangi texnologiyalariga sifat jihatdan tez o'tish uchun ob'ektiv asos yuzaga keldi, chunki ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi innovatsion jarayonlar o'zo'zidan ta'limda ham tub o'zgarishlarni taqozo etmoqda. Hech bir o'qituvuchi ertami-kechmi bu jarayonga qo'shilmasdan chetda qolishi mumkin emas. O'qituvchining an'anaviy ish usullari, ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, o'qitishni kompyuterlashtirish sifatlarni o'zlashtirish zarurati bularni ilmiy-metodik asoslari ehtiyojini tug'ilishida ob'ektiv omil bo'lib kelmoqda. Keyingi yillarda adabiyotlarda turli bilim sohalarida yangi axborot texnologiyalarni yaratish va ishlatish masalalari keng yoritilmoqda. Axbortlashtirish muammolariga bunday yondashuv tasodifiy emas. Ko'plab mamlakatlarda o'tkazilayotgan tadqiqotlarni ko'rsatishicha, butun ijtimoiy ishlab chiqarish axborotni ishlab chiqarishga ko'p darajada bog'liq bo'lib, bunda eng muhim sarmoya odam bilimidir. Hozirgi kunda maktabdanoq kompyuterlar bilan ishlash o'zlashtirilmoqda. Demak, siz o'z hayotingiz va bilim olishingiz jarayonida juda ko'p xildagi informatsion sistemalarga duch kelgansiz va ularning xizmatidan foydalangansiz. Ushbu tajribangizni hisobga olgan holda informatsion sistemalar haqida biroz tushunchaga egasiz deb o'ylaymiz? Hayotda deyarli barcha sohalarda qo'llaniladigan informatsion sistemalarning qanday turlari mavjudligini bilasizmi? Nega barcha sohalarda faqatgina bir xil informatsion sistemalarni ishlatish mumkin emas va ularning xilma-xil turlari qaysi ko'rsatgichlar orqali aniqlanadi? Informatsion sistemalar ma'lumotlarni yig'ish, uzatish, saqlash, qayta ishlash, qidirish va natijalarni chiqarishga xizmat qiladi. Bu sistemalar inson faoliyatining

barcha sohalarida: sanoatda, transportda, bank-moliya sohalarida, ilmiy-tekshiruv, loyiha-konstruktorlik, o'qitish sistemasi va boshqa sohalarda ishlatiladi. Informatsion sistemalar o'qitish jarayonida ham keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Misol tariqasida Illinoys universitetida bir qator mutaxassisliklar bo'yicha o'qitishga mo'ljallab yaratilgan PLATO sistemasini qisqacha keltiramiz. Bu sistemada har bir o'quvchi o'z kompyuteri yordamida elektron darslik va elektron doskaga murojaat qilishi mumkin. Ular asosiy ma'lumot manbai bo'lib xizmat qiladi. Elektron darslik matn va rasmlardan iborat bo'lib, o'quvchi talabiga ko'ra uning monitoriga istalgan matn yoki surat o'tkaziladi. O'quv jarayonida monitor ekranida matn yoki grafik shakldagi turli masalalar hosil bo'ladi, turli xolatlar modellashtiriladi, o'quvchi o'tkazishi kerak bo'lgan tajriba shartlari beriladi va h.k. O'quvchi javoblari va uning ish natijalari darhol kompyuterda qayta ishlanib uning bilimi baholanadi. Asosiy kursdan tashqari o'quvchi boshqa predmetlar bo'yicha ma'lumot so'rashi mumkin. Bundan tashqari o'quvchining fan materiali bo'yicha va o'qitish metodikasi bo'yicha o'z mulohazalarini bildirishi ham ko'zda tutilgan. Informatsion sistemalar faqatgina kompyuter va uning qandaydir programmaviy ta'minoti emas, balki tashkilotni boshqarishni sifat jihatidan tubdan o'zgartirib yuboradigan programmaviy-texniktashkiliy sistemadir. Uni samarador ishlatish uchun tashkilotni, uning boshqaruvini hamda informatsion texnologiya vositalarini juda yaxshi tushunish lozim. Samarali informatsion sistemalar tashkilotning ajralmas qismidir hamda ularning o'zaro aloqasini quyidagicha sxematik ravishda ifodalash mumkin:

. .

Boshqaruv

Informatsion sistema

Tashkilot

Texnologiya

Har bir tashkilotda mavjud bo'lgan bo'limlar va ular bajaradigan vazifalarni quyidagi jadval asosida aniqlashimiz mumkin:

Asosiy tashkiliy funktsiyalar va ishlar Funktsiya Sotuv va marketing Maqsad Tashkilotning mahsuloti va xizmatlarini sotish. Ishlab chiqarish

Mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish

Moliya

Tashkilotning moliyaviy mablag'larini boshqarish (pul, aktsiya, zayom va boshqalar)

Buxgalteriya

Tashkilotning moliyaviy operatsiyalarini hisobga olish va boshqarish

Kadrlar

Tashkilotga ishchi kuchini jalb qilish, uninng malakasini oshirish, ular haqida yozuvlar yuritish

Ushbu funktsiyalar bir-biriga juda bog'liq bo'lgani uchun ham tashkilot informatsion sistemasini qurishni bir urinishdayoq amalga oshirib bo'lmaydi. Buning uchun bir necha marta harakat qilib, xilma-xil bo'limlarning muammolarini hal qilgan holda oxirgi natijaga erishiladi. Quyida keltirilgan tasvirda informatsion sistemalar tuzayotganda ishlatiladigan bilim sohalari keltirilganki, ularga rioya qilinmagan taqdirda bir qancha muammolar kelib chiqishi mumkin.

Texnik yondoshuv

Informatika Menejment

Sistemotexnika Iqtisodiyot

Psixologiya

Sotsiologiya

Ijtimoiy yondashuv

Siz juda ko'p marta «informatsiya tashuvchilar» degan jumlani eshitgansiz va uning nimaligini bilasizmi? Quyida informatsiya tashuvchilar, ularning turlari to'g'risida va ularga ma'lumotlar qanday usullar orqali yozilishi haqida ma'lumot beramiz.

Hozirgi paytda informatsiya tashuvchilarning quyidagi asosiy turlari mavjud va ular o'z imkoniyatlari hamda sig'imlariga muvofiq ravishda xilma-xil sohalarda ishlatilishlari mumkin: Magnit informatsiya tashuvchilar ­ magnit lentalar, qattiq va yumshoq magnit disklar, magnit tsilindrlar, magnit kartalar va hokazolar. Ularda ma'lumotlar asos materialning magnit xossalarini o'zgartirish hisobiga yoziladilar va o'qiladilar. Optik informatsiya tashuvchilar ­ ularga ma'lumotlar muhitning optik xususiyatlarini o'zgartirish hisobiga yoziladilar va o'qiladilar. Magnitooptik informatsiya tashuvchilar ­ bunday turdagi ma'lumot tashuvchilarga ma'lumotlar magnit va optik xususiyatlarning bir-biriga bog'liqligi tufayli yoziladilar va o'qiladilar. Elektron informatsiya tashuvchilar ­ bunday turdagi ma'lumot yozish vositalari maxsus mikrochiplar asosida tashkil qilingan bo'lib, elektron sxemaning xususiyatlariga bog'liq ravishda xilma-xil hajmdagi ma'lumotlar yozish imkonini beradi. Golografik informatsiya tashuvchilar ­ ularda informatsiya yozishning golografik usullaridan foydalangan holda yoziladilar va qayta o'qiladilar. Bunday xildagi informatsiya tashuvchilar katta hajmlardagi ma'lumotlarni yoza olish xususiyatlari bilan boshqalaridan ajralib turadilar. Ezilish ko'rsatkichlarini o'zgartirgan holda bunday ma'lumot tashuvchilarning bittasiga boshqa yozuvlar saqlangan holda bir necha marta ma'lumot yozish va o'qish mumkin. Maxsus informatsiya yozish vositalari ­ bular kompyuterda qo'llanilayotgan programmaviy ta'minot bilan bog'liq bo'lib, katta miqdordagi ma'lumotlarni yozish, saqlash va o'qish imkonini beradi. Misol sifatida flesh-disk deb atalgan kichik xotira qurilmalarni keltirish mumkin. Ularning gabarit o'lchamlari juda kichik bo'lishiga qaramay, bir necha yuzlab megabaytdan gigabaytlargacha hajmdagi ma'lumotlarni yozish va saqlash imkonini beradi. Har bir turdagi informatsiya tashuvchiga ma'lumot yozish va o'qish o'ziga xos qurilmalar hamda moslamalar orqali amalga oshiriladi. «Multimedia vositalar» degan tushuncha sizga nimani bildiradi va uni kompyuterda ishlatish sizga qanday qo'shimcha imkoniyatlar beradi? Multimedia deb nomlangan tushuncha ma'lumotlarni bir qancha ifodalanish usullaridan foydalangan holda ifodalash bo'lib, u xar bir informatsiya ifodalash vositasida xilma xil turlarda tasvir etiladi yoki ko'rsatiladi. Masalan, kitob, gazeta va jurnallarda matn va grafik materiallar ko'rsatilsa, radioda ovoz va musiqa, televideniye va kinoda esa xarakatlanuvchan ob'ektlar, musiqa va ovoz ifodalanadi yoki tasvirlanadi. Demak, ularning har birida xilma -xil turdagi ma'lumotlar alohida holda ifodalanadi. Hisoblash texnikasining rivojlanishi va uning turli xil sohalarga kirib borishi matnni, ovozni, gapni, grafikani hamda video hujjatlarni birlashtirish va ularni bir vaqtda ifodalash imkonini yaratdi. Bu xildagi kompleks hujjatlarni multimedia hujjatlar deb atala boshlandi hamda ularni yaratishga va ular bilan ishlashga yordam beradigan programmaviy vositalarni multimedia programmalar deb ataldi, bunday ishlarni bajarishga imkon beradigan qurilmalarni esa multimedia vositalari deb nomlandi.

Bulardan kelib chiqqan holda multimedia deb xilma-xil turlarga mansub ma'lumotlarni bir butun interaktiv muhitda birlashtiruvchi programmaviy, apparat va informatsion vositalarga aytiladi deyishimiz mumkin. Interaktiv muhit deganda, ma'lumotlarni ko'rib chiqish jarayonini bir-biriga bog'liq ravishda boshqarish mumkinligi ta'minlangan holatga aytiladi. Ya'ni, foydalanuvchining informatsion vositaga ta'sir ko'rsata olishi interaktivlik deb ataladi. Ushbu interaktivlikni amalga oshirilish mumkinligi imkoniyati hisoblash texnikasining multimedia vositalarini boshqa texnik vositalardan farqini tashkil qiladi. Ko'pchilik hollarda multimedia tushunchasi ovozni eshittira oladigan vositalar hamda lazer kompakt disklari bilan ham bog'liq holda tushuniladi. Har qanday multimedia kompyuterning ajralmas qismi bo'lib kompakt disklardan ma'lumot o'quvchi va yozuvchi qurilma xizmat qiladi. Demak, multimedia kompyuter tovush kartasi va CD-ROM bilan ta'minlangan bo'ladi, multimedia monitor esa tovush kolonkalari va tovushning balandligini boshqara oladigan qurilmalar bilan jihozlangan bo'ladi, multimedia protsessorning buyruqlar sistemasiga ovoz va grafik tasvirlar bilan ishlay oladigan maxsus instruktsiyalar qo'shiladi, multimedia programmaviy ta'minot esa CD-ROM larda yozilgan bo'lib, uning tarkibiga multimedia ma'lumotlar va ular bilan ishlash imkoniyatini beradigan programmalar kiradi. WINDOWS operatsion sistemasining asosiy menyusida Multimedia deb nomlangan menyu bo'lib, multimedianing barcha standart vositalari unda joylashgan.

2. Ma'ruza va amaliy darslarni tashkil etish asoslari. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgan ilk kunlaridanoq Respublikada ta'limni tashkil etish sohasida tub islohotlarni amalga oshirish, uni yuksak darajada takomilashtirish va jahon ta'limi darajasiga ko'tarish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratiladi. Mustaqil O'zbekistonning ilk «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni 1992-yil iyul oyida va shu qonunning yangi tarixi 1997 yil 29 avgustda qabul qilinadi. Ushbu qonunlarda Respublikasida ta'lim tizimi, uning asosiy yo'nalishlari, maqsad va vazifalari, ta'lim bosqichlari va uning mohiyati kabi masalalar o'z ifodasini topgan. Izchil ta'limni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad yosh avlodga chuqur bilim berish, ulardagi mavjud iste'dodlarini rivojlantirishdan iborat. Samarali ta'limni tashkil etish ijtimoiy jamiyat taraqqiyotining millatning, halqning porloq kelajagini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi yagona va uzluksiz bo'lib, mazkur tizim doirasida faoliyat yurituvchi muassasalar ta'limni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi uchun xizmat qiladilar. O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Maktabgacha ta'lim ­ boshlang'ich ta'lim ­ o'rta ta'lim ­ o'rta maxsus ta'lim ­ oliy ta'lim bakalavr - magistratura-aspiranturadoktrantura. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi butun ta'lim tizimini tubdan isloh qilishga imkon yaratdi. Dars - maktab ta'limining asosiy tashkiliy shakli. Darslarni tashkil etish va uning samaradorligini ta'minlashda o'qituvchining o'rni beqiyos. Har qanday jamiyatda darslar jamiyat tomonidan ta'lim oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy ta'lim tajribasida bir dars uchun belgilangan standart vaqt mavjud. Bu vaqt ta'lim muassasalarining tabiati, ta'lim bosqichlari va o'quvchilar imkoniyatidan kelib chiqib tashkil etiladi. Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar quyilmoqda: · darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish; · darslarda o'quvchilar erkinligini ta'minlashga erishish va boshqalar; Ayni vaqtda ta'lim tizimida eng ko'p qo'llaniladigan dars tiplari quyidagilar: 1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi: 2. O'tilgan materialni mustahkamlash darsi; 3. Takroriy ­umumlashtiruvchi va kirish darslari; 4. Aralash darslar; Darslarning fakultativ mashg'ulotlari, seminar, o'quv konferentsiyalari kabi turlari mavjud. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ta'limning mazmuni avvalo, komil inson va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi. Ushbu maqsadni o'zida aks ettirilgan ma'lumot mazmuni o'quv rejasi va darsliklar mazmunida namoyon bo'ladi. O'quv rejasi - barcha ta'lim muassasalarida so'zsiz amal qilinishi lozim bo'lgan davlat hujjatidir. Unda o'rganilishi kerak bo'lgan o'quv predmetlari, mazkur predmetlar uchun yaratiladigan haftalik soatlar hajmi ko'rsatiladi. Ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan o'quv rejasi davlat ta'lim standartining tarkibiy qismi bo'lgan tayanch o'quv rejasi asosida va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Darslik ­ muayyan o'quv predmeti mazmuni o'quv dasturida

ko'rsatilgan hajmida didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilib beradigan o'quv kitobi sanaladi. Darslikning xarakterlik xususiyatlari - bu uning mazmunining o'quv dasturi mazmuniga mos kelishidir. Darslikda material bo'limlar bo'yicha taqsimlanadi. Darsliklar o'quv materiallarini to'laroq va chuqurroq egallab olishga yordam beruvchi o'quv qo'llanmalari bilan to'ldirilishi kerak. Bunday shart sharoitlar asosida ta'lim olayotgan yoshlar o'z bilimlarini davom ettirishlari uchun chet ellarga borish imkoniyatlari yaratiladi. Ta'limni tashkil etish shakllari deganda, aniq muddatda o'qituvchining talabalar bilan olib boradigan mashg'ulot turlarini tushunamiz. Ta'limning tashkiliy samaradorligini oshirish bilan bog'liq ilmiy-nazariy, uslubiy va amaliy muammolarni hal qilish ishlari olib borilmoqda. Bu borada mustaqil O'zbekistonimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda ta'lim tizimiga yangi pedagogik ilmiy texnologiyalarni tatbiq qilish ishlari olib borilmoqda. Ta'limni asosiy vazifasi talabalarni ilmiy bilimlar, ko'nikmalar, malakaviy bilim bilan qurollantirishdan iborat. Ta'lim jarayoni o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati va ikki tomonlama xarakterga ega bo'lib, ya'ni unda ikki tomon ­ talaba va o'qituvchi faol ishtirok etadi. O'qituvchi o'quv jarayonida aniq maqsadni ko'zlab, reja va dasturlar asosida bilim, ko'nikma va malakalarni singdiradi, talaba uni faol o'zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psihalogiyasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o'ynaydi. Dars ta'limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli, faol bo'lishi, bilimlar mustahkam o'zlashtirilishi, talabalarning shaxsiy xususiyatlari e'tiborga olingan holda tashkil etilishi lozim. Har bir darsning muvaffaqiyati ko'p jihatdan mashg'ulotning to'g'ri tashkil etilishiga bog'liqdir. Bu davrda auditoriyaning tinglashga ruhiy jihatdan tayyor ekanligini o'rganish lozim. Ikkinchi bosqichli oliy ta'lim tizimida o'ziga xos ta'lim shakllari mavjud, bularga ma'ruza, amaliy mashg'ulotlar, kafedra o'qituvchilarning ochiq ma'ruzalarda qatnashishi, ma'ruza matnini tayyorlash va muhokama qilish, fanlar bo'yicha dasturlar tayyorlash kabilar oliy ta'limning ko'p qirrali yo'nalishlari va shaklidir. Oliy ta'lim tizimida ma'ruza o'quv jarayonining ham usuli ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini og'zaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi. Ma'ruza tufayli talaba shu fannning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o'ylashga majbur etadi. Shu tufayli ma'ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o'ziga xos maktabiga aylanadi. Ma'ruzani shunday o'qishlari kerakki, uning ta'sirida talabalarda shu fanga, uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e'tiqod, g'oya va milliy mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o'qituvchi har bir ma'ruzaning mazmunini fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim. Ma'ruza ijobiy hamkorlikda tashkil qilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma'ruza jarayonida ham ta'limiy, ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo'llaridan biri - o'qituvchi va talabalar o'rtasida do'stona, faol munosabatlarni tiklab olinishidan iborat. Bundan tashqari, ma'ruzaning samarali natijasi talabalarning o'quv jarayonidagi ruhiy holatlarni qay darajada hisobga olinishiga bog'liq. Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog'lab borish ta'limning

yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta'lim sohasidagi yutuqlar, eng avvalo, nazariy bilim bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligiga asoslanadi. Shundagina talaba o'rganayotgan o'quv materiallarini tub mohiyatini tushunib etadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o'qituvchi ta'lim jarayonida talabalarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. O'quv jarayoni yoshlarga bilim berish, ularda ko'nikma va malakalarni hosil qilish yangi haqiqatlarni ocha olishga qodir bo'lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Talabalarning erkin fikrlash qobilyatini o'quv va amaliy mashg'ulotlar o'tkazish yo'li bilan o'stirish lozim. Shuningdek, o'quv jarayonida talabaga yanada chuqurroq bilim berish, uni yaxshi o'zlashtira olishlari uchun fanga tegishli yangi adabiyotlar, qonunlar, yo'riqnomalardan foydalanib, mavzularni keng yoritib berish lozim. Shu bilan birga kompyuter texnologiyalaridan foydalanish o'quv jarayonini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi talabaning bilim faoliyatini tashkil etish maqsadida o'quv ishlarini olib borar ekan, avvalo ta'lim berish orqali 3 vazifani, ya'ni bilim berish orqali 3 maqsadni hal qilishi lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi faoliyatni birlashtiradi.

3. O'quv jarayonida namunaviy o'quv reja va dasturlar, ularni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalda qo'llash. O'quv jarayonida ta'lim mazmuni o'quv rejalari va dasturlarga asoslanib olib boriladi. O'quv rejasi ­O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 343sonli «Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi Qaroriga muvofiq institut kafedralari tomonidan ishlab chiqariladigan xujjatdir. Unga barcha ta'lim muassasalarida so'zsiz amal qilinadi. Bu hujjatda fanlar va shu fanlar uchun ajratilgan soatlari ko'rsatiladi. U Oliy ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O'quv rejasida fan uchun ajratilgan soatlardan tashqari bu fanni qaysi kursda va qaysi semestrda o'qitilishi ham ko'rsatiladi. Shu bilan birga o'quv rejasida shu fan bo'yicha semestr yakunida topshirilishi lozim bo'lgan sinov yoki imtihon ham biriktiriladi. Agarda shu fanda kurs ishi, mustaqil ish, labaratoriya ishi, nazorat ishi topshirilishi lozim bo'lsa, bu ham o'quv rejasida o'z aksini topadi. Har bir alohida fan uchun o'quv dasturi tuziladi. Dastur o'quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadi, o'quv rejasi bo'yicha ajratiladigan soat va bilim hajmi uning tizim mavjud jamiyatning g'oyaviy siyosiy yo'nalishini o'zida aks ettiradigan davlat hujjatidir. O'quv dasturida fan bo'yicha talabalarga beriladigan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarning belgilab boriladi. Dasturda fannning mazmuni, ketma-ketligi ikkinchi mavzu birinchisini to'ldirishi izchillik bilan yoritiladi va ma'lum mavzular orqali ko'rsatiladi. O'quv dasturida shu fan bo'yicha talabalarga berilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma-malakalar kichik mavzularda ifodalanib, mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi. Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda yo'nalishlarga ajratiladi. Ular boblarga ajratiladi. Boblar katta mavzularga ajratiladi, katta mavzular kichkina mavzularga bo'linib, shu mavzu yuzasidan talaba qanaqa bilim va malaka olishi lozim bo'lsa, shu qisqacha ifodalanib beriladi. O'quv dasturining o'zini amal qilinishi lozim bo'lgan quyidagi qoidalari mavjud: 1. Dasturning aniq bir g'oyaga asoslanganligi. Mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda isloh qilingan har bir sohadagi fan, texnika ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar qirralarida erishilgan yutuqlar ilmiy o'quv asosda aks ettirilishi lozim. 2. Dastur ilmiylik printsipiga asoslanadi. Har bir ta'lim g'oyalari ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi. 3. O'quv dasturi aniq mazmun va mantiq g'oyalarini o'zida aks ettirishi lozim. Dasturda fanning maqsad va vazifalari, undagi bilim misollar asosida o'rgatiladi. Aks holda o'rganilayotgan bilim asoslarini nazariy jihatdan tushunish qiyin bo'ladi. 4. Nazariya bilan amaliyotning birligi printsipi. Talabalar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasini shakllantirishni nazarda tutadi.

5. O'quv dasturini fanning tarixiy saboqlari hisobga olinadi. Vaqt o'tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma'lum bir ilmiy qonun qoidalar paydo bo'lib, fan takomillashib boradi. Dastur fanning kelajakdagi istiqbolini qisqacha ifodalaydi. 6. O'quv dasturi hujjatlar isloh qilingan ta'lim, davlat tomonidan tasdiqlangan reja asosida tuziladi. 1. Ta'limiy maqsad - o'quv materiallarining mazmunini bilish, ya'ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o'zlashtirish va amaliyotga tatbiq qila olishdir. 2. Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o'zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g'oyalar, dunyoqarashlar o'zining shaxsiy sifatlarini, imon- e'tiqodini shakllantirishdir. 3. Rivojlantiruvchi maqsad ­ ta'lim jarayoni ta'sirida shaxsning aqliy kamolotini, bilish qobilyatini, o'qishga, mehnatga, o'z mutaxassisligiga bo'lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida talabada mustaqil ishlash iste'dodi paydo bo'ladi. Uni o'ylashga o'rgatadi, ta'lim jarayonida tafakkur hukmronlik qiladi. Ta'lim turli bosqichlarda amalga oshiriladi: 1-bosqich: O'quv materialini idrok qilishdan iborat. Bunda talaba ta'limning mazmuni bilan tanishib, o'zining bilish vazifalari nimadan iborat ekanligini bilib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar ishtirok etadi. 2-bosqich: Ular o'quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo'ladi. Amaliy sintez, taqqoslash, hulosa chiqarishdan foydalanadilar. 3-bosqich: Yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o'qituvchining qo'shimcha izohlari, ko'rgazmali qurollari orqali mustahkamlanadi. 4-bosqich: Ular o'zlashtirib olgan bilimlarni imkoniyatiga qarab amaliyotga tatbiq qila oladilar. Bularni bilish orqali o'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarish mumkin. Shuning uchun o'quv jarayonining hamma bosqichlarida o'qituvchi yetakchi va boshqaruvchi vazifasini o'taydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo'lsak, o'qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog'i sifatida qator vazifalarni bajaradi. Jumladan: a) talabalarda bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qiladi. b) ularda dunyoqarashni, kelajakka ishonch va kasbga e'tiqodni o'stiradi v) yoshlarni muayyan darajada bilimli, o'qimishli, madaniyatli, tarbiyali kishilar bo'lib etishishiga, qobilyati va iste'dodlarini o'stirishga erishiladi.

Bu vazifalarni bajarishda o'qituvchi o'z kasbiga layoqatli bo'lmog'i lozim. Shuningdek, o'qituvchi talabaga o'z faoliyatining ob'ekti sifatida qarashi, uning ehtiyoj va qiziqishlarini tushuna bilishi lozim. Bundan tashqari, o'qituvchi ta'lim jarayonida har bir talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi, o'quv materiallarini to'g'ri tanlay bilishi, taxlil qila olishi va umumlashtira olishi pedagogik mahorat uchun zarur bo'lgan ta'lim usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilishi, talabaga nisbatan talabchan bo'lishi, pedagogik vaziyatga qarab ulardan unumli foydalana olishi, ta'lim natijalarini daslabki va keyingi ko'rsatkichlar bilan taqqoslashi, tahlil qilishi, hulosalashi lozim. Shundagina o'qituvchi kadrlar tayyorlash milliy dasturi talabalari darajasida ta'lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.

4. Mutaxassislikka kirish fanini o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari Har bir jamiyatning kelajagi uning ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Og'ir ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy qiyinchiliklar engib o'tib, taraqqiyot yo'liga kirgan mamlakatimizda ilg'or texnalogiyalarni joriy qilish, milliy qadriyatlarni singdirgan holda ta'lim tashkil etish, bu jarayonini puxta va samarali amalga oshirish ishlari davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Hususan, ta'limning rivojlangan yo'nalishlarini prognoz qilish sohasida ishning aniq sharoitlariga moslashuvi dasturiy ta'minot komplekslarining yaratishga yordam beruvchi matematik apparatdan foydalanish yangi metodni qo'llash dolzarbdir. Ko'pincha «innovatsiya» atamasining o'rniga unga yaqin turdagi atamalar ham ishlatiladi. Masalan, takomillashtirish.... Innovatsiyaning ta'rifiga to'xtalsak, u lotincha «inovatis» - bu yangilik, yangi tartib qoida degan ma'noni beradi. Yangilik ­ bu texnik, texnologik ixtiro va yutuqlaridan amaliy foydalanishdir. U ilmiy kategoriya sifatida ta'limga yangilik kiritishni anglatadi. Yangilik ko'pincha yangi metodlar, usullar, vositalar, yangi konseptsiyalar, yangi o'quv dasturlari tarbiya usullari boshqalarini kiritish va qo'llashdan iborat. Yangilik atama sifatida ta'limni modernizatsiyalash yoki zamoniylashtirish tushunchasi ichiga to'la kiradi. Ta'limdagi yangiliklarni o'zlashtiribgina qolmasdan, balki ular singib ketishi lozim. Ular pedagogik novatorlarni tarbiyalashga olib keladi. Novatorlik ishi hamma vaqt yangiliklarning tarkibiy qismi bo'lib kelgan. Garchi, vaqti kelib o'qituvchilarni o'qitadigan mashinalar almashtiradigan fikrlar mavjud bo'lsada, hozir o'qituvchi ta'limda bilimlar jarayonini bevosita eltuvchisi sifatida markaziy o'rin tutadi. O'qituvchi doim zarur. O'qituvchi mehnatida texnik yutuqlardan va birinchi navbatda, kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish zarurligi haqidagi g'oyalarni ilgari suradi. Haqiqatdan ham, xozirgi vaqtda o'qitishning individual hisoblash va texnik vositalarga asoslangan pedagogik texnologiyalar ishlab chiqilmoqda. Biroq bu narsa o'z navbatida quyidagi muammoni hal etishni zarur deb qo'yadi, ya'ni ta'limiy texnologiyalar bo'yicha mavjud kasbiy bilimlardan tashqari ta'lim sohasida mehnat qiladigan mutaxassislarning maxsus tayyorgarligi hamda texnik, ilmiy, psixologik va iqtisodiy tayyorgarlik talab etiladi. Ma'lumki, yangiliklar turli mamlakatlarda o'ziga mos ravishda yuzaga keladi va tatbiq etiladi. Ular sohalarda, shu jumladan, ta'lim sohasida turlicha o'z ifodasini topadi va buning ustiga bitta bilim sohasining o'zidan turlicha tarqaladi. Ixtirolar ko'pincha fizika, ximiya, biologiyada amalga oshiriladi. Pedagogik nazariya va amaliyotning tahlili shuni ko'rsatadiki, ta'lim sohasida umumjahon ahamiyatiga molik bo'lgan quyidagi asosiy yangiliklar xosdir: · moliyalashtirish va boshqarish sohalaridagi o'zgarishlar; · ta'lim tizimidagi o'zgarishlar; · ta'lim texnologiyasidagi o'zgarishlar; Shunday qilib yangi texnik vositalar, yangi texnologiyalar ta'limda yangiliklar kiritish yo'lidagi komponentlardan biridir. Biroq ularni tatbiq etish va amalda foydalanishda bilim aslida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Buning uchun maxsus tayyorgarlik, katta kuch va ko'p vaqt sarflash zarur, ya'ni ta'limda innovatsion

jarayonlarning tatbiq etilishi bilan, o'qituvchining roli pasayadi emas, balki o'quv tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida yanada ortadi. Ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan har o'qituvchi o'z rolini va vazifasini muvaffaqqiyatli amalga oshirishi uchun u faqat o'z fani sohasida emas, balki psixologiya, iqtisodiyot va ta'lim texnologiyalaridan ham chuqur bilishmga ega bo'lishi kerak. Keyingi yillarda adabiyotlarda turli bilim sohalarida yangi axborot texnologiyalarni yaratish va ishlatish masalalari keng yoritilmoqda. Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi 3ta texnika yutug'i tashkil etadi : 1. axborotni mashina o'qiydigan tashuvchilarda jamlash muhitining paydo bo'lishi (magnit lentalar, kinofilmlar magnit disklar, kompakt disklar) 2. axborotni yer sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo'yicha muhim chegeralashlarsiz yetkazilishining ta'minlovchi aloqa vositalarning rivojlanishi, aholini aloqa vositalari bilan keng qamrab olish (radio, televideniye, ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari, yo'ldosh aloqa, telefon tarmog'i va h. K) 3. axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo'yicha avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish imkoni (saralash, tasniflash, kerakli shaklda ifodalash va yaratish) Yangi axborot texnologiya (YaAT) larning 2ta katta guruhga ajratish mumkin: 1. Axborotni strukturalashgan ko'rinishda saqlash va shu bilan unga kirish hamda undan foydalanishni osonlashtirish imkonini beradigan barcha texnologiyalar. Foydalanuvchi kerakli axborotni turli izlash protseduralari, masalan, kalit so'zlar yordamida topadi. 2. foydalanuvchining ma'lumotlar bazalari va banklardagi katta hajmli axborotga kirishini ta'min etadigan texnologiyalar mansub. Axborotni izlash dialog shaklida, doimo yangilanib va to'ldirilib turiladigan ma'lumotlar bazalaridan foydalanuvchilar o'z shaxsiy ehtiyoj va qiziqishlariga mos ravishda axborotni tanlashlari lozim. Ikkinchi guruhga barcha kommunikatsiyalar, elektron pochtani, telekonferentsial aloqani, yo'ldosh aloqani, EHM tarmoqlarini va hokozolarni o'z ichiga oladi. Demak, YaAT ­ bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan va ularning texnika va ijtimoiy jarayonilarni boshqarish bo'yicha imkoniyatlarni kengaytiradigan ma'lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalardir.

YaAT ta'limda muhim o'rin tutib quyidagicha vazifalarni hal etishga yordam beradi: · har bir odamga xos bo'lgan noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni o'qitilayotgan o'quvchi-talabalarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda bilish qobilyatlari o'z o'zini komolotga yetkazishga intilishni shakllantirish; · bog'liq xodisalarni kompleks o'rganishni, tabiatshunoslik, texnika, ijtimoiy fanlar va sa'nat orasidagi o'zaro bog'liqlikning chambarchasligini ta'minlash; · o'qitish va tarbiya jarayonlarning mazmun, shakl va metodlarni doimiy dinamik yangilash. Ta'lim tizimi nuqtai nazaridan YaATning joriy etilishi bilan birga yuzaga keladigan ushbu muammolar muhimdir: · texnik muammolar ­ bular ta'lim tizimida foydalanadigan elektron hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga qo'yiladigan talablarni, uni qo'llanilish hususiyatlarini belgilaydi; · programma muammolari ­ bular ta'lim tizimida foydalanish uchun programma ta'minotining tarkibi va turlarini, ularning qo'llanish tarkibi va hususiyatlarini belgilaydi. · tayyorgarlik muammolari ­ bular o'qituvchi va o'quvchi talabalarning hisoblash texnikasidan foydalanish uquvlari bilan bog'liq. O'qitish texnologiyalari doimo axboroti bo'lgan, chunki ular ko'p xillik axborotni saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga yetkazish bilan bog'liq edi. Kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari paydo bo'lishi bilan o'qitish texnologiyalari tubdan o'zgardi. O'qitishning yangi axborot texnologiyasini o'qitishni axborot texnologiyalarining bugungi kungi texnik vositalardan foydalanib tashkil etishning sifat jihatidan yangi jarayoni deb ta'riflash mumkin. O'qitishning yangi axborot texnologiyasining amalga oshirilishi quyidagilarning mavjud bo'lishini taqozo etadi : · o'qitishning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari ; · o'quv jarayonini tashkil etish uchun mos sistemali va programma ta'minoti; · o'quv-tarbiya jarayonida yangi o'qitishning texnik vositalarini tatbiq etish bo'yicha mos metodik ishlanmalar. U YaAT doirasida o'qitishning yangi shakllari, metodlari, vositalari haqida gapirilganda, yangi texnologiyalar texnik vositalarning muhimligini qayd etish lozim. Masalan, o'qitishning videokompyuter sistemalarining qo'llanilishi 2 ta texnologiyaning audiovizual va kompyuter texnologiyalarining afzalligini amalga oshirish imkonini beradi. U axborotni vizual, matnli va grafik shakllarning birga qo'shish vositasini taklif etadi. Masalan, o'qituvchi-talabalarning o'qitishning yakuniy bosqichi video sistemadan foydalanish ishlab chiqish jarayonining video yozuvini sinchiklab ko'rish va muhokama etish asosida ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish yo'lllarini taklif etishga, mehnatni modellashtirish, vaqt va materiallar iqtisod qilish yo'llarini topishga imkon beradi. Ta'lim videokompyuter sistemalarini tarqatish texnik va programma ta'minotining yuqori narxi va o'qitish jarayoni uchun programma ta'minotining yo'qligi hozircha yetarli emas. Komp'yuter sistemalarining programma ta'minoti takomillashmoqda va rivojlanmoqda.

Intellektual avtomatlashtirilgan o'qituvchi sistemalarining (IAUS) joriy etilishi o'qitish jarayonining o'quvchi-talabaning tayyorgarligiga bog'liq ravishda moslashuvchan boshqarishni amalga oshirish mumkin. O'quv jarayonida YaAT texnik vositalaridan foydalanishda ekspertlik-o'quvchi sistemalar (EUS) alohida o'rin tutishi mumkin. EUS ­ ekspertli o'qituvuchilar, uslubiyotchilar va mutaxassislar jamoasini tayin fan sohalarida samarali almashtiradigan avtomatlashtirilgan axborot sistemalaridan iborat. Masalan, o'quv maqsadlarida gipermatnli sistemalardan foydalanishda kompyuter zimmasiga tushunchalar va ularning bog'lanishlari ko'rinishida ifodalanadigan yangi materialni bayon etish bo'yicha ish yuklanadi. Tugunlarni ko'rib chiqish bu savollar, tushunchalar, meyllar va ko'rsatmalarni ko'rib chiqishdir. Bunday sistemalar bilan ishlashda o'qituvchi talabalar uchun faqat o'quv materiali strukturasigina emas, balki uning bu strukturani o'zlashtirishi bilan bog'liq o'z shaxsiy faoliyati ham tahlil mavzusi bo'ladi. Darsda o'qituvchi bilan talabaning o'zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. O'qituvchi darsda istisnosiz barcha o'quvchilarning faoliyatlarini yo'llaydi va kontrol qiladi, shuningdek, o'quvchilarning o'zlari orasidagi o'zaro aloqa va o'zaro nazoratni qo'llab-quvvatlaydi. O'qituvchining darsdagi ishi barcha o'quvchilarning darsning o'zidayoq o'rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur ko'nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi. Shunday qilib, dars ­ ta'lim muassasasidagi o'quv ishining tashkiliy formasi bo'lib, unda o'qituvchi aniq belgilangan vaqt doirasida o'quvchilarning doimiy sinf bilan qat'iy jadval bo'yicha shug'ullanadi, o'quv programmasiga muvofiq o'zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlaridan foydalanadi. Qadim zamonlardayoq taraqqiyparvar olim va pedagoglar o'quv ishini tashkil qilishning ta'lim-tarbiyaviy masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradigan hamda ijtimoiy taraqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarni izlaganlar. Dars o'qitishning 3 sistemasi : 1) Individual o'qitish ­ bunda har bir o'quvchi o'z topshirig'ini bajargan va xatto o'qituvchi gruppa bilan shug'ullanganda ham, ular bir bola bilan alohida shug'ullanadi. 2) Sinf ­ dars sistemasi ­ uning afzalliklari uning tejamligida, o'qitishning tushunarliligi, izchilligi, hamda o'quvchilar kollektivini tarkib toptirish uchun sharoit yaratishdir. Bunda o'qituvchining roli katta va u ta'lim-tarbiya jarayonining tashkilotchisi va boshqaruvchisi hisoblanadi.

4 Lektsiya-seminar sistemasi ­ bunda o'quv jarayonining alohida zvenolarga bo'linishi va har bir zvenoda o'quv jarayonining ixtisoslashgan formalari (lektsiyalar, seminarlar, amaliy mashg'ulotlar)ning bo'lishi xarakterlidir. Uning kamchiligi o'qituvchining o'quvchilardan ma'lum darajada uzoqlashganidir. Afzalligi esa, o'qitishning chuqurligi, ilmiyligi, eng yaxshi texnik jihozlanganlik, tejamkorlik ta'minlanadi. Hozirgi kunda yoshlarga, ularning madaniyati, ma'naviyati, jismoniy tarbiyasi va bilim olishiga juda katta e'tibor berilmoqda. Shunday ekan, o'quvchi yoki talaba darsga kelar ekan, unda qiziqish uyg'otish, uni biror maqsadga yo'naltirish kerak. Buning uchun, o'quv jarayonini fan va texnikadagi so'nggi yangiliklarni hisobga olgan holda tashkil etish kerak. Dars jarayonida faqat og'zaki ma'ruza emas, balki har xil devoriy gazetalar keltirib yoki zamonga mos qilib har xil yangiliklar bilan talabalarni qiziqtirish zarur. O'quv jarayonida namunaviy o'quv rejasi va dasturlari, ularni ishlab chiqib, tasdiqlash va albatta amalda qo'llash kerak. Bizga ma'lumki, O'rta Osiyo xususan, O'zbekiston halqi nazariy jihatdan boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 50 yilga oldin turibdi. Ammo, shu bilan birga, amaliy jihatdan 50-100 yil orqada turibdi. Shunday ekan, ko'proq amaliy jihatdan yondashish kerak. Toki har bir talabami, o'quvchimi o'qiyotgan narsasini amaliyotda qo'llab, o'z ko'zi bilan ko'rib, o'ziga xos hulosalar chiqara olsin. O'quv predmeti o'ziga tegishli fan asoslari tushunchalari sistemasini, bu tushunchadan kelib chiqadigan asosiy qoidalar va qonunlar, natijalarni, shuningdek, bu qoidalar va natijalarning ifodalashning so'z va simvolik vositalari (termin, simvol, formula va hokozolar)ni o'z ichiga oladi. O'quv predmeti tegishli fandan asosiy qoidalarning ifodalanishi bilan farq qiladi. Unda natija-xulosalar unchalik keng berilmagan, tushunarlilikning didaktik printsip va shug'lanuvchilarning yosh hususiyatlarini hisobga olish zarurligi bilan belgilanadigan boshqa farqlari bor. Biroq bu fan ma'lumotlarini qisqartirilgan yoki soddalashtirilgan holda berish emas, balki ularni o'quv protsessiga muvofiq ravishda pedagogik jihatidan qayta ishlashdir. Har bir o'rta, umumiy ta'lim maktablari, oliy o'quv yurtlari o'zlarining o'quv rejasini tuzishda, o'quv fanlarini tanlashda o'rta ta'limning yoki oliy ta'limning vazifasiga amal qilinadi. Masalan, o'rta ta'lim fan asoslarini puxta bilishni, demokratik, mustaqil dunyoqarash asoslarini puxta bilishni, sog'lom yosh avlodning estetik, ahloqiy va ma'naviy jismoniy tarbiyasini ta'minlashi kerak. Maktabning o'quv rejasi demokratik ma'naviy tarbiyaning hamma tomonlarini ­ tabiat, jamiyat, ishlab chiqarish asoslari, san'at va jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni qamrab olishi kerak. Akademik litsey, kollejlarda esa, o'quv rejasida majburiy fanlar bilan birga fakul'tativ mashg'ulotlar, o'zining sohasiga xos fanlar bo'lishi nazarda tutiladi. Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv fanlari tanlashda butunlay boshqacha yondashiladi. Misol tariqasida Toshkent Moliya instituti 1-kurs barcha kunduzgi bakavlariat yo'nalishlari uchun tuzilgan ishchi o'quv rejasini ko'rib chiqsak. Bunda albatta, 1-kursda talabalar to'g'ri maktabdan kelgan bo'lishi mumkin, ularda esa institut talabalariga ko'nikish hosil qilishi uchun maktab programmasiga xos fanlar o'tiladi. Masalan. O'zbekiston tarixi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ekologiya va shunga o'xshash

fanlar. Lekin, shu bilan birgalikda mutaxassislikka tayyorlash uchun Iqtisodiyot nazariyasi, mutaxassislik tili, Mutaxassislikka kirish kabi fanlar ham o'tiladi. 2-3 kurslardan boshlab esa to'liq mutaxassislik fanlari o'tiladi. Institut auditoriyalarida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashning asosiy yo'llaridan biri banklarda mutaxassislik fanlari bo'yicha malakaviy amaliyotning tashkil qilinishidir. Hozirgi kunda harakatda bo'lgan Davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan o'quv rejasiga asosan II kursdan boshlab talabalar nazariy o'qish jarayonini amaliyot bilan bog'lab olib borish imkoniyatiga ega. Talabalarning mutaxassislik fanlari bo'yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'lash jarayoni «Bank ishi» kafedrasi tomonidan «oddiydan murrakkabga» tamoyili asosida tashkil qilingan. Talabalarinig amaliyotini tashkil qilishning bu tamoyili mohiyati shundaki, II kursda talaba banklar va ularning faoliyati, xizmat turlari bilan tanishishi uchun tanishuv amaliyotiga chiqadilar. Bu amaliyot dasturi nisbatan sodda bo'lib, talabalar bank bilan, uning bo'lim va boshqarmalari, bankning tarkibiy strukturasi va ularning vazifa hamda funktsiyalari bilan tanishadilar. Bu amaliyotda talaba ko'proq tijorat banklarning jismoniy shaxslarga ko'rsatadigan xizmatlari, aholidan omonatlar qabul qilish va ularni berish, mablag'larni bir hisob varaqdan boshqasiga o'tkazish, talabalarga aholiga kreditlar berish va ularni to'lash jarayonlari, tijorat bankining aholii bilan bog'liq boshqa vositachilik operatsiyalari bilan tanishadilar va hisobot tayyorlaydilar. IV semesterda III kurs talabalari «Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika» fanidan o'quv amaliyotiga chiqishadi. Bu amaliyot tanishuv amaliyotiga nisbatan mukammalroq dasturga ega bo'lib, bank buxgalteriya bo'limining faoliyatini to'liq o'rganadilar va hisobot tayyorlaydilar. IV kursda talabalar barcha o'qitiladigan mutaxassislik fanlarni o'zida umumlashtiruvchi bitiruv malakaviy amaliyoti o'taydilar. Bu bitiruv malakaviy amaliyot 7 haftaga mo'ljallangan bo'lib, bu amaliyot bank faoliyatini chuqurroq o'rganishga undovchi mukammal dasturga ega. Amaliyot davomida talaba bankning umumiy faoliyati va mijozlari bilan tanishadi hamda buxgalteriya bo'limi, kredit bo'limi, pul muomalasi bo'limi, valyuta bo'limi faoliyati, kichik biznesni kreditlash, loyihalarni moliyalashtirish bo'yicha dasturda belgilangan vazifalarni bajaradilar va hisobotlar tuzadilar. Malakaviy amaliyot talabalar bilimini mustahkamlashga, bank tizimida kechayotgan o'zgarishlarni bilishga, talabani bankning jamoat ishlarida qatnishishga, o'zini mutaxassis sifatida tutishga, kelajakdagi ish faoliyati to'g'risida tasavvurlarga ega bo'lishga imkoniyat yaratadi.

4 ­ mavzu : TALABALARNING MUSTAQIL IShLAShINI TAShKIL ETISh (4 SOAT)

1. Talabalarni o'qitish jarayonida mustaqil ishlarini tashkil qilishning o'rni. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevoridir». Insoniyatning bugungi global taraqqiyoti o'zagida ta'limning, ayniqsa, oliy ta'limning beqiyos o'rni bor. Dunyo tamadduning ayni davrdagi eng yirik muammolari to'rt dasturiy yo'nalish atrofida jamlangan. Bular ­ taraqqiyot, atrof ­ muhit muhofazasi, tinchlikni barqaror etish hamda fan va texnikadir. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, hech qachon fan va texnika amaliyot bilan hozirgidek, bo'lmagan edi. Hozirgi davrga kelib, mamlakatlarning sanoat va intelektual taraqqiyotlari orasida siyosiy-iqtisodiy musobaqa fan va texnika, texnologiya va ta'lim sohasiga o'tdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o'tish juda ko'p sohalarni, jumladan ta'lim tizimini ham isloh qilishni o'z ichiga oladi va shu o'rinda 1997 yili Respublikamizda «Ta'lim to'g'risida» va «Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dastur to'g'risida»gi Qonunlar qabul qilinganini ta'kidlash lozim. Chunki, kadrlarni tayyorlash vazifasi, bugungi va kelajakdagi taraqqiyotni belgilab beruvchi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Milliy dastur tizimli yondoshuvga asoslangan bo'lib, uning uchala bosqichining ham asosiy maqsadi ­ raqobatdosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgandir. Kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilinishini muvaffaqiyatli amalga oshirish eng, avvalo, oliy ta'limning barqaror va aniq maqsadli rivojlanishini ta'minlovchi, islohotlarni amalga oshirishning muayyan yo'l-yo'riqlarini qamrab olgan me'yoriy hujjatlarni o'z vaqtida ishlab chiqish va tatbiq etishni ko'zda tutadi. Shu maqsadda, Oliy va o'rta maxsus maktab muammolari institut tomonidan ishlab chiqilgan hamda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vaziri buyrug'i bilan tasdiqlangan tegishli me'yoriy hujjatlar amalga kiritilmoqda. Talabalarning bilim olishlarini osonlashtirish va samarali qilishning asosiy vositasi ­ ularni jalb qila olish hisoblanadi. Yuqorida aytib o'tilgan reyting tizimi shunday uslublardan biri hisoblanadi, amaliy darslarni «o'yin» tarzida o'tish ham talabalarni fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini oshiruvchi uslublardan biri hisoblanib kelinadi. Iqtisodiy fanlarni «o'yin»lar yordamida o'rganish uslubi 40 yildan ortiq davr mobaynida AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu uslubni talabalarga iqtisodiy bilimlar poydevorini beruvchi, talabada iqtisodiyot to'g'risida bir butun tasavvurni bilishga imkon beruvchi «Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo'yicha amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Hozirgi axborot texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha sohalarga kirib borishi ta'lim ­ o'qitish jarayonlarida ham ilg'or pedagogik uslublarni qo'llash

imkonini bermoqda. Ular qatoriga XX asrning 90-yillarida shakllanib, hozirgi sharoitda jadal sur'atlarda tarqalib borayotgan «Masofaviy o'qitish» kiradi. Masofaviy o'qitish ­ byudjet telekommunikatsiya vositalari va kompyuterlarda bajariladigan o'qitish jarayoni bo'lib, byudjet jarayon ikki tomonlama axborot almashuv - sinxron va asinxron tarzda amalga oshiriladi, hamda unda elektron pochtasi, elektron dialog, elektron konferentsiya, telefon, telefaks, peydjer, sun'iy yo'ldosh aloqasi, audio-video va televizion kabi vositalar keng qo'llaniladi. Byudjet o'qitish shakli an'anaviy o'qitish shakli o'rnini olmaydi, balki uni to'ldiradi va mazmunan boyitadi. Masofadan o'qitish ­ bu adaptiv, modullik texnologiya bo'lib, pedagogik jarayonlarni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, masofadan o'qitish talabalarda mas'ullik hissasini kuchaytirish bilan bir paytda, o'qituvchini ham mustaqil ravishda o'z bilimlarni oshirib borishga undaydi. Shu bilan birga, masofadan o'qitishni joriy qilishda ham muammolar mavjud. Istiqbolda byudjet texnologiya mamlakatimizda zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlanish darajasiga qarab, yanada kengroq tarqaladi va kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda o'z o'rnini oladi. Jahon tajribasidan ma'lumki, har bir individning aqliy kamoloti, bilimdagi faolligining yuksakligi, ijodiy fikrlash qobiliyatining rivoji uning o'z ustidan qanday darajada mustaqil ishlay olishigi bog'liqdir. Talabalarni raqobatbardosh mutaxassislar qilib tarbiyalash, bir tomondan, ularga bilim berishning yangi shakl va uslublarini keng joriy etish, bu borada professor-o'qituvchilarning mas'uliyatini oshirish, shuningdek yetakchi xorijiy davlatlar tajribasidan unumli foydalanishga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularning mustaqil bilim olishlarining darajasiga ham bog'liqdir.

2. Mustaqil ishlari tematikasining tuzilishi. Har bir talabaning mustaqil ishlashini tashkil etish eng oddiy bo'lib ko'rinadigan quyidagi holatlarga bog'liqdir: · Vaqt taqsimoti va kun tartibining mavjudligi ; · Darsdan tashqari vaqtdan unumli foydalana bilish texnologiyasiga; · Har bir o'qitiladigan fan bo'yicha talabaning o'zi ustida mustaqil ishlashini taqozo etuvchi topshiriqlar majmuasining ishlab chiqilganiga; · Mutaxasislikka kirish kursini yuqori saviyada o'qitishni yo'lga qo'yish orqali mustaqil ishlashga ehtiyojni shakllantirish va shu kabilar. Oliy o'quv yurtidagi bu holatlarning qanday darajada hal etila borishi, ya'ni talabaning o'z ustida mustaqil ishlashini samarali tashkil etish ­ mazkur ta'limtarbiya talablariga uning muvaffaqiyat bilan moslashib olish ishiga xizmat qiladi. Talabaning o'z ustida mustaqil ishlash shakllari turli-tumandir, ular jumlasiga : · Yangi adabiyotlar ro'yxatini tuzish · Mustaqil konspekt · Fanlar bo'yicha tayanch iboralarning izohli lug'atini yaratish · O'rganilayotgan fanning eng dolzarb muammolarini qamrab olgan mavzular bo'yicha referat yozish, turli jamg'armalar tomonidan e'lon qilingan tanlovlarda ishtirok etish · Ilmiy tezislar tayyorlash · Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy mavzularda bo'lib o'tadigan ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar-muloqotlar va davra suhbatlariga tayyorgarlik ko'rish · O'rganilayotgan fani bo'yicha mavjud asosiy adabiyotlardan annotatsiyalar yozish · Mashq va masalalarni yechish, loyihalar ustida ishlash, amaliy ish o'yinlariga yoki boshqa amaliy ishlarni bajarishga tayyorgarlik ko'rish · Har bir o'rganayotgan fani bo'yicha ishlab chiqilgan topshiriqlar tizimida nazarda tutilgan barcha nazorat ishlarini bajarish · O'rganayotgan fani bo'yicha jadval, sxema, grafik, slaydlarni tayyorlash · Internet tarmog'idan samarali foydalanish · Kurs ishi, hisobot, bitiruv malakaviy ishlar tayyorlashlar ko'zda tutiladi Endi mustaqil ishlash shakllarining ayrim turlariga qisqacha to'xtalib o'taylik : Konspekt qilish ­ mustaqil ishlashning aniq shaklidir. Konspektlashtirish ijodiy jarayon bo'lib, u talabaning mantiqiy qobiliyatini o'stiradi, fikrini aniq va qisqa bayon etishga o'rgatadi. Referat ­ bu o'rganilayotgan fan bo'yicha eng dolzarb yoki talaba uchun katta qiziqish uyg'otgan mavzu bilan bog'liq bo'lgan bir yoki bir necha adabiyotlardan foydalangan holda, ularning mazmunini tanqidiy yondoshuv asosida mustaqil qayta bayon qilish. Nazorat ishi ­ talaba bajarishi lozim bo'lgan mustaqil ishlarning shakllaridan biri bo'lib, amaliy mashg'ulot darslaridan o'tib ulgurilmagan misol va masalalar, amaliy ish o'yinlari va boshqotirmalar test topshiriqlari ko'rinishida bajarish uchun uyga vazifa tariqasida beriladi.

Talabalarning o'z ustida mustaqil ishlashining qolgan shakllarini, xususan, annotatsiya, tezis, lug'at, jadval, sxema, grafik va slaydlarni tayyorlash va yozish kabilar ham muhim bo'lib, ularning qay darajada bajarilishini talabaning umumiy reytingini aniqlash chog'ida e'tiborga olinish ahamiyatidir. Ma'lumki, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» keng qamrovli bo'lib, ta'lim berishning ketma-ket bosqichlari bilan birgalikda o'qitishning turli shakllarini yanada takomillashtirishni ham nazarda tutadi. Talabalarning kelajakda o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishida turli me'yoriy hujjatlar va adabiyotlar bilan ishlashida ularning oliy o'quv yurtlarida mustaqil ta'lim bo'yicha olgan malaka va ko'nikmalarining ahamiyati kattadir. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib yaratilgan yangi namunaviy o'quv dasturlarida deyarli barcha fanlarga mustaqil ta'lim soatlari ajratilgandir. Ana shu ajratilgan soatlardan talabalarga bilim berishda va maqsadga muvofiq tarzda foydalanish o'qitishning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Talabalarning mustaqil ta'lim olish samaradorligini oshirishda quyidagi omillarni yanada kuchaytirish zarurdir. 1. Har bir talabaning o'qitilayotgan fan bo'yicha darslik, o'quv qo'llanmalari, ma'ruza matnlari va boshqa o'quv-uslubiy materiallar bilan to'liq ta'minlanishiga erishish; 2. O'quv rejasida mustaqil ta'lim mavzularini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan asosiy va qo'shimcha adabiyotlarni aniq ko'rsatish; 3. O'qituvchining mustaqil ta'lim ko'nikmalarini hosil qilishda har bir guruhga talabaga individual yondoshuviga erishish; 4. Mustaqil ta'lim bo'yicha talabalarning olayotgan bilimi va o'zlashtirish darajasini doimiy nazorat qilishga erishish; 5. Institut va kafedralar doirasida o'tkaziladigan an'anaviy tadbirlar konferentsiyalariga ko'plab talabalarni jalb etish. Xulosa qilib aytganda, har bir talabaning o'quv jarayoni va o'quv mashg'ulotlaridan tashqari vaqtlarda amalga oshiradigan ishlarning barcha shakl va xususiyatlarini o'zaro uyg'unlashtirish uslubiyatini joriy qilish­ mamlakatimizda Vatanga, halqga barkamol avlodni - yetuk tarbiyalangan mutaxassisni voyaga yetkazish «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ilgari surilgan vazifalarni to'liq amalga oshirishga xizmat qiladi.

3. Talabalar bilim darajasini oshirishda mustaqil o'qishning zarurligi va ahamiyati. Dunyoda ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay (Imom al-Buxoriy) Ha, ulug' bobomiz ta'kidlab o'tganidek, bu dunyoda inson uchun eng zaruri ilmdir. Bilimdonlik insonning oliy va muqaddas fazilatidir. Bilimlilik insonni madaniyat, ma'rifat sari yuksaltiradi va yomon illatlardan saqlaydi. Shuning uchun ham bilim nurga, ziyoga o'xshatiladi. Har bir davlat kelajakda ham o'z maqomini saqlash va yanada rivojlanish uchun yosh avlodga chuqurroq bilim berishga intiladi. Shu jumladan, O'zbekiston ham mustaqillikka erishganidan keyin ta'lim-tarbiya sohasida ko'pgina islohotlar o'tkazdi. Ayniqsa, oliy ta'lim sohasida ancha o'zgarishlar yuz berdi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlariga qabul qilishning test tizimi joriy etildi. Oliy mutaxassislik ta'limi bakalavrlik hamda magistraturaga bo'lindi va hakozo. Bu qilingan ishlarning hammasi talabalarni yanada chuqurroq ilm olishiga, o'z kasbining ustasi bo'lib yetishishi uchun qilingan harakatlardir. Oliy ta'lim o'rta maktab ta'limidan ancha farq qiladi. Oliy dargoh bilan o'rta maktabning asosiy farqi shuki, o'rta maktab ta'limi majburiy bo'lib, maktabda o'quvchilar majburan o'qitiladi. Oliy dargohda esa aksincha. Oliy dargohda talabalar, asosan, mustaqil ta'lim oladilar. Mustaqil ishlash yuqori malakali kadrlar tayyorlashning asosiy usulidir. Hozircha respublikamizda umumiy ta'limning 30 foizigini mustaqil ta'limga ajratilgan. Bu esa, hozirgi davr talabi bo'yicha kam ko'rsatichdir. Chunki, lektsiyani faqat tinglab, 20 foiz o'zlashtirish mumkin. Agar, lektsiyani ham tinglab, ham yozib olinsa, 30 foiz o'zlashtirish mumkin. Agar, talabaning o'zi mustaqil o'qisa, 70-80 foiz o'zlashtirishi mumkin. Shuning uchun ham Yevropa davlatlarida va boshqa rivojlangan davlatlarda mustaqil ta'limga umumiy ta'limning 70 foizi ajratilgan. Xorijda mustaqil o'qishning ahamiyati katta. U yerda lektor asosiy tushunchani beradi. Talabaning o'zi esa mustaqil o'qib, tayyorlanib, o'z ustida ishlaydi. Hozirgi kunda talabalar uchun imkoniyatlar cheksiz. Minglab kitoblar jamlangan kutubxonalar talabalar xizmatida. Internetda xohlagan soha bo'yicha ma'lumot olish mumkin. Hozirgi bizning talabalarimiz ham asta-sekin chet el ta'lim texnologiyasi bo'yicha bilim olishga o'tishmoqda. Yurtimizda Angliya bilan hamkorlikda «Westminister» universitetining tashkil qilinishi bunga yaqqol dalildir. Bu universitetda talabalarning mustaqil ishlari asosiy o'rinda turadi. Mustaqil o'qishning mohiyati, bunda talabalar bir daqiqa ham tinchimaydi. Tinmay o'qiydi, o'rganadi, o'z ustida ishlaydi. Har bir talaba xuddi shunday tartibda bilim olishi kerak. Aks holda institut yoki universitetni tugatgan mutaxassis hozirgi zamon mutaxassisi oldiga qo'yilgan talablariga javob bera olmaydi. Hozirgi kunda respublikamizda davr talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash yaxshi yo'lga qo'yilmoqda. Bunda xorij universitetlari bilan aloqalar asosiy o'rin tutadi. Prezidentimizning quyidagi so'zlari fikrimizning yaqqol dalilidir. «Oliy o'quv yurtini isloh qilayotganda, ularning boshqa davlatlardagi oliy o'quv

yurtlari bilan aloqasini mustahkamlash zarur. O'z domlalarimiz bilan cheklanib qolmay, chetdan ham domlalar chaqirishni yo'lga qo'yishimiz kerak» 1 . Talabalarning bilimini oshirishda nafaqat chetdan domlalar chaqirish, balki domla va talabalarni xorij universitetlarida o'z malakalarini oshirishlari yaxshi samara beradi.

1

«Xalq so`zi» gazetasi 2001 yil avgust.

4.Mustaqil ish talabalarning ta'lim olishdagi asosiy jarayon sifatida. Mustaqillikka erishgan mamlakatimizda yoshlar ta'limi va tarbiyasiga nihoyatda katta e'tibor berilmoqda. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunida ta'lim respublika ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb aytilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi «Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi 343-sonli qaroriga muvofiq va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2005-yil 21-fevraldagi 34-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to'g'risda»gi nizomga asosan ishlab chiqilgan va kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi. Talabaning mustaqil ishi o'quv rejasida muayyan fanni o'zlashtirish uchun belgilangan o'quv ishlarining tarkibiy qismi bo'lib, u uslubiy va axborot resurslari jihatidan ta'minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi. O'quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi bo'yicha to'plangan reyting ballari har bir fan bo'yicha guruh reyting qaydnomasida joriy baholash, oraliq baholash, yakuniy baholash qatorida mustaqil baholash (MB) shaklida qayd etiladi. Umumiy ball hisoblanib, mustaqil ish uchun ajratilgan soatlar hajmida aniqlanadi va talabaning reyting daftarchasida hamda o'qish yakunida birituvchiga taqdim etiladigan diplom ilovasida qayd etiladi. O'qitiladigan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanishi mumkin. O'quv fanlari bo'yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishini shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi. Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan uchun tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar, variantlar ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy-usulbiy kengashida tasdiqlanadi. O'z navbatida, mustaqil ishni bajarish uchun fanlar bo'yicha talabalarga zaruriy metodik qo'llanma, ko'rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Institut rektorati tomonidan talabalarga mustaqil ishlarni o'z vaqtida bajarishi uchun kompyuter texnikasi va internet tarmog'idan samarali foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, talabalarning mustaqil ishlari kafedra yig'ilishlarida va fakultet Ilmiy kengashlarida muhokama etib boriladi hamda, institut rahbariyati tomonidan yuqori darajada baholangan mustaqil ish ma'naviy va-moddiy jihatdan rag'batlantiriladi. O'z navbatida, mustaqil ishlarni yozishda talaba turli-tuman axborot vositalaridan foydalanadi. Shu o'rinda, respublika aholisining yarmini yoshlar tashkil etishi, tariximiz, milliy an'analarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishi, yoshlarda o'zligini bilishga bo'lgan hissiyotning kuchayishi, xilma-xil axborotlarga bo'lgan ehtiyojning kuchliligi, jamiyatning, davrning tezkor rivojlanishiga munosib, hozirjavob bo'lishda kutubxona va undagi axborot vositalarining o'rni beqiyos.

Chunki, dunyoda bo'layotgan barcha voqea va hodisalar, yangiliklar, kashfiyotlar, yangi texnologiyalar avvalo, kitobda o'z aksini topadi. Kutubxonada kitobxonlarning talab va ehtiyojiga, qiziqishiga moslashgan kitob fondi jamlanib, kerakli va zarur manba hamda axborotlarni tez, oson yetkazib berish yo'llari usul va vositalari ishlab chiqilgan. Kitob ta'lim va tarbiya berishda juda katta o'rin egallaydi. Busiz haqiqiy insonni tarbiyalash mumkin emas. Talabalarga bilim beruvchi asosiy manbalardan biridir. Kitob o'qish va o'qitish jarayoni bilan uzviy bog'liq. Kutubxona mustaqil ravishda kitob tanlash va kitobdan o'ziga kerakli bilimni olish yo'llarini, o'qilgan narsalari ustida fikr yuritishni va unga tanqidiy qarashni, shu bilan birga kitoblarni tartibli ravishda o'qishni o'rgatadi. Kitob tavsiya etilganda uning badiiy qiymati, mazmuni g'oyasi, ta'sir kuchini albatta bilish lozim. Buning uchun u adabiyot, san'at, kitobshunoslik kabi fanlarning asosini o'zlashtirgan bo'lishi kerak. Kitobni shunchaki o'qish va o'qiganni so'zlab berishgagina emas, o'qilgan material kitobxonni fikrlash, chuqur his etish, uni o'rganish va baholay olishiga o'rganish zarur. Shundagina o'qilgan material kitobxonning esida qoladi, uni tarbiyalaydi, kitobni sevishga o'rgatadi, shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun ham kitobxonlarning bilimini oshirishda ular o'qiydigan kitoblarni tushunarli va ko'rgazmali bo'lishiga harakat qilinadi. Kitob tanlashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: Tanlangan kitob mavzuni to'liq yoritib berishi va alohida savollarga javob berishi, mavzu g'oyasini ochib berishi, badiiy yuksak bo'lib, kitobxonning bilim olishiga yordamlashishi, uni qiziqtirishi va unga yangiliklar haqida to'liq xabar berishi lozim. Kitobni tanlashda xilma-xil vositalardan foydalanish lozim. Adabiyotlarni tanlash manbalari katologlar, kartotekalar, maxsus bibliografik qo'llanmalarni qo'llash mumkin. Kitob kishilarning hayoti va turmushida muhim o'rin olgan. U halq madaniyatining eng muhim manbalaridan biri, yosh avlodni tarbiyalashning qudratli vositasi. Kitob jahon madaniyati xazinalaridan, fan-texnika yutuqlaridan bahramand qiladi. Kitob dunyoni bilishga eng yaqin yordamchi. Kitob bilim manbai insonni estetik-ahloqiy tarbiyalash vositasi. Mashhur kishilarning hayoti va faoliyatida kitoblarning o'rni yuksak.

5. Kitob ustida ishlash va uning bosqichlari. Kutubxona ­ bosma va ayrim qo'lyozma asarlardan ommaviy foydalanishni ta'minlovchi madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasa: muntazam ravishda bosma asarlar to'plash, saqlash, targ'ib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborotbibliografiya ishlari bilan shug'ullanish, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik ko'rsatadi. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatish kutubxonaning asosiy faoliyati bo'lib, qolgan barcha faoliyatlar asosiy faoliyat uchun xizmat qiladi. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatishning asosiy maqsadi ularni axborot va adabiyotga bo'lgan talablarini imkon boricha to'liq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam berishdan iborat. Har bir kutubxona o'z turiga ko'ra kitobxonlarni tabaqalarga bo'lib, alohida kitobxonlar guruhlariga ajratgan holda xizmat ko'rsatishni tashkil qiladi. Adabiyotlar targ'ibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar talablarini imkon qadar to'liq va tezkorlik bilan qondirishga qaratiladi. Yozuvning paydo bo'lishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qo'lyozma va keyinchalik bosma kitoblarning ko'payishi kutubxonalarning rivojlanishi va yuzaga kelishiga sharoit yaratdi. Kutubxonalar yozma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimda paydo bo'lgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda sopol bitiklari saqlangan kutubxonalar bo'lgan. Miloddan avvalgi 7 asr o'rtalarida Sharqdagi ko'p saroylarda, qadimgi Misr va Rim ibodatxonalari qoshida kutubxonalar bo'lgan. Qadimgi davrdagi kutubxonalardan eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasidir. G'arbiy Yevropada ilk o'rta asrlarda monastir va ibodatxonalar qoshida kutubxonalar tashkil etilgan. Kitob bosishning ixtiro qilinishi kutubxonalar rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Sarbonna, Geydelberg universiteti qoshida, shuningdek, Vatikan kutubxonasi, Parijdagi Qirollik kutubxonasi kabi kutubxonalar paydo bo'la boshladi. O'zbekiston hududida Miloddan avvalgi 1-ming yillikning so'nggi asrlarida dastlabki kutubxonalar paydo bo'lgan. Dastlabki kutubxonalar hukmdorlar saroylarida va ibodatxonalarda tashkil etila boshlangan. Turon halqlari Misr, Eron, Yunon va ularga qo'shni bo'lgan halqlar bilan yaqin aloqalar o'rnatgan, o'sha davrdagi mavdud qo'lyozmalar bilan ham tanish bo'lgan. O'zbekiston halqlarining qadimgi yozma yodgorliklari saqlanmagan. Beruniyning xabar berishicha, kitob xazinalari va ularni saqlovchilar turli istilolar davri (7-9 asrlar)da yo'q qilib yuborilgan. 9-10 asrlarda O'rta Osiyo fan va madaniyat rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch, va boshqa yirik shaharlar hukmdorlari saroylarida kutubxonalar mavjud bo'lganligi haqida ma'lumotlar bor. 13-asrda Samarqand, Buxoro, Farg'ona, Balx va boshqa shaharlar madaniyat markazlari, olimlar to'planadigan joy bo'lib, ularda yirik kutubxonalar bo'lgan. Hozirgi kunda zamonaviy texnika kutubxonachini qo'l mehnatidan ozod etib, uni asosiy vazifasi ­ kitobxonlar bilan madaniy tarbiyaviy ishlar olib borishga ko'proq vaqt ajratishga imkon yaratmoqda. Dunyodagi eng yirik kutubxonalar: AQShning KONGRESS kutubxonasi (Vashington); Britaniya kutubxonasi (London); Frantsiya, Avstriya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning milliy kutubxonalari, Rossiyadagi ROSSI davlat kutubxonasi (Moskva); Rossiya milliy

kutubxonasi (Sankt-Peterburg) va boshqalar. O'zbekistonda O'zbekiston milliy kutubxonasi, O'zbekiston Fanlar Akademiyasining asosiy kutubxonasi, O'zbekiston Milliy Universitetining asosiy kutubxonasi, «Turon» kutubxonasi va boshqalar. Elektron kutubxona ­ internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu kutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda, odatda ko'z oldimizda kitoblar turgan uzundan uzoq kitob javonli katta xonalar keladi. Elektron kutubxonada javonlar vazifasini jildlar, kitoblar vazifasini Internet sahifalari bajaradi. Bu kutubxona ma'lumotlari elektron ko'rinishda bo'ladi va kompyuterda joylashadi. Bu kutubxonadan foydalanish juda qulay. Bir necha yil avval bir maqolini topishga bir necha oy vaqt sarflash zarur edi. Bugun buning uchun boshqa shaharga borish va vaqt sarflash zarurati yo'qoldi. Elektron kutubxonalar yordamga keldi. Bundan xulosa chiqarishimiz mumkinki, bugungi kunda o'qish uchun qo'llanma dasturlar yetarli. Elektron kutubxona odatdagi kutubxonadan bir qancha qulayliklarga ega : · Joyning tejalishi, ya'ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joyning zarurati yo'qligi; · Nodir asar va ma'lumotlarni saqlash va ulardan foydalana olish imkoniyatining mavjudligi; · Foydalanishning qulayligi va yengilligi; · Qidiruv tizimlarining mavjudligi; · Ma'lumotlar hajmining cheklanmaganligi; · Vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya'ni undan 24 soat mobaynida foydalanishingiz mumkin; · Qo'shimcha xizmatlarning mavjudligi; · Ma'lumotning audio, video va kompyuter grafikasi yordamida sifatli va yaxshiroq aks ettirish mumkinligi. KONGRESS Kutubxonasi Kongress kutubxonasi Kapitoliy binosining sharqiy qismida joylashgan. Kutubxona byudjeti o'zining kattaligi jihatdan dunyo kutubxonalari ichida o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Kutubxonada 100 mln. nusxadagi maqola, turli mavzudagi 29 mln. kitoblar mavjud. Bundan tashqari u yerda turli haritalar, musiqa kompozitsiyalari, fotografiyalar mavjud. Kutubxonadan Amerika hayoti va madaniyati to'g'risida to'liq ma'lumot olishingiz mumkin. Ayniqsa, har bir prezident haqida, Jord Vashingtondan to Kalvin Kulidj haqida to'liq va qiziqarli ma'lumotlar mavjud. Kutubxona kollektsiyalarida Xitoy, Yaponiya, Rossiyaga oid informatsiyalar ham keragicha topiladi. Kutubxonaning birinchi navbatdagi majburiyati AQSh Kongressiga ilmiy jihatdan yordam berishdir. Lekin, u milliy kutubxona vazifasini ham bajaradi. Bosh kutubxonachini AQSh prezidenti tayinlaydi va u Senat a'zosi hisoblanadi. Kongress kutubxonasi 1800 yilda tashkil etilgan. Kutubxonaning afzalliklaridan biri, bu yerda turli toifadagi kishilar, nogironlar va ko'zi ojizlarga ham

turli imkoniyatlar mavjud. Kutubxonada kitoblar 21 alfavit, narfi bo'yicha fan tarmoqlariga ajratilgan. Masalan : A ­ umumiy masalalar B ­ Filosofiya, Sotsiologiya va diniy masalalar C dan F gacha ­ Tarix G ­ Geografiya, Antrapologiya H ­ Ijtimoiy masalalar J ­ Siyosiy masalalar K ­ Xuquq L ­ Ta'lim M - Musiqa N ­ San'at

6. Kutubxonadan foydalanish yo'llari va ahamiyati. Kutubxonaning kishi ongini shakllantirish va rivojlantirishda, kishilarning fikrlash qobiliyatlarini chuqurlashtirishda, uning komil inson bo'lib yetishishidagi tutgan o'rni juda katta. Har bir inson kim bo'lishidan, qanday sohada ish yuritishidan qat'iy nazar, kitoblardagi bilimlarga tayanadi va kutubxona fondidan foydalanadi. Kutubxona bu kitoblarning, qo'lyozmalarning qog'ozga yoki boshqa narsalarga yozib qoldirilgan ma'lumotlarning yig'indisi hisoblanadi. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kutubxonalardan ma'lumot almashish, aloqa vositalari va ta'lim sohasida keng foydalanadi. Kutubxonalardan har xil jabhalarda faoliyat yurituvchilar, ya'ni talabalar, o'qituvchilar, olimlar, tadbirkorlar va mamlakatni boshqarish apparatida mehnat qiladigan xodimlar va boshqalar foydalanadi. Ko'plab odamlar kutubxonalardan o'z ixtisosliklaridan boshqa sohalar haqida qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'lish uchun va bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish uchun va bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish uchun ishlatadi. Talabalar kutubxonalardan, asosan, gazeta-jurnallar o'qish, leksiyalarni to'liqlashtirish, mustaqil bajarish uchun berilgan vazifalarni bajarish uchun foydalanadi. Kutubxonalarning madaniy, tarixiy urf odatlarimizni, tariximiz haqidagi ma'lumotlarni saqlashda va kelajak avlodga yetkazishda tutgan o'rni katta. Masalan, bizgacha tariximizga taalluqli ko'plab kitoblar, qo'lyozmalar, yozma yodgorliklar yetib kelgan. Bebaho diniy kitoblarimiz «Avesto» va «Qur'onu Karim» bunga misol bo'la oladi. Shu bilan tengi yo'q allomalarimizning, ya'ni Al-Xorazmiyning «Aljabr «, Beruniyning «Geodeziya», «Hindiston o'tmishi» ajdodlarimizdan yodgorlik», Ibn Sinoning «Al qonun fit tib», Yusuf Xos Xojibning «Kutadg'u bilik», Muhammad Qoshg'ariyning «Devoni lug'at at turk», Alisher Navoiyning ko'plab g'azalu dostonlari bizga o'tmish bilan aloqa vositasi hisoblangan kitoblar orqali yetib keldi. Kitoblar bizga o'tmishimizni, davlatchiligimiz tarixini, mashhur tsivilizatsiyalarni o'rganishda, o'tmishda yo'l qo'yilgan xatolarni kelajakda qaytarmaslik uchun yordam beradi. Zamonaviy kutubxonalar oldingilardan nafaqat mazmuni, turlari bilan, balki undagi xizmat ko'rsatishi, kitoblar sifati bilan ham ajralib turadi. Zamonaviy kutubxonalarda kitoblar bilan bir qatorda qo'shimcha ma'lumot beruvchi materiallar ko'plab faktlarga moslangan statistik ma'lumotlar, gazeta-jurnallar, broshyuralar va kompyuterlar bor. Audio va video materiallarga har xil kompakt disklar, oddiy disklar, audio magnitofonlar, video magnitofonlar, filmlar, haritalar va rasmlar kiradi. Bular fan-texnikaning oxirgi yutuqlaridan bo'lib, ular o'quvchining yangi ma'lumot qabul qilishini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bularning hammasi talaba yoki foydalanuvchining vaqtini kam sarf qilishga olib keladi va foydalanuvchining qo'shimcha vaqti ko'proq bo'ladi. Kitoblarning paydo bo'lishi yozuvning paydo bo'lishi bilan bevosita bog'liq hisoblanadi. Yozuv bundan 6 ming yil, miloddan avvalgi 4 ming yilda o'sha davrning madaniyat o'chog'i hisoblangan Mesopatomiyada paydo bo'lgan. Keyinchalik shu yozuv asosida toshlarga, terilarga, yog'ochlarga va keyinchalik qog'ozlarga har xil

ma'lumotlarning yozilishi dastlabki kitoblarning paydo bo'lishiga olib keladi. Kitob deganda, qog'ozga yoki boshqa materiallarga yozilgan, bosmadan chiqarilgan va shularning bir tomonini mustahkamlanib ikkinchi tomonidan ochish mumkin bo'lgan narsani tushunamiz. Ko'pincha kitob tashqi himoya qobig'ida bo'ladi. Kitob ma'lumotlarni saqlash, ma'lumotni tashish uchun eng arzon va qulay vosita hisoblanadi. Bizgacha birinchi paydo bo'lgan kitob to'g'risida ma'lumotlar yetib kelmagan, lekin dastlabki kitoblar miloddan avvalgi 2700-yilda Misrda paydo bo'lgan. Misrliklar Nil daryosi bo'yida o'sadigan papirus daraxtidan xat yozish vositasi sifatida foydalanganlar. Ingliz tilida qog'oz degan ma'noni bildiradigan « page « so'zi ana shu «papirus» so'zi asosida paydo bo'lgan. Misrdan topilgan eski kitoblar asosan uzun, o'ralgan papirus daraxtidan tayyorlangan. Lekin shunday bo'lsa ham kitobni kim va qachon ixtiro qilgani fanga noma'lum, masalan, misrliklar papirus daraxtiga yozuvlar yozgan davrlarda babiloniyaliklar soz loyga har xil belgilarni qo'yib belgilab, ularni o'tda kuydirib keltirgan. Ular soz loyga davlatni boshqarish to'g'risida, tadbirkorlik to'g'risida va tarixlari haqida ma'lumotlarini yozib qoldirgan. Bundan 3 ming avval xitoyliklar yog'ochlarga va bambukka yozuv yozib ularni biriktirib bog'lab, kitob sifatida foydalanganlar. Keyinchalik, miloddan avvalgi 500 yillarda qadimiy greklar, miloddan avvalgi 300 -100 yillarda rimliklar o'ralgan qog'ozlardan (papirus) keng foydalangan va qog'ozlarning dunyo bo'ylab tarqalishiga asosiy sabablardan biri bo'ldi. Kitobchilik tarixida suv o'tkazmaydigan hayvonlar terisiga ma'lumotlarning yozilishi katta siljishlarga olib keldi. Rimliklar 300 ­ yillarga kelib uzun papirus qog'ozlarni kesib ularni sahifalarga ajratib biriktiradilar. Keyin uning bir tomonini tikib tashqaridan teri bilan qoplaganlar va biz hozirgi kunlarda qo'llanadigan kitoblarimizga o'xshagan kitoblar qo'llana boshladi. Ushbu kitoblar oldingilardan qulayroq, sababi bu kitoblarning xohlagan varaqlarini ochish va har bir sahifaning ikki tomonigayam yozish mumkin. O'rta asrlarga kelib, cherkovlar Yevropada asosiy ta'lim markazlariga aylandi. Avliyolar va monarxlar cherkovda ishlash bilan birga yozish va kitob yasash, yozganlarini kitob shakliga keltirishni ham o'rgandi. O'tgan davrlarda kitoblarning katta qismini, kitob yozishning mutaxassisi hisoblangan hattotlar yozgan. Bu davrda Yevropada dinning jamiyatda tutgan o'rni katta bo'lgan. Shu sababli, hattotlar ko'pincha diniy kitoblar, ya'ni «Bibliya» bilan aloqador bo'lgan kitoblarni yozganlar va din asosida ijod qilganlar. Diniy kitoblar bilan bir qatorda hattotlar Grek va Rim faylasuflarining asarlarini ham qaytadan kitob qilib tiklaganlar. Bu kitoblarga ko'plab rangli suratlar va voqealarning tasvirlari chizilgan. Bu kitoblar orasida oltin bezaklar bilan bezalgan rasmlar ham mavjud. 7-asrning oxiriga kelib, o'qishni osonlashtirish uchun punktuatsiya belgilari va bosh harflaridan foydalanila boshlandi va har bir so'zdan keyin belgili masofa tashlab keyin ikkinchi so'zni yoza boshladilar. 13 asrga kelib hozirgi kunda qo'llanilgan qog'ozlarning dastlabki shakli paydo bo'lgan. Qog'ozlar terilardek mustahkam bo'lmasa ham, ular terilarga nisbatan ancha arzon bo'lgan. Kitoblar uchun qog'oz ishlab chiqarish g'oyasi dastlab xitoyliklardan

1105-yilda chiqqan. 14 asrga kelib adabiyot fanining rivojlanishi natijasida kitoblarga bo'lgan talab ancha kuchaydi. Insonlar kitob chiqarishning oson, arzon va tez yo'lini qidira boshladilar. Bosmaxonadan chiqqan kitoblar tarixi 868-yildan boshlanadi. Bu yil xitoyliklar «Butra almozi» deb nomlangan. Bunday kitoblarni tayyorlash uchun dastlab tekstlar yog'ochga o'yib yozilgan va yog'ochga siyoh surilib uni kog'ozga bosib chiqargan. Bu usul Yevropada 1300 yillarga kelib tarqala boshladi. 1500 yillarga kelib deyarli barcha Yevropa mamlakatlarida bosmaxonalar mavjud bo'lgan. Bu borada nemis millati biroz oldinda yurishgan. 1465-yili nemits fuqorosi Italiyada birinchi bosmaxonani ochdi. Italiyaning shimoliy markazi hisoblangan Venetsiya kitob bosib chiqarish va uni sotish bilan dunyoga mashhur bo'lib ketdi. 1470-yilga kelib Frantsiyalik muharrir Nikolats Jenson eng zo'r kitob dizayneri degan nom bilan mashxur bo'ldi. «Edlain press» 17-18 asrlarga kelib Yevropada o'qishni va yozishni biladigan odamlar soni ko'paya boshladi va kichkina va arzon kitoblar ko'p sonda bosilib chiqarila boshlandi. AQSh da birinchi bosmaxona 1539-yil Mexiko Siti shaharida ochildi. 1763 yilga kelib, Amerikadagi barcha 13 kaloniyada bosmaxona mavjud bo'ldi. 1800yillarga kelib, bosmaxonalarda yangi ixtirolar kashf etila boshladilar. Mexanik mashinalar kashf etildi, bug'ga asoslangan bosmaxona, qog'oz ishlab chiqarish rivojlandi va kitoblarni to'plash mashinalari kashf etildi. Bu davrda sirtqi qobig'i qog'ozdan bo'lgan arzon kitoblar soni oshib bordi. 1935-yilga kelib, hozirgi kundagi eng mashhur kitoblardan hisoblangan «cho'ntak kitobi»ni Amerikalik redaktorlar bosib chiqardi. 1900-yillarga, kelib, kitob chiqarish «mexanizatsiyalashgan sanoat»ga aylangan desak xato qilmaymiz. Hozirgi kunda kitoblarning deyarli barchasini kompyuterlar orqali chiqarildi. Kitoblar «litograf» deb ataladigan rangli foto bosma toboqlarda bosilib chiqariladi. Yangi zamonaviy texnikalar orqali biz rangli, chiroyli, arzon va dizaynlashtirilgan kitobni faqatgina bir amalni bajarish natijasida chiqarishimiz mumkin. Yangi ixtirolardan yana biri bu gapiradigan kitoblardir, bu kitoblar ko'r kishilarga, ko'zi ojizlarga juda qo'l kelmoqda. Demak, xulosa qilib aytadigan bo'lsak, kutubxona insoniyat yaratgan ezgu ishlardan eng oliysi. Biz vatanimizdagi har bir kutubxonani o'z uyimizdek asrashimiz kerak.

5-mavzu. TALABALARNING O'QUV ILMIY-TADQIQOT IShLARI VA ULARNI TAShKIL QILISh.

1. Ilmiy-tadqiqot ishlari va ularni turlari. «Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va farog'atga hech bir zahmatsiz yetkazadi». Abu Lays As-Samarqandiy Biz ilm haqida fikr yuritar ekanmiz, bobomiz As-Samarqandiyning aytganlaridek, ilm ­ bu bir yorug'lik, unda faqat rohat va farog'at borligi ma'lum bo'ladi. Ilmni qanchalik chuqur o'rganish orqali shunchalik ma'naviyatli, ma'rifatli bo'lib boramiz. Ilm ­ bu insonni ezgulikka eltuvchi kuchdir. Har bir inson ilmli bo'lishga intiladi va o'z oldiga maqsadlar qo'yib yashaydi. Maqsadli insondan bir nimalar kutish mumkin, chunki unda maqsad bor, unga etishish uchun ham intiladi, izlanadi va shu qatori ilmga erishadi. Hozirgi kunda yoshlarni ilm olishiga va maqsad bilan yashashiga, intilishiga ko'p yo'llar ochilgan. Ayniqsa, talabalarga ko'pgina imkoniyatlar berilgan. Dunyo fanlarini o'zlashtirish uchun turli xil kutubxonalar tashkil etilgan. Talabalarning o'z ustida ishlashlari uchun bu eng qulay imkoniyat hisoblanadi. Bu o'z navbatida mustaqil o'qish tizimini kuchaytirishga olib keladi. Bilamizki, mustaqil o'qish tizimi har tomonlama foydali hisoblanadi, chunki talaba bu uchun o'zi ko'p izlanishiga, ko'proq topib o'qishiga to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo'ydi va qator chora-tadbirlar ko'rishni: « Ta'lim to'g'risida»gi Qonunni joriy etishni; yangi o'quv rejalari, dasturlari, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni; o'quv yurtlarini attestatsiyadan o'tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. Shuni tan olish kerakki, o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan tadbirlar bugun hayot talab qilayotgan natijalarni berayotgani yo'q. Barcha amaldagi o'zgarishlar va tadbirlar asosan yuzaki bo'lib, ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bergan emas. Bizning amaldagi ta'lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko'p joylarda yaqqol ko'rinmoqda. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta'lim va bilim berish tizimi, hayotimizda, jamiyatimizda bo'layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan bog'lanmaganligi har tomonlama sezilmoqda. Avvalo, jamiyatning har bir sohasi kabi ta'limda ham islohotlar amalga oshirildi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng birinchi yilida Mustaqil O'zbekistonimizning «Ta'lim to'g'risida»gi birinchi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun avvalo, O'zbekiston ta'limida ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qildi. Bu qonun o'sha davr uchun juda zarur edi. Axir jamiyat qonunsiz yashasa, vujudga keladigan bo'shliqni bir tasavvur qiling. Ayniqsa, ta'lim

sohasida bunday hol juda salbiy oqibatlarga olib kelishi tajribalarda ko'p sinalgan. Mazkur qonunning yana bir xususiyati shunda ediki, u eski tuzum sarqitlarini ko'rsatib berishga xizmat qildi. Demak, to'plangan ijobiy jihatlarni saqlab qolgan, illatlarni anglab olishimizga xizmat qilgan, aniqrog'i eski tizimdan yangisiga o'tishga ko'prik vazifasini o'tagan qonunning ahamiyati ulkandir. Shu bilan birga 1992 yilda qabul qilingan « Ta'lim to'g'risida» gi qonun yaratgan imkoniyatlar sabab ta'lim tizimiga qator yangiliklar kirib keldi. Ularning asosiylarini qisqacha izohlab o'tsak arziydi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlariga adolat mezoni hisoblangan test tizimi joriy etildi. Buning oqibatida eski tizimdan sarqit bo'lib qolayotgan tanish-bilishchilik, poraxo'rlikka, qisqasi adolatsizlikka barham berildi. Bundan tashqari, bundan so'ng har bir maktab, kollej, akademik litsey va oliygohlarda o'quvchilarning va talabalarning bilimlari balli sistemada baholanishi ta'kidlandi. Buning oqibatida, eski tuzumdan sarqit bo'lib qolayotgan adolatsizliklarga barham berildi. Balli baholashga nisbatan, aniqrog'i davlat olib borayotgan siyosatga nisbatan halqning ishonchi ortdi. Bu ishning boshida ham davlatimizning rahbari bosh bo'lib turdi. Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o'zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, O'quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi yetarli emasligi yuqori malakali pedagog kadrlarning etishmasligi, sifatli o'quvuslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida puxta o'zaro hamkorlik va o'zaro foydali integratsiyaning yo'qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. Ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim- tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir. Referat, mustaqil ish kabilarni yozish uchun ko'proq o'qib o'rganishga to'g'ri keladi. Bular haqiqiy mutaxassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiytadqiqot ishlari mutaxassislar yetishtirishda yetakchi o'rinda turadi. Yetuk mutaxassis bo'lib yetishishni oldiga maqsad qilib qo'ygan har bir kishi mustaqil o'qishi, o'rganishi, o'z sohasini mukammal tushunib etishi lozim. Lekin faqat bu bilan chegaralanib qolmasdan, shu o'rganganlarini tatbiq qilgan holda, ilmiy ishlar bilan ham shug'ullanishi kerak. Talabalar qiladigan ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari bir necha turlari bo'lib, ularga referat, mustaqil ish va kurs ishlari kiradi. Referatning tarkibiy tuzilishi: reja, adabiyotlar ro'yxati va albatta, shu mavzu yoritilgan bo'lishi kerak. Referatda kitobdan o'qib foydalanish kerak, ammo ko'chirmasdan, mustaqil fikrlar yozilishi kerak bo'ladi. Referat hamma fandan yozilishi mumkin. Ularning soni har bir fanning ishchi o'quv dasturida berilgan bo'ladi. Mustaqil ishga keladigan bo'lsak, darsda ma'lum bir mavzularni mustaqil o'zlashtirish uchun yoziladigan ish hisoblanadi. Unda reja, adabiyotlar ro'yxati va mavzu yoritilgan bo'lishi lozim.Talaba mustaqil fikrlarni bildirib, o'zidan yangilik kiritib yozishi zarur. Mustaqil ish orqali talabaning shu mavzuni qanday

o'zlashtirganligi va qanchalik mustaqil izlanganligini bilib olishimiz mumkin. Talabalar ishni yozish bilan o'z bilimini oshirib boradilar va shu fanni yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bu mustaqil ta'limning bir ko'rinishi hisoblanadi. Bunday mustaqil o'qishlar orqali biz millatimiz ravnaqiga, rivojlanishiga hissa qo'shgan farzandlar qatorida bo'lamiz. Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o'rni, mavqei va shuhrati bevosita o'z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog'liqdir. Aqliy barkamollikka erishish bu, albatta, yaxshi o'qishdir.

2. Ilmiy ish, uning mazmuni, maqsadi va vazifalari. Ilmiy ishlarni bajarish tartibi. Ilmiy ma'ruza. Ilmiy amaliy konferentsiyaning o'quv jarayonida tutgan o'rni. Ilmiy-tadqiqot ishining turlaridan yana biri kurs ishi hisoblanib, u o'z mutaxassislik fanidan yoziladi. Kurs ishini yozish tartibi bo'lib, oldin kurs ishi mavzusi bo'yicha berilgan adabiyotlar bilan tanishib chiqiladi va ulardan yoziladigan tsitatalar belgilab chiqiladi, shular asosida ma'lumotlar to'planib boriladi. Keyin shularga asoslanib reja tuziladi. Reja 3 qismdan iborat: kirish, asosiy qism va xulosa. Kirishda mavzu nima maqsadda yozilayotganligi, nima uchun aynan shu mavzu tanlangani haqida bayon etilishi lozim. Keyin asosiy qismga o'tilib, unda mavzuga tegishli asosiy fikrlar bayon qilinadi. Mavzu ma'lum rejalar asosida, har bir reja alohida yoritiladi. Har bir reja yoritilishiga alohida e'tibor beriladi. Keyin xulosa qismiga o'tilib, unda talaba o'z fikrini to'liq bayon etishi kerak bo'ladi. Talabaning albatta xulosalovchi fikri bo'lishi talab etiladi. Birinchi kursda talabalar shu kabi ilmiy-tadqiqot ishlarini yozadilar. Bu bilan talabalar o'z bilimini oshiradilar. Ilmiy-amaliy konferentsiyalarning o'tkazilishi talabalarning, umuman, ta'lim oluvchining hayotida juda katta rol o'ynaydi. Ilmiy-amaliy konferentsiyalar talabalarning o'z ustida ko'proq ishlashga, izlanishga undaydi. Avvalo talabalarning olgan bilimi har xil yig'ilishlarda, konferentsiyalarda mustahkamlanadi. Talabalarning o'zlari biror mavzu yuzasidan ilmiy ish yoki ma'ruza qilishi talabaning shu mavzu bo'yicha ko'pgina ma'lumotga ega bo'lishiga turtki bo'ladi. Oliy ta'lim olish tizimining zaif tomonlaridan biri oliy o'quv yurtlarida tayyorlanayotgan talabalarni oldindan aniqlangan fan va texnika: iqtisodiyot, ishlab chiqarish va boshqa sohalarning ehtiyojiga, bir so'z bilan aytganda, talablariga qarab tashkil qilinmaganidir. O'quv yurtlarini bitirib, ta'lim-tarbiya olib chiqayotgan yoshlarimizning olgan mutaxassisligi va tayyorgarligi ko'p jihatdan zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti ehtiyojiga javob bermasligi ko'zga tashlanmoqda. Ta'lim sohasida halqaro me'yorlar va andozalar asosida davlat standartlarini mukammal ishlab chiqolmaganligi, shunga qarab, o'quv yurtlarini zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta'minlab, kerakli moddiy baza yaratilmaganligi avvalambor, o'quv dasturlari eskicha qolib ketayotgani bugun tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shuning uchun ham oliy o'quv yurtlari islohotini amalga oshirayotganda mana shu holatdan chiqayotgan ba'zi nuqsonlarga alohida e'tibor berishimiz zarur. Birinchidan, oliy o'quv yurtini bitirayotganlar qanday talablarga javob berishini aniqlab olishimiz kerak. Ikkinchidan, bilimga chanqoq, bilim olishni o'zining oliy maqsadi qilib qo'ygan iste'dodli talabalarni topish, tanlash va qabul qilishda ob'ektiv, adolatli tizim va tartib o'rnatish, ularning yetarli ma'lumot olishi uchun barcha zamonaviy imkoniyatlarni yaratib berishimiz kerak. Uchinchidan, oliy o'quv yurtlarida qanday va necha xil mutaxassislik bo'yicha ta'lim berilishi lozimligini belgilab olishimiz kerak. Oliy o'quv yurtini isloh qilayotganda ularning boshqa davlatlardagi oliy o'quv yurtlari bilan aloqasini

mustahkamlash zarur. O'z ustozlarimiz bilan cheklanib qolmay, chetdan ham ustozlar chaqirishni yo'lga qo'yishimiz kerak. Yurtimiz yigit-qizlari tahsilning oxirgi yillarini taraqqiy topgan davlatlarning o'quv markazlariga borib o'qishlarini tashkil qilishimiz maqsadga muvofiq ish bo'lardi. Bunga hech qanday mafkura aralashmasligi kerak. Eng muhim masalalardan biri shuki, domlalarning saviyasi va bilimini oshirishga shart-sharoit tug'dirib berishimiz kerak. Domlalar, professorlar, kafedra mudirlari o'z ustida ishlamasalar, o'z sohasi bo'yicha chet mamlakatlarga ilmiy safarlarga borib kelmasalar, tajriba almashmasalar, albatta, bunday ahvol o'quv jarayoniga va uning samarasiga salbiy ta'sir qiladi. Hammamizga ma'lumki, hayotimizning barcha sohalarida islohotlarni o'tkazish, o'zbek modeli deb nom olgan islohotlar siyosatining asoslari bo'lishi besh tamoyilning birida islohotlarni bosqichma-bosqich o'tkazish vazifasi qo'yilgan. Taraqqiyotning o'zbek modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodni siyosatdan ustunligi, o'ziga xos ichki qonunlariga muvofiq rivojlanishi. 2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o'zgarishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo'ysunishi. 4. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o'tish, ya'ni islohotlarni inkilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.

3. Talabalarning uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish. Fanlar bo'yicha ilmiy to'garaklarni tashkil etish. O'n to'rt yillik mustaqil hayotimiz bu muhim tamoyillarni bizning sharoitimizda naqadar to'g'ri ekanligini tasdiqladi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya sohasida ham belgilanayotgan islohotlarni hayotga tatbiq qilishda mana shu printsip ­ islohotlarni bosqichma-bosqich o'tkazish printsipi qo'yilgan. Birinchi bosqich ­ o'tish davri bo'lib, u 1997-2001 yillarda, ya'ni to'rt yil davomida joriy etiladi. Bunda kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun huquqiy-me'yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shartsharoitlar yaratish lozim. Bu bosqichda, asosan, quyidagi vazifalarni bajarish lozim. Milliy dasturni amalga oshirishning boshlanishi: yangi talablarga javob bera oladigan pedagog kadrlarni tayyorlash; O'quv standartlarini yaratish va yangi dasturlar ustida ishlash; umumta'lim maktablarini tuzilish jihatidan qayta qurish; uch yillik ta'lim ­ o'rta maxsus va kasb-hunar bilim yurtlari tizimiga zamin tayyorlash; uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimiga asos solinadigan tadbirlarni amalga oshirish; ijtimoiy himoyani kafolatlash kabi masalalarni echish bosqichi. Ikkinchi bosqich ­ 2001-2005 yillarni o'z ichiga oladi. Bunda milliy dasturni keng miqyosda to'liq amalga oshirishga erishish darkor. Tabiiyki, tizim faoliyatining samaradorligini; mehnat bozorini inobatga olib, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, dastur g'oyalari va qoidalariga tegishli o'zgartirishlar kiritiladi. Uchinchi bosqich ­ 2005 yil va keyingi yillarga mo'ljallangan bo'lib, unda to'plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida o'zgaruvchan ijtimoiyiqtisodiy shart-sharoitlarni e'tiborga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish zarur. Umumlashtirilgan holda kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko'rsatishining asosiy tamoyillari quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi: · barcha xil va turdagi ta'lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun uzluksiz ta'lim fondi ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish; · davlat ta'lim standartlarini joriy etish va ularning faoliyat ko'rsatish mexanizmini ishlab chiqish; · ixtisosliklar, malaka darajasiga ko'ra mutaxassislarga bo'lgan umumdavlat va mintaqaviy ishlovlarning istiqbolini aniqlash; · ta'lim tizimini tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o'qituvchilarni va murabbiylarni qayta tayyorlash; · davlat va ijtimoiy muassasalarning kasbga yo'naltirish bo'yicha faoliyatini takomillashtirish. Bunda kasb tanlashning bozor ehtiyojlari va imkoniyatlarini e'tiborga olish zarur, toki har bir shaxs o'zgarmas kasbni egallay olsin; · o'quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ahloq, ma'naviyat va ma'rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash; · ta'lim muassasalarining, birinchi navbatda umumta'lim maktablarini davlat tomonidan moliyaviy va moddiy-texnikaviy to'liq ta'minlash me'yorlarini oshirish va uning mexanizmini takomillashtirish;

· kadrlar tayyorlash tizimi iste'molchilari­korxonalar, muassasalar, firmalar, hissadorlik jamiyatlari, banklar va boshqa tuzilmalarning imkoniyatlaridan, birinchi navbatda, o'rta maxsus kasb-hunar o'quv yurtlari va oliy o'quv yurtlarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash uchun mumkin qadar kengroq foydalanish; · kadrlar tayyorlash va ta'lim sohasiga chet el sarmoyalari, halqaro donorlik tashkilotlari va jamg'armalarining mablag'larini jalb etish; · qonun doirasida o'quv rejalari, dasturlari va o'qitish yo'riqlari, ta'limiy xizmatlarni belgilashda ta'lim muassasalariga, birinchi navbatda, oliy o'quv yurtlariga mustaqillik berish va o'zini o'zi boshqarish usullarini joriy etish. Tabiiyki, bunday murakkab vazifalarni amalga oshirishda davlat va jamiyatning mas'uliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, ilmiy-amaliy konferentsiyalarning o'tkazilishi kadrlarning intellektual salohiyatini, fikrlarini, aqlini charxlaydi. Toshkent Moliya instituti kafedralari tomonidan ayniqsa, mutaxassislik kafedralarida fan yo'nalishlari bo'yicha ilmiy to'garaklar tashkil etilgan va har bir o'z ustida ishlovchi talabalar bu to'garaklarga a'zo bo'lishlari mumkin. To'garaklarda tashkil etilgan ish faoliyatlari orqali talabalar o'zlari uchun qiziqarli bo'lgan mavzularni o'rganishlari hamda mustaqil ilmiy ish bilan shug'ullannishlari mumkin. Ushbu to'garaklar talabalarga yangi ma'lumotlar beradi va mutaxassislarni ko'proq izlanishlarga undaydi.

4. Kurs, malakaviy bitiruv ishlari va hisobotlarni yozish tartibi to'g'risida tushuncha. Talabalarning o'quv ilmiy tadqiqot ishlaridan biri kurs ishidir.Talaba institutda tegishli yo'nalish bo'yicha olgan nazariy bilimlarini amaliy materiallar asosida umumlashtirib, xulosa va takliflarni asosli holda ishlab chiqishi, kusr ishini zamon talabiga mos ravishda bajarishi kerak. Kurs ishi talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, amaliy ma'lumotlarni o'rganish, tahlil etish hamda umumlashtirish asosida bajariluvchi mustaqil tadqiqot ishidir. Shuni unutmaslik kerakki, zamon talabiga muvofiq keladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda kurs ishi muhim ahamiyat kasb etadi. Kurs ishini bajarishdan asosiy maqsad: · yo'nalashi bo'yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash; · talabada mustaqil va ijodiy faoliyat ko'nikmalarini rivojlantirish; · talabalarga amaldagi qonunchilik hujjatlari, adabiyotlar, davriy nashrlar, ma'lumotnomalar va boshqa manbalardan foydalanishni o'rganish; · talabalarda himoyaga tavsiya etiluvchi kurs ishini rasmiylashtirish va to'g'ri tuzish ko'nikmalarini hosil qilish. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, kurs ishining muvaffaqiyatli bajarilishi, ko'p jihatdan, mavzuning to'g'ri tanlanishiga bog'liq. Talaba o'z ilmiy va amaliy qiziqishlariga tayangan holda ro'yxatda keltirilgan kurs ishi mavzusini mustaqil tanlaydi. Talabalar tanlagan mavzuga tegishli qonun hujjatlari, Oliy Majlis qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tanishib chiqadi. So'ngra ular kurs ishi mavzusi rejasining bir nechta ko'rinishlarini ishlab chiqadilar va ko'rib chiqish uchun uni ilmiy rahbarga taqdim etadilar. Kurs ishi tarkibiga ko'ra, uning mazmuni odatda kirish, 2-3 ta asosiy bo'limlar va xulosadan tarkib topadi. Kurs ishi mavzusi tanlangandan to u butunlay bajarilguncha talaba ilmiy rahbar bilan doimiy aloqada bo'lishi tavsiya etiladi. Kurs ishining umumiy hajmi 24-35 bet atrofida bo'lishi lozim. Muqovadan keyingi varaqda kurs ishi mavzusi va reja bo'ladi. Kurs ishi varaqning bir tomoniga yoziladi. Kurs ishi A-4 formatdagi qog'ozga ravon, tushunarli, mantiqiy ketma-ketlikda va fikrlarning izchilligiga e'tibor qilgan holda bajariladi. Talaba kurs ishini bajarish davomida matnni o'chirib yozmasligi hamda grammatik xatolarga yo'l qo'ymasligi lozim. Kurs ishining kirish qismi 2-3 varaq atrofida bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Unda tanlangan mavzuning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida qanchalik dolzarb ekanligi va amaliy ahamiyati asoslanadi. Kurs ishi mazmunini bayon etish tartibi ilmiy til tartibi talablariga javob berishi, uzviyligi, mantiqiyligi hamda aniq tuzilishi bilan ajralib turishi lozim. Kurs ishida bevosita amaliyot mateiallari bo'lishi hamda batafsil bo'lishi kerak. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashi bilanoq, rejani tuzishdan oldin, mavzuga oid manbalarni ­ ilmiy-iqtisodiy adabiyotlar, qonunchilik hujjatlari va boshqalarni izlab topishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlarning ro'yxati kurs ishining mantiqiy tugashini ta'minlaydi. Bitiruv-malakaviy ishi ham talabalarnng mustaqil ilmiy tadqiqot ishlaridan

biridir. Bitiruv-malakaviy ishini bajarish quyidagi maqsadlarga erishishga yo'naltirilgandir: talabalarda mustaqil ilmiy-tadqiqot ishini bajarish ko'nikmalarini hosil qilish; sohani amaliy ma'lumotlar asosida chuqur tahlil qilish va mavjud muammolarni aniqlab, uni yechish yo'llarini ko'rsatish; nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirish asosida tegishli xulosalar qilish hamda takliflar ishlab chiqish; ilmiy-iqtisodiy adabiyotlar bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirish; masalani iqtisodiy yondoshgan holda hal qilish ko'nikmasini shakllantirish; Bitiruv-malakaviy ishini yuksak ilmiy-nazariy saviyada tayyorlanishi va himoya etilishi, institutda ta'lim berish jarayonlari halqaro standartlarga muvofiq tashkil etilganligini ko'rsatadi. Professor-o'qituvchilar har yil o'quv yili boshlanishi bilan eng dolzarb masalalarni o'z ichiga olgan bitiruv-malakaviy ishi mavzularini ishlab chiqadilar. Bitiruv-malakaviy ishining hajmi o'rtacha 80-90 bet atrofida bo'lishi lozim. Ishning kirish qismi 4-5 bet hajmda bo'lib, unda talaba tanlagan mavzusining iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va yanada chuqurlashtirish sharoitida nechog'li dolzarb ekanligini asoslaydi. Shuningdek, bu qismda ilmiy-tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari ham o'z aksini topadi. Agar amaliy material ilmiy adabiyot, jurnal yoki gazetadan olingan bo'lsa, u holda talaba, manbaning nomi va muallifi, manbaning qachon chiqqanligi va material olingan betni ko'rsatadi. Bitiruv-malakaviy ishining matni sof adabiy tilda ravon bayon qilinishi lozim. Shuningdek, fikrlar va jumlalar mantiqan o'zaro bog'liq va aniq ifodalanishi kerak. Talaba bitiruv-malakaviy ishida foydalanish uchun amaliy materiallarni, asosan, o'zi ishlab chiqarish amaliyotini o'tayotgan tashkilotdan oladi. Bitiruv-malakaviy ishi A-4 formatda qo'lda yozilishi yoki kompyuterda terilishi mumkin. Talaba bitiruv-malakaviy ishini yozishda adabiyotlardan, internet saytlaridan, banklar va Vazirliklar ma'lumotlaridan foydalanishi lozim. Adabiyotlarni o'rganishda asosiy e'tiborni bevosita malakaviy ish muammosi bilan bog'liq bo'lgan bo'lim, bob, bandlarga qaratish muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, talabalarning yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlarida bunday ishlarning ahamiyati katta.

6-mavzu «REYTING TIZIMINI TAShKIL QILISh VA YaKUNIY DAVLAT ATTESTATsIYaLARINI TOPShIRISh TARTIBI». 1. Reyting tizimi va uning o'quv jarayonida tutgan o'rni. Reyting tizimi haqida fikr bildirar ekanmiz, bu tizim «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» tomonidan 1997 yildan boshlab amalda qo'llashga kirishilgan. Bizga ma'lumki, reyting tizimidan oldin bizda baho sistemasiga asoslangan ta'lim jarayoni o'rnatilgan edi. Bu sistemaning o'ziga xos kamchiliklari bor edi, chunki baho tizimiga asoslangan o'qitish dasturida o'quvchilar unchalik ko'p izlanishmas edi, chunki muallim dars jarayonida boladan bir, ikki, oshib borsa to'rt yoki besh marotaba so'rashi mumkin edi. Bu holda muallim ham bolalardan unchalik ko'p so'rashga tirishmas edi, o'zidan-o'zi ma'lumki ikkita, uchta so'rash bilan o'quvchiga bahoni shu natijalarga asoslanib qo'yib qo'ya qolar edi. O'z yo'lida o'quvchi ham uncha ko'p izlanmas, baho oldim deb keyingi darslarga tayyorlanmay kelishi mumkin edi. Bu esa, har taraflama reyting tizimiga nisbatan qoloq tizim edi. Reyting tizimi, O'zbekistonda qo'llanishidan oldin chet el mamlakatlarida qo'llanilagan, yetarlicha tajribadan o'tkazilgan. U barcha institut, universitet, maktab, kollej va boshqa ta'lim muassasalarida qo'llanilgan va o'ziga xos ijobiy natijalarga erishilgan. O'zbekistonda ham bu ta'lim muassasalaridan o'rnak olingan holda ta'lim sistemasiga kiritildi. Reyting sistemasining baho sistemasiga nisbatan o'ziga xos ijobiy omillari mavjud: 1. Ta'lim sistemasi tomonidan belgilangan ball joriy qilingan va muallim bu balni yig'ish uchun o'quvchilardan ko'proq so'raydi. 2. O'quvchi ham o'z navbatida belgilangan ballni hammasini yig'ish uchun har darsda tayyor bo'lishga intiladi va o'zidan domlani ko'proq so'rashga undaydi. 3. Baho sistemasida tarkibiy uch, to'rt, besh deb tarkibiy baho qo'yilsa, reyting sistemasida minimal yoki maksimal uch, to'rt, beshlar kiritilgan ya'ni 56, 6 dan 72, 0 gacha 3; 72, 1 dan 86, 0 gacha 4 va 86, 1 dan 100, 0 gacha 5 baho kiritilgan. Xullas, reyting tizimining ana shunday o'ziga xos ijobiy xususiyatlari bor. Bundan tashqari dars jarayonida ham ma'lum ball belgilanadi va o'qituvchi o'quvchidan javob berganiga qarab, belgilangan balni ma'lum foizga ajratib qo'yadi, ya'ni to'rt yoki besh baho qo'yilsa, u minimal yoki maksimal bo'lishi mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, davlatimiz tomonidan amalga kiritilgan bu tizim nafaqat o'quvchini o'qishga undashga, fanimizni chuqur o'zlashtirishga, balli baholash tizimida o'ziga xos adolatlilik aks etishiga yo'l ochib beradi. Shu o'rinda, shuni takidlash lozimki, iqtisodiyot institutlarida va boshqa ko'p institutlarda matematika umum ta'lim kursi sifatida o'tiladi. Boshqacha aytganda matematikadan boshqa iqtisodiyot fanlarini o'tishda «kalit» sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari, matematika fani talabalarning mantiqiy fikr yuritish qobiliyatini oshiradi, mustaqil ravishda adabiyotdan foydalanishga, o'z vaqtini rejali ravishda

omilkorlik bilan sarf qilishga o'rgatadi. Matematika fani shunday fanki, uni sistemali ravishda o'qib, o'rganib borish kerak. Har bir o'qitiladigan mavzu oldingi va keyingi o'qitiladigan mavzular bilan uzviy bog'liq bo'lganligi uchun ularning har birining o'z vaqtida o'zlashtirib borish kerak. Shu sababli «Ta'lim to'g'risida» gi qonunga asosan institutlarda joriy qilingan talabalarning bilimini baholash reyting tizimi asosida amalga oshira boshlaganligi ayniqsa, matematika fanini o'tilgan har bir mavzuni o'qitish va o'rgatishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Reyting tizimi o'tilgan har bir mavzu talabalar tomonidan qanday o'zlashtirilganligini baholash imkonini beradi. Darslarni o'zlashtirish jarayoni uzluksiz ravishda baholab borish talabalarning kundalik darslarini o'zlashtirib borishga, konspekt kitob ustida har kuni ishlab borishga undaydi, natijada, uning bilimi uzluksiz ravishda olib boradi. Har oyda bir marta amalga oshiriladigan joriy baholash talabalarning kundalik bilimini, ularning auditoriyadagi mustaqil ishini va uy vazifalarining bajarilishi darajasini baholasa, har yarim yilda ikki marta o'tkaziladigan oraliq baholash ma'lum bir mavzu yoki fanning qismi bo'yicha talabaning nazariy bilimini baholaydi. Oraliq baholash test yordamida, kollokvium yoki «tayanch» so'z va iboralar bo'yicha yozma ish shaklida o'tkaziladi. Joriy va oraliq baholashlarda to'plagan asosiy reyting baliga qarab hamda talabalar bilimini reyting asosida baholash uchun o'tkaziladigan maxsus mezon va saralash intervallari asosida talabalar bilimi baholanadi, masalan: 72 soatga mo'ljallangan «Oliy matematika», «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» va «Matematik programmalash» kurslarida joriy va oraliq baholashlarga 50 ball, yakuniy baholashga esa 22 ball ajratilgan. Yakuniy baholash fan bo'yicha tuzilgan tayanch so'z va iboralarga asoslangan yozma ish ko'rinishda o'tkaziladi hamda kafedra tomonidan tasdiqlanga maxsus mezon asosida baholanadi. Toshkent Moliya institutida 5 yil davomida talabalar bilimi reyting tizimi asosida nazorat qilinmoqda. Reyting 3 bosqichda ­ joriy ­ oraliq ­ yakuniy nazorat ko'rinishida amalga oshirilib, ijobiy natijalarga olib kelmoqda. Jumladan, matematika fanidan talabalarning bilimini oshirishda, ularni matematika faniga bo'lgan qiziqishini oshirishda katta rol o'ynamoqda. Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida jamiyatimiz hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va ta'lim sohalarida erkinlashtirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berilgan. Unda o'tayotgan har bir kun, tinim bilmas vaqt bizni XXI asrga tobora yaqinlashtirayotgani, shu munosabat bilan «Biz kelgusi asrga o'zimiz bilan nimalarni olib o'tishimiz mumkin va zarur? Yangi ming yillikda qanday muammolarni yechimi bizning diqqat e'tiborimiz markazida turmog'i lozim» degan savollarga javob izlashga to'g'ri kelayotganini ta'kidlab o'tilgan. Prezidentimiz tomonidan bayon qilingan islohotlarni chuqurlashtirish, XXI asr bo'sag'asida jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish dasturi va ustivorliklari undan kelib chiqadigan vazifalar aniq belgilab berilgan bo'lib mamlakatimiz istiqboli yoki avlodning qanday tarbiya topishiga, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo'lib voyaga etishiga, ma'naviy-ahloqiy jihatdan yuksak, yetuk

bilimiga ega, jismonan sog'lom bo'lishlari uchun qayg'urish va kurashishni asosiy vazifa qilib qo'ymoqdalar. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish hamda kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilgari surilgan nazariy va amaliy g'oyalarini atroflicha chuqur o'rganish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillatirish va samarali oshirish ularni hayotga tatbiq etishda oliy ta'lim sohasi vakillarining faol ishtirok etishi muhim va dolzarb vazifadir. Xulosa qilib, shuni ta'kidlash mumkinki, yuqorida aytilgan fikr-mulohazalar asosida talaba-yoshlarning ilm olishlari, o'z mutaxassisliklari bo'yicha bilimlarini yanada oshirishlari, mustaqil ilmiy mulohazalarni tashkil etishlari uchun har bir kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan ilmiy to'garaklar ishini jonlashtirish zarurdir.

2. Joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat o'tkazish tartibi. Oliy ta'lim muassalarida talabalar bilimining nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risida namunaviy nizom O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazarligini 1999 yil 8 iyun 194 sonli buyrug'i tasdiqlangan. Ushbu Nizom O'zbekiton Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Qonunlari hamda Respublika Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligini 1998 yil 30 oktYakuniy baholash 305 sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim to'g'risida»gi Nizom asosida ishlab va oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini baholashda me'yoriy hujjat sifatida qabul qilingan. Talabalar bilimini reyting tizimi orqali baholashdan maqsad, talabalarda o'qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarga yondoshish, mustaqil fikrlash, o'z bilimining muntazam ravishda oshirishga intilish hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni rivojlantirish va ushbu tariqa raqobatbardosh mutaxassislarini tayyorlashga erishish. Reyting tizimi quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan: · talabalar o'zlashtirishning muntazam ravishda nazorat etib borish, ularni semestr davomida o'z ustularida uzluksiz faol ishlashni ta'minlash; · talabalir bilimini haqqoniy, aniq va adolatli baholash hamda natijalarni ularga muntazam ravishda ma'lum qilish; · talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarni keng rivojlantirish; · professor-o'qituvchilarda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarga puxta tayyorgarlik ko'rish, baholash savollari tizimida ma'suliyatni oshirish. Fan bo'yicha maksimal reyting bali o'quv rejasida aynan shu fanga ajratilgan soatlar miqdori bilan. Talaba bilimini baholashda, avval uning o'zlashtirish ko'rsatgichi aniqlanadi, so'ng dars soatlari miqdoriga muvofiq, uning fan bo'yicha reyting hisoblab topiladi. Talabaning fan bo'yicha o'zlashitirishning baholash semestr davomida muntazam olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: · joriy baholash (JB) · oraliq baholash (OB) · yakuniy baholash (YaB) Joriy baholashda fanning har bir mavzusi bo'yicha talabaning bilim darajasini (o'zlashtirishini) aniqlab borish nazarda tutiladi va u odatda, amaliy, kontrol ishlarni ballarini, kollokvium, suhbat va shu kabi boshqa shakllarida ham amalga oshiriladi. Dekanat va kafedralar belgilangan tartibda fan bo'yicha talabaning Oraliq baholash, Joriy baholash va Yakuniy baholash turlarida ko'rsatgan o'zlashtirish ko'rsatkichlarini tahlil etib borishlari va ularning natijalarini belgilangan shaklda qaydnomada qayd etishlari shart. Baholash natijalari o'quv bo'limida operativ ravishda ishlovdan o'tkaziladi. Reyting natijalari Oliy ta'lim muassasining Ilmiy Kengashida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. Oliy ta'lim muassasasi fan bo'yicha baholash turlarining har biri bo'yicha

reyting ballarini hisoblash kriteriyalarini ishlab chiqadi (nazorat ishlari, test sinovlari, savollar to'plash va h. k. ) va Uslubiy Kengashda tasdiqlaydi. Semestr davomida o'qitilgan fan bo'yicha maksimal balning kamida 55% foizini to'plagan talaba qoniqarli o'qiyotgan deb hisoblanadi. Semestr davomida o'qitilgan fan bo'yicha maksimal ballning 55% dan kam ball to'plagan talaba akademik qarzdor deb hisoblanadi. Semestr davomida fanlar bo'yicha to'plangan ballar quyidagi o'zlashtirish ko'rsatkichlari bilan baholanadi: · 86-100% - «a'lo»; · 71-85% - «yaxshi»; · 56-70% - «o'rtacha»; · 55% dan kam «qoniqarsiz». Talabaning barcha turdagi amaliyotlardan olgan bilim va ko'nikmalari, kurs ishi yoki kurs loyihasi, bitiruv malakaviy ishi mashg'ulotlar (seminar va laboratoriya ishlari) darslarida amalga oshirilishi mumkin. Oraliq baholashda fanning bir necha mavzularni qamrab olgan bo'lim yoki qism bo'yicha nazariy mashg'ulotlar o'tib bo'lingandan keyin talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savol yoki muammoni echish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. Yakuniy baholashda fanning semestr davomida o'tilgan hajmi doirasida talabaning bilimi baholanadi. Yakuniy baholash turiga ajratilgan ballar mikdori o'quv rejasida fanga semestr uchun ajratilgan soatning 30 % miqdorida belgilanadi. Fan bo'yicha Joriy baholash va Oraliq baholash turlarida talaba to'plashi mumkin bo'lgan maksimal reyting balning miqdori, o'quv rejasida fanga semestr uchun ajratilgan soatning 70 % miqdorida belgilanadi. Oliy ta'lim muassasalariga o'z xususiyatlaridan kelib chiqib, Joriy baholash va Oraliq baholash turlarining foizlarini belgilash huquqi beriladi. Yakuniy baholash turi tayanch tushunchalarga asoslangan "yozma ish" usulida yoki boshqa usullarida ( og'zaki test va hokazo) ham o'tkazilishi mumkin. Tayanch tushunchalariga «yozma ish» usulini o'tkazish tartibi «Reyting tizimi»ning yakuniy baholash bosqichida «yozma ish» usulini tatbiq etish bo'yicha namunaviy Nizom bilan belgilanadi.

3.

Talabalar bilimini baholashda ball tizimining avzalliklari.

O'quv rejasiga muvofiq o'qitilishi bir necha semestrga rejalashtirilgan fan bo'yicha talabaning umumiy reyting bali, har bir semestr davomida shu fan bo'yicha talaba tomonidan to'plangan reyting ballar yig'indisi bilan aniqlanadi. Baholash turlari har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, dars jarayonida so'rov o'tkazish, test savollariga javob berish loyihasi, davlat attestatsiyasi natijalari o'zlashtirish ko'rsatkichlari bilan baholanadi va reyting daftariga alohida qayd etiladi. Reyting ballarini hisoblashda talabaning o'quv mashg'ulotlaridagi faolligi, mustaqil ishlarini bajarishga ijodiy yondasha olish o'quv mehnat intizomiga amal qilish sifatlari ham hisobga olinishi (reyting ball doirasida 10%gacha) maqsadga muvofiq;. Joriy baholash, Oraliq baholash va Yakuniy baholash turlarida fanni o'zlashtira olmagan yoki sababli baholash turlarida ishtirok, eta olmagan talabalarga bir hafta muddat ichida qayta baholashdan o'tishga ruxsat berilishi mumkin. Fan bo'yicha belgillangan maksimal reyting ballning 55%dan kam ball to'plagan talaba, belgilangan tartibda rektorning buyrug'i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga nisbatan o'quv yili yakunlari bo'yicha amalga oshirish muvofiq). Talabani kursdan kursga o'tkazishda o'quv rejasida muayyan semestrga belgilangan fanlardan talaba to'plagan reyting ballari miqdori hisobga olinadi va rektorning buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Har bir fan bo'yicha o'tkazilgan baholash turlarida talaba to'plagan reyting ballar miqdori belgilangan tartibda tasdiqlangan shakldagi qaydnomada qayd qilinadi. Semestr davomida fan bo'yicha o'tkazilgan baholash turlarida talaba to'plagan umumiy ball, talabaning «Reyting daftarchasi»ga yoziladi. Talaba, fan bo'yicha o'tkazilgan baholash turlarida, fanga ajratilgan maksimal ballning 55%dan kam ball olgan holda, uning shu fan bo'yicha to'plagan reyting ballarni «Reyting daftarchasi»da qayd etilmaydi. Har bir fan bo'yicha o'tkaziladigan baholash turlarining (JB, OB va YaB) natijalari dekanat va kafedralar tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi. Reyting nazorat ekranini tashkil etish va uni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish vazifasi fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi. Talabalar bilimni reyting tizimi bo'yicha baholashning tayanch tushunchalariga asoslangan «yozma ish» usuli, talabalarda o'tilgan fanlarga nisbatan ijodiy yondoshish, mustaqil fikrlash o'z bilimini doimiy ravishda oshirish, adabiyotlardan foydalanish, o'tilgan fanlarni muayyan mavzular bo'yicha tuzilgan tayanch tushunchalarga asoslangan holda, o'z fikrlarini yozma ravishda aniq va lo'nda ifodalab berish hamda tahlil etish kabi xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirishi kerak. Shuningdek, professor-o'qituvchilardan ham o'z fanlarini chuqur egallashi hamda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarga puxta tayyorgarlik ko'rishda, «yozma ish» savollarni tayyorlashga ma'suliyat bilan yondashishni talab etadi.

Talabalar bilimining baholash tayanch tushunchalariga asoslangan «yozma ish» usuli, reyting tizimining yakuniy baholash bosqichida amalga oshiriladi. Yakuning baholash bosqichini «yozma ish» usulida o'tkazish fanlarni tanlash huquqi oliy ta'lim muassasasiga beriladi (O'quv rejada belgilangan fanlarnig 50%dan kam bo'lmagan holda). «yozma ish» o'tkaziladigan fanlar rektornig buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi. Qolgan fanlardan yakuniy baholash turini o'tkazish tartibda (og'zaki himoya) oliy ta'lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Yakuniy baholash bosqichida «yozma ish» usulida belgilangan fanlardan, Joriy baholash va Oraliq baholash bosqichlarida to'plangan ballar miqdoridan qat'iy nazar, talaba «yozma ish» topshirish shart. Semestr boshida «yozma ish» o'tkazilishi belgilangan fanlarning nomi kafedralar va talabalar e'tiborga yetkaziladi. «yozma ish» o'tkazilishi belgilangan fanlar bo'yicha dars beruvchi kafedralar tomonidan savollar va ularni yoritishga yordam beruvchi tayanch tushunchalar ishlab chiqiladi, hamda kafedra majlisida keng muhokama etilib tegishli qaror qabul qilinadi. «yozma ish» O'quv bo'limi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq, fan bo'yicha dastur to'la o'tilgandan so'ng o'tkaziladi va ushbu haqida talabalarga bir oy oldin ma'lum qilinadi. Kafedra talabalarga «yozma ish» o'tkazish tartibi va unga qo'yiladigan talablar bo'yicha konsultatsiyalar tashkil etadi. «yozma ish»larni o'tkazish uchun, oliy ta'lim muassasasi rektorining buyrug'i bilan komissiya tashkil etiladi. «yozma ish» savollari va ularni yoritishga yordam beruvchi tayanch tushunchalar fakultet dekani tomonidan komissiya a'zolariga «yozma ish» o'tkazilishi belgilangan vaqtdan 1 soat oldin, maxsus konvertda taqdim etiladi. «yozma ish» hajmi 1000 - 1200 so'zgacha deb belgilanadi va uni o'tkazish uchun 3 soat vaqt beriladi. Komissiya «yozma ish»larni belgilangan tartibda tekshiruvchilarga tarqatadi va natijalarni 2 hafta ichida talabalarga ma'lum qiladi. «yozma ish» larni tekshirish va baholashga malakali professor-o'qituvchilar, shuningdek ilmiy tadqiqod institutlarining olimlari hamda ishlab chiqarishlarning yetakchi mutaxassislari jalb etilishi mumkin. «yozma ish» larni o'tkazish va tekshirishga jalb etilgan shaxslarga mehnat haqi byudjetdan tashqari mablag' yoki soatbay jamg'arma hisobidan amalga oshirish nazarda tutiladi. «yozma ish»larni baholash mezonlari ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tayanch oliy ta'lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va barcha oliy ta'lim muassasalariga yetkaziladi. «yozma ish» larni 10% tashqi taqriz uchun Vazirlik tomonidan boshqa oliy ta'lim muassasalariga jo'natilishi nazarda tutiladi. Talabalarni «yozma ish» lari natijalariga ko'ra bevosita dars bergan o'qituvchining reytingi belgilanadi va uni qo'shimcha ravishda moddiy va ma'naviy rag'batlantirish masalasini ko'rib chiqiladi. Talabalarning «yozma ish»lari ikki yil mobaynida dekanatda saqlanadi.

4. Yakuniy Davlat Attestatsiyasini tashkil etish. Bitiruvchi kurs barcha ta'lim yo'nalishlari talabalari yakuniy bosqich jarayonida bitiruv malakaviy ishini tayyorlaydilar va himoya qiladilar. Bitiruv malakaviy ishini bajarishda O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 1998 yil 31 dekabrdagi 362-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy o'quv yurtlarida bakalavr bitiruv malakaviy ishni bajarishiga qo'yiladigan talablar»ga rioya qilinishi kerak. Talaba o'zi tanlagan mavzuga mos keladigan reja savollarini tuzib oladi, hamda shu mavzuni o'rganish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar bazasini shakllantiradi.Unda mavzuni ifodalaydigan nazariy qarashlar, amaliy ma'lumotlar, statistik ko'rsatkichlar, diagrammalar, sxemalar tahliliy jadvallar va ularga oid bo'lgan xulosa hamda takliflar umumlashtiriladi, respublikada va chet ellarda nashr etilgan maxsus adabiyotlardan foydalaniladi. Institut rahbariyati tomonidan tasdiqlangan Yakuniy Davlat Attestatsiyasi komissiyasi tomonidan bitiruv malakaviy ish himoyasi belgilangan tartibda qabul qilinadi. Bitiruv malakaviy ish 100 ballik tizimda baholanib, u quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: 1. Tanlangan mavzuning dolzarbligi, tuzilgan rejaning mazmunan to'liqligi, bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalarini aniq ko'rsatilganligi ­ 15 ball; 2. Rejada berilgan savollarning matnda aks ettirilishi, bitiruv malakaviy ishning talab darajasida rasmiylashtirilishi ­ 5 ball; 3. Mavzuni yoritishda, uni o'rganilganlik darajasini tahlili qilishda, xorijda va respublikamizda nashr etilgan adabiyotlardan foydalanish darajasi -10 ball; 4. Mavzu bo'yicha keltirilgan jadval ma'lumotlaridagi ko'rsatkichlarning oxirgi yillarini qamrab olinganligi, tahlil qilish bo'yicha iqtisodiy usullarni bilishi ­ 15 ball; 5. Mavzu yuzasidan mamlakatimizdagi va xorijiy davlatlar tajribasini o'rganilganlik darajasi va uni tadbiq etish bo'yicha berilayotgan takliflar15ball; 6. Mavzu bo'yicha qilingan xulosalar, berilgan takliflarning ilmiy va amaliy jihatdan asoslanganlik darajasi ­ 10 ball 7. Matnda keltirilgan manbalarning adabiyotlar ro'yxatiga mosligi, ulardan o'z o'rnida foydalanganlik darajasi ­ 10 ball; 8. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini yoritib berishda, uni himoya qilishda ko'rgazmli ma'lumotlardan, ilg'or axborot va pedagogik texnologiyadan foydalanish darajasi ­ 10 ball 9. Bitiruv malakaviy ishi chet tilida talab darajasida bajarilishi va himoya qilinishi ­ 10 ball; Talaba tomonidan bajarilgan bitiruv malakaviy ishi Yakuniy Davlat Attestatsiyasi komissiyasi a'zolari tomonidan yuqorida keltirilgan mezonlar asosida baholanib, baho shakllari quyidagicha tabaqalashtiriladi: 55 ballgacha ­ «qoniqarsiz» baho; 56 balldan ­ 70 ballgacha «qoniqarli» baho;

71 balldan ­ 85 ballgacha «yaxshi» baho; 86 balldan ­ 100 ballgacha «a'lo» baho Bitiruv malakaviy ishini baholashda har bir bitiruvchi kafedra o'zining xususiyatini hisobga olgan holda bitiruv malakaviy ishini baholash mezonini ishlab chiqadi va maxsus bayonnoma bilan uni tasdiqlaydi. Bitiruvchi kurs talabalariga mutaxassislik kafedralari tomonidan bitiruv malakaviy ish mavzulari berilib, institut rahbariyati tomonidan har bir talaba uchun ilmiy rahbar biriktiriladi va uni buyruq bilan tasdiqlanadi.

7 ­ mavzu: BANK MUTAXASSISLARINING MAQSADI VA VAZIFASI. 1. Bank mutaxassislarining maqsadi va vazifalari. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatimizda chuqur ijtimoiyiqtisodiy islohotlar boshlab yuborildi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida xususiy mulk hamda tadbirkorlar manfaatini himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Respublikamizda bank va kredit tizimi rivojlanmoqda. Islohotlar taqdiri esa yuqori malakali mutaxassislarga bog'liqdir. Yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimini shakllantirishda O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonuni hamda «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumki bakalavr-iqtisodchi mutaxassisligi uchun talaba 4 yil ta'lim oladi. U 4 yil davomida 45-50 fandan reyting natijasi bo'yicha yakuniy nazorat topshirishi, 4-5 ta kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi yozishi lozim. Toshkent moliya institutida bakalavr-iqtisodchi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tayyorlanadi: kasb ta'limi, menejment, moliya, bank ishi, soliqlar va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit. Yuqori malakali bakalavr-iqtisodchilarni tayyorlash esa ta'lim tizimiga bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida kadrlar tayyorlash muammosining hal qiluvchi masalasi barcha bosqich o'quv yurtlarida o'quv adabiyoti bilan ta'minlanish ta'kidlab o'tdilar: «Ta'lim darslikdan boshlanadi, deyarli barcha sohada darsliklarimiz ahvolini bugungi va ertangi kun talablari darajasida emas». Shu sababli, davr ruhiga mos tushuvchi bozor iqtisodiyot g'oyalarini aks ettiruvchi yangi o'quv qo'llanmalarini, darsliklar hamda ommabop risolalarni yaratish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida islohotlarning samarasi va iqtisodiyotning rivojlanishi ko'p jihatdan banklar faoliyatiga bog'liq. Zamon talabi va davr mas'uliyatini his etib ishlayotgan banklar halqimizning og'irini engil qilmoqda. Barcha turdagi banklar mijozlar ishonchini oqlash va ular bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yo'lida tinmay izlanish olib bormoqda. O'z faoliyati va xizmat turlari bilan halq ichiga yanada chuqurroq kirib borish ularning yagona maqsadi. Bankning rivojlanishi bank xodimlariga bog'liq. Bank xodimlari bilimli, madaniyatli va hozirjavob bo'lishi kerak. Toshkent Moliya instituti bank ishi yo'nalishini tutgan mutaxassislarning ish o'rinlari asosan bank hisoblanadi. Bank mutaxassislarining iqtisodiyotni rivojlantirish, bank mijozlarni jalb etish va ularni mamnun qilish. Bank xodimlari chet tillarni mukammal bilishlari, yangi informatsion texnologiyalardan foydalanishni bilishi kerak. Ular o'z bilimlarini bank-moliya akademiyasida, magistratura, doktarantura, aspiranturada oshirishlari mumkin. Yoki chet banklari bilan tajriba almashib ulardan o'rnak olishlari mumkin.

Shu bilan bir qatorda payg'ambarimiz zamonida bank, omonat kassalari bo'lmagan, u paytda faqat kishilar bir-birlariga qarz berar va olar edilar. Ribo (sudxo'rlik) taqiqlangan edi. Chunki, ko'pincha foizga qarz olganlar qarz beruvchining asoratiga tushib qolar, mol-mulk, uy-joy, yerini sotib bo'lsada qarzini to'lashga to'g'ri kelar edi. Bu islomiy ijtimoiy odatga umuman zid holat, zulm edi. Zamona zayli bilan iqtisodiyotni keskin rivojlanib ketishi, ishlab chiqarish va omonat kassalarini yuzaga kelishini taqozo etadi. Bank va omonat kassalar esa o'z tabiati va mazmuniga ko'ra aylantirilgan mablag'lardan foyda olmay turolmaydi. Ana endi shu foyda banklar musulmonlar uchun halolmi, harommi degan savolni keltirib chiqaradi. Bu masalada islom ulamolarining bergan quyidagi 3 fatvolariga amal qiladi. 1. Sudxo'rlikning shar'an haromligini e'tirof etgan holda bank, omonat kassa foydalarini halol deb hisoblovchi ulamolarning dalilari shundan iboratki, bankka omonat kassa qo'yiladigan mablag' bank yoki omonat kassaga egasiga berilgan qarz emas, uni qarzga berilishi so'ralgan ham emas, balki ixtiyoriy ravishda o'z molini xavfsiz joyda saqlanishini ta'minlash va o'zi ham bank ham foyda olishini ta'minlashda. Bundan chiqadigan foyda biryoqlama bo'lmay, balki umumiy ekani va bundan hech kim jabr va zarar ko'rmayotgani, balki islom dini targ'ib etgan iqtisodiy hamkorlik vujudga kelayotgani uchun u riboga kirmaydi. 2. Bundan tashqari, 1965 yil may oyida Misrning Qohira shahrida bo'lib o'tgan Islom tadqiqot markazining 11-halqaro konferentsiyasi qarorlarida banklar va savdogarlar, tashkilotlar o'rtasidagi pul muammolari o'zaro shartnomalar asosida bo'lsa ribo hisoblanmasligi qayd etilan. 3. 1905 yilda vafot etgan Misr muftiysi shayx Muhammad Abdulloh, islom jamiyatida omonat kassalarining faoliyati va bu faoliyatdan foyda ko'rishi mumkin deb fatvo bergan edi. 4. O'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi «Banklardagi depozit hisobvaraqlaridan naqd pul to'lovlarini uzluksiz ta'minlash kafolatlari to'g'risida»gi qarorida ham tijorat banklari tomonidan aholi va korxonalarni o'z vaqtida naqd pul bilan ta'minlash masalasi ko'rilgan. Mustaqillik yillarida O'zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlariga o'tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar pul munosabatlari yotadi. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo'lgan banklar tizimida ham chuqur o'zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o'tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan o'zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og'irlik markazi shu tizimlarga ko'chdi. Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligi va pul muomilasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarin tartibga solish, so'mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta'minlash sohasidagi muammolarni o'rganish, shuningdek tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o'ta dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javob kutmoqda: · naqd pul va kredit emissiyasining o'sishiga sabab nima? · aholi qo'lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib chek qo'yish mumkin? · mahsulot ishalb chiqarishning o'sishini ta'minlamagan korxonalarga kredit berilishiga yo'l qo'ymaslik uchun qanday chora tadbirlar ishlab chiqish lozim? · inflyatsiyaning oldini olish va pasaytirish omillari nimalardan iborat? Bozor munosabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va shu asosda iqtisodiy taraqqiyotga erishish kreditdan foydalanishni, banklar faoliyatining samaradorligini oshirishni, kreditdan foydalanishida salbiy hollarning oldini olishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning salmog'i va sifati sohasida ancha muammolar mavjud. Har bir jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o'zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi, ular bajaradigan funktsiyalar, ularga yuklatilgan vazifalarning mohiyati va sifati o'zgarib bormoqda. Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklarda yangi xizmat turlarini tatbiq qilish, mijozlarning qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko'rsatishning yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini banklar faoliyatida qo'llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog'liq jarayonlarning yuzaga kelishiga olib keldi. Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o'rni va ahamiyatining muhimligi pul, kredit va bank tizimining takomillashib borishi shu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi.

2.«Bank ishi» yo'nalishini tugallagan mutaxassislarining ish o'rinlari va faoliyati, yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari Qadim zamonlardan to hozirgacha murakkab hisoblash ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga bo'lgan talab hamda bu bilan bog'liq muammolar mavjud bo'lgan. Insoniyat bu muammolarni hal qilish uchun xilma xil usullarni qo'llab kelgan. Har bir konkret sohada bu muammoni yechishga urinish o'ziga xos yechim va muvaffaqiyatlarga olib kelgan. Lekin hisoblash texnikasi va informatikaning paydo bo'lishi bilan insoniyat bir qancha qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lganki, bular jamiyatning katta tezlik bilan rivojlanishiga olib kelgan. Bu imkoniyatlar haqida nimalar deya olasiz? Ushbu imkoniyatlar informatsion texnologiya programmaviy-texnik vositalarining qaysi ko'rsatgich va xususiyatlari tufayli yuzaga kelgan? Ilmiy texnika rivojining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri - hisoblash texnikasining inson faoliyatining barcha sohalariga keng miqyosda tatbiq qilinishidir. Iqtisodiyotni rivoji, o'z navbatida, yuqori unumli elektron hisoblash mashinalarini (EHM), raqamli-programmali boshqariladigan stanoklar va qurilmalar, sanoat robotlari va ishlab chiqarish modullarini ishlab chiqarishni ko'paytirish va keng miqyosda tatbiq etishni talab etadi. Avtomatlashtirishning asosiy quroli bo'lib, o'zining algoritmik va programma ta'minotiga ega bo'lgan kompyuterlar xizmat qiladi. Dvigatel va robotlarning kashf qilinishi jismoniy mehnatni avtomatlashtirish asrini ochgan bo'lsa, kompyuter va sun'iy intellekt vositalarning paydo bo'lishi inson aqliy faoliyatida xuddi shunday yangi davrni boshlab berdi. Shuning uchun ilmiy texnika rivojining hozirgi bosqichi ko'pincha "kompyuter inqilobi" deb yuritiladi. Kompyuterlarni yangi aloqa vositalari orqali bog'lash imkonining vujudga kelishi informatsion texnologiyaning va shu jumladan "qog'ozsiz" informatikaning imkoniyatlarini keskin oshirdi. Bu zamonaviy texnologiya jamiyat turmushining barcha sohalariga o'z amaliy ta'sirini o'tkazmoqda. XX asrning 70-yillarida EHMlar maxsus hisoblash markazlarida joylashtirilib, faqat mutaxassis-operatorlar bu EHMlarda ishlagan bo'lsa, hozir esa kompyuterlar ixcham, lekin juda imkoniyati keng bo'lgan qurilma bo'lib, mutaxassislarga avtomatlashtirilgan ravishda ma'lumotlar va bilimlar bankiga bevosita murojaat qilish imkonini ta'minlaydi. Ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash bo'yicha kompyuterlarni samarali qo'llash doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda. Informatikani tatbiq etishning asosiy sohalari quyidagilardir: · ishlab chiqarishni to'liq avtomatlashtirish va robotlashtirish; · ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish; · tashkiliy-iqtisodiy boshqarishda informatikani qo'llash; · maktablar, kollejlar, oliy o'quv yurtlarida o'qitish va kadrlar tayyorlashni kompyuterlashtirish;

· xizmat ko'rsatish, sog'liqni saqlash va aholi turmush sohalariga informatikani tatbiq etish. Xususiy kompyuterlarning paydo bo'lishi informatikani tatbiq etish va "kompyuter bo'yicha savodsizlik"ni tugatishni tezlatishga asosiy turtki bo'ldi. Hozirgi zamon kompyuterlariga bo'lgan qiziqish shuning uchun ham oshdiki, ular masalani echishda mehnat unumdorligini keskin oshirdi. Masalan, katta integral sxemalarini loyihalashtirishni avtomatlashtirishda kompyuterlarning qo'llanishi loyihalarni ishlab chiqishni bir necha yildan bir necha oygacha qisqartirish imkonini berdi. Bu integral sxemalar yangi kompyuterlarda qo'llanishini hisobga olsak, kompyuterlarning mukammallashib borishi juda tez yuz berishi va yaqin orada juda ham mukammal kompyuterlar yaratilishi kutilishiga umid qilishimiz mumkin. Xususiy kompyuterlarning imkoniyatlari avtomatlashtirilgan ish o'rinlari (AIO') ning yangi avlodini yaratish imkonini beradi. Bunday aqlli stantsiyalar programma ta'minotining asosiy qismlaridan biri bo'lib funktsional protsessorlar xizmat qiladi. Funktsional protsessorlar turli xildagi ma'lumotlardan qulay holda foydalanish, foydalanuvchi va kompyuter orasida samarali dialog rejimini ta'minlash bilan birga katta hajmli ma'lumotlar bazasi bilan ham ishlash imkonini beradi. Hisoblash texnikasidan hisob-kitob, ma'lumotlarni qayta ishlash va boshqarish ishlarini bajarishda foydalanish, bu ishlarni yuqori saviyada bajarishdan tashqari boshqaruv apparatidagi xizmatchilar sonini kamaytirish, to'liq va aniq ma'lumotlarni istalgan vaqt oralig'i uchun olish imkonini beradi. Hozirgi zamon aloqa sistemalari kompyuterlarni istalgan uzoqlikdagi elektron ma'lumot manbalariga ulash imkonini beradi. Bunga misol bo'lib, sun'iy yo'ldoshlar orqali bog'langan kosmik aloqa sistemasi hamda dunyoning 36 dan ortiq mamlakatidagi 2500 dan ortiq ilmiy markazlarni bog'lovchi halqaro kompyuter tarmog'i xizmat qilishi mumkin. Bu sohada chet ellarda juda ko'p ibratli ishlar qilingan. Shularni tarixiy jihatdan qisqacha ko'rib o'tamiz. Frantsiyada Videotex deb nomlangan milliy tarmoq yaratilgan. Bu tarmoqdan foydalanish uchun har bir telefon apparati bor bo'lgan xonadan o'z xonadoniga terminalni o'rnatishi mumkin. Bu terminal yordamida telefon tarmog'i orqali kerakli tashkilot nomerini terib, u yerdagi kompyuterdan foydalanib turli xil xizmatlarni, shu jumladan, bank xizmatlarini ham olish mumkin. Teletal nomli loyihaga binoan 2 mingdan ortiq xil xizmat ko'rsatish turi mavjud bo'lib, shulardan 30 xili bank xizmatlari ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Ular yordamida iste'molchilar va ishbilarmonlar uchun elektron schetlar ochildi. Frantsiya va AQShdagi bir qancha xonadon egalari o'z uylarida banklarning bo'limlariga ega bo'ldilar. Bu yo'nalishlarni Buyuk Britaniyada "Nottingxem Bilding Sosayeti" va "Benk of Skotland", Germaniyada "Keln jamg'arma banki" va Gamburgdagi "Ferbrauxer Bank" tashkilotlari boshlab berdi. Shvetsiyada uylardagi banklar bilan ishlashni Stokgolmdagi "Gota banken" boshlab berdi. O'zbekiston Respublikasi uchun ko'rib chiqilayotgan muammo juda ham dolzarbdir. Bank tizimini keskin ravishda rivojlantirishda faqat yangi texnik bazaga tayanish kerak. Yetarli darajada avtomatlashtirilgan holda bank bo'limi o'z kassasi

bilan birlashtirilishi va terminallari aloqa bo'limlari, magazinlarda, vokzallarda va hokazolarda joylashgan hisoblash tarmog'ini tashkil qilish mumkin. Germaniyaning "Niksdorf" kompaniyasi elektron pullarni tatbiq qilish bo'yicha ilg'orlardan biri hisoblanadi. Bu kompaniyada Eurocard nomli standart kredit kartochkalar ishlatilib, hozirgi davrda dunyo bo'yicha bir necha milliondan ortiq kishi bu kartochkalardan foydalanadi. Har bir kredit kartochkasiga ma'lumot tashuvchi vosita-magnit karta o'rnatilgan bo'lib, unda xususiy schet nomeri, bank nomi, mamlakat, mijozning to'lash qobiliyati ko'rsatkichi, berilgan kredit qiymati va hokozolar yozilgan bo'ladi. Yangi mijozni bu tarmoqqa qo'shish uchun unga ma'lum miqdorda kredit ochilgan bo'lishi kerak. Frantsiyada aqlli kredit kartochkalarini joriy qilish boshlandi. Bunday kartochkalarga operativ xotiraga ega bo'lgan mikroprotsessor o'rnatilgan bo'lib, turli xil to'lov operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. AQShda magnitli to'lov kartochkalari tatbiq qilingan. Bu kartochkalarga ham tegishli hajmda operativ xotiraga ega bo'lgan mikroprotsessor o'rnatilgan bo'lib, hech qanday terminalsiz uydagi telefon yordamida to'g'ridan-to'g'ri bank bilan hisob-kitobni amalga oshirish mumkin. Butun dunyo bo'yicha naqd pulsiz hisob-kitob sistemalariga ega bo'lgan bank tarmoqlari jadal tatbiq etilmoqda. Bulardan biri Bankwire bo'lib, u kredit iste'molchilari uchun emas, balki banklararo hisob-kitobga mo'ljallangan edi. Tarmoq orqali faqat bank hujjatlari emas, balki mas'uliyatli moliya qarorlarini ham qabul qilish uchun ishlatiladigan muhim ma'lumotlar ham yuborilar edi. AQSh federal rezerv sistemasi tomonidan yaratilgan Fedwire sistemasi mamlakat ichida sodir bo'lgan oldi-berdilarning 80% ini qamrab oladi. Bu, taxminan, bir kunda 360 milliard dollarga to'g'ri keladi. Uning xizmatidan 800 dan ortiq bank foydalanadi. Nyu Yorkda joylashgan SNIPS (Claring House Interbank Payments System) moliyaviy tarmog'i 90% tashqi oldi-berdilarni jamlagan bo'lib, unda yuzlab banklar ishtirok etadi. Banklararo elektron hisob-kitob sistemasining keyingi ravnaqi oxir oqibatda naqd pullarning butunlay yo'qotilishiga olib kelishi shubha tug'dirmaydi. Har qalay bu qat'iy qadamga barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlar amalda tayyordir. G'arbiy Yevropadagi kichik davlatlar tayyorgarlik tadbiri sifatida har bir yangi tug'ilgan chaqaloqqa bankda hisob raqami ochishni zaruriy shart qilib qo'ydilar. O'z navbatida iqtisodiyotda, yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish orqali ma'lumotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi. Bu sohadagi yetakchi olimlarning fikriga ko'ra, informatika ilmiy va amaliy fanlar majmuasini tashkil qilib, ma'lumotlarni kompyuterlar yordamida qayta ishlash sistemalarini loyihalash, yaratish, baholash, ishlashini ta'minlash bo'yicha barcha muammolarni o'rganish, bu sistemalarni boshqa sohalarga qo'llash va shu sohalarga ta'sirini o'rganadigan fandir. Qisqacha aytganda, informatika ma'lumotlarni ishlash jarayonlarini o'rganish va uni avtomatlashtirish yo'llarini izlashga xizmat qiladigan fan sifatida maydonga keldi. Informatikaning usullari va vositalari ma'lum ma'noda moddiylashib, iste'molchilarga yangi informatsion texnologiya va sistemalar tarzida yetib boradi. "Informatsion texnologiya" deganda, ma'lumotlar majmuasi va bilimlar bazasi orqali

joylarda yoki masofaviy usulda xizmat ko'rsatishning zamonaviy hisoblash texnikasi programmaviy-texnik vositalari va tarmoqli hamda Internet aloqa vositalariga tayangan hozirgi zamon turlariga tushuniladi. Mustaqillik sharofati bilan O'zbekistonda milliy axborot tizimini shakllantirish, axborot texnologiyalarini iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida keng qo'llash va halqaro axborot jamiyatiga kirish uchun puxta zamin yaratildi. Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz internet tizimiga keng miqyosda ulandi va aholiga axborot xizmati ko'rsatish amalga oshirildi. Birgina 2004 yilda internetdan foydalanuvchilar soni 2 baravar ko'paydi va internet-klub va internet-kafelar soni yildan-yilga ko'payib bormoqda. 2004 yil aprel oyida «uz» sayti ro'yxatga olindi va Web-saytlar soni 600 taga yetdi. O'zbekiston Respublikasi xududida faoliyat yuritayotgan barcha banklar ham o'z saytlariga ega. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bank ishi yo'nalishini tugallagan mutaxassislarning banklarda o'z ish o'rinlariga ega bo'lishlari uchun o'zlari ustida tinimsiz izlanishlari va yangi axborot texnologiya vositalaridan foydalanishni bilishlari zarur.

3.Kelajakda o'z bilimini oshirish imkoniyatlari Har bir mustaqil davlat rivojlanib borish yo'lida, ya'ni o'z taraqqiyot yo'lida u o'z siyosatini o'zi olib boradi. Bunda ta'lim siyosati juda muhim rol o'ynaydi. Mutaxassislarning kelajakda o'z bilimini oshirish imkoniyatlari mavjud. O'zbekistonda milliy kadrlarni yetishtirib chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1997 yil avgust oyida «Kadrlar tayyorlash to'g'risida» dasturi va «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni qabul qildi. Bunga ko'ra O'zbekistonda Oliy ta'lim tizimi shakli o'zgartirilib, u to'rt bosqichdan iborat qilib qo'yildi. Bu bosqichlar quyidagilardir: 1. Bakalavriat 2. Magistratura 3. Aspirantura 4. Doktorantura Bakalavriat ­ ko'p mamlakatlarda oliy ta'limning dastlabki bosqichi hisoblanadi. O'zbekistonda bakalavriat mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan tayanch oliy ta'limdir. Bunda o'qish muddati kamida 4 yil qilib olingan. Bakalavrlik dasturi tugallangandan so'ng bitiruvchilarga bakalavr darajasi berilib, davlat attestatsiyasi yakunlariga ko'ra, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom topshiriladi. Bu diplom kasb-hunar faoliyati bilan shug'ullanish huquqini ham beradi. Bunday bakalavrlik darajasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga ko'ra oliy o'quv yurtini va institutlarni bitirgan birinchi bosqichni tugatgan talabalargagina beriladi. Magistratura ­ Bu yo'nalish oliy ta'lim bosqichi, O'zbekistonda aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida 2 yil bo'lgan davom etadigan oliy ta'lim hisoblanadi. Magistrlik dasturini tugatib, ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgandan keyin, bitiruvchilarga davlat malaka attestatsiyasi yakunlariga ko'ra magistr darajasi berilib, ularga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar va ilmiy faoliyat bilan shug'ullanish huquqini beradigan diplom beriladi. O'zbekiston Respublikasida magistraturani birinchi marta 2001 yil 1828 kishi bitirib chiqdi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ularni chin dildan tabriklab, kelajakda ularga omad tiladi. Aspirantura ­ uzluksiz ta'lim tizimining tarkibiy qismi, oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagok kadrlar, fan nomzodlari tayyorlash shakli hisoblanib, u 3 yil muddatdan iborat. O'zbekistonda aspirantura 1930 yillarda tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komiteti hamda Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi hay'ati, vazirlik va idoralar hay'atining qarori bilan ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlari va boshqa ilmiy muassasalarda tegishli mutaxassisliklar bo'yicha aspirantura ochildi. Aspirantura ishdan, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda tashkil qilinadi. Aspiranturada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan hollarda 3 yil, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 4 yildan oshmasligi

kerak. Ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi aspiranturaga 30 yoshgacha, ishlab chiqarishdan ajralmagan holdagiga esa 40 yoshgacha bo'lgan ilmiy hamda ilmiy pedagogik ishga layoqatli mutaxassis va magistrlar qabul qilinadi. Aspiranturaga kiruvchilar o'rnatilgan tartibda kirish imtihonlarini topshiradilar. Ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi aspiranturaga qabul qilinganlarga stipendiya to'lanadi. Aspirantlar o'z ilmiy faoliyatlarini ilmiy tadqiqot instituti yoki oliy o'quv yurti ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan ilmiy mavzu asosida tuzilgan shaxsiy ish rejasiga muvofiq tashkil etadilar. Aspirantlar dissertatsiya mavzulari bo'yicha ilmiy izlanishlarni ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlarining laborotoriya kafedra va boshqa bo'limlarida olib boradilar. Zaruriyat tug'ilgan hollarda ular shartnoma asosida rivojlangan mamlakatlar ilmiy markaz va oliy o'quv yurtlariga yuborilishi mumkin. Aspirantlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdan oldin ya'ni ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarga taqdim etmasdan oldin Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan belgilangan imtihonni topshirishlari kerak. Aspirantura, asosan, akademik va malakaviy imtihonlarni topshirish hamda ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini, ya'ni nomzodlik dissertatsiyasini himoyalash bilan yakunlanadi. Muvaffaqiyatli himoya qilganlarga Oliy Attestatsiya Komissiyasi qarori bilan tegishli fan sohasi bo'yicha fan nomzodi ilmiy darajasi va diplom topshiriladi. Doktorantura ­ oliy malakaliy ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash shakli. O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimining tarkibiy qismi va oliy bosqichi. Doktorantura bosqichi O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, vazirlik va idoralar tasarrufidagi ilmiy muassasalar, oliy o'quv yurtlari va tashkilotlarida ochiladi. Obro'li ilmiy maktablar, yetarli ilmiy salohiyat hamda zarur laboratoriya tadqiqot bazalariga va ixtisoslashgan ilmiy kengashga ega ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlari, ilmiy muassasa va tashkilotlar qoshida fan va texnikaning eng muhim mutaxassisliklari bo'yicha tadqiqotlarni rivojlantirish, respublika va uning mintaqalarida ilmiy texnika taraqqiyoti hamda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini ta'minlovchi davlat ilmiy texnika dasturlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi. Doktoranturaga odatda himoya qilingan dissertatsiyani mos mutaxassisligi bo'yicha dotorlik dissertatsiyasiga kamida 50% hajmida asos bo'la oladigan, ilmiy natijalari bilan salmoqli yutuqlarga erishgan, o'zini qobiliyatli hamda istiqbolli ilmiy yoki ilmiy pedagog xodim sifatida namoyon qilgan fundamental tadqiqotlarni yuksak saviyada olib borish va iqtisodiyotda ijtimoiy-iqtisodiy muhim ilmiy muammolarni hal qilgan, shu qobiliyatga ega bo'lgan 45 yoshdan oshmagan fan nomzodlari qabul qilinadi. Doktoranturada o'qish muddati tabaqalangan tarzda belgilanadi, ya'ni 1-3 yilgacha va u ilmiy va ilmiy pedagogik ish stajiga qo'shiladi. Doktoranturada, asosan, ilmiy tadqiqot natijalarini, ya'ni doktorlik dissertatsiyasini ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarda himoyalash bilan yakunlanadi. Muvafaqqiyatli himoya qilganlarga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Atesstatsiya Komissiyasi qarori bilan tegishli fan sohasi bo'yicha «Fan doktori» ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mening eng katta ishonchim yosh

avloddir. Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, ko'rsang xavasing keladigan, barkamol va shijoatli farzandlarimizdir. Men o'zimning taqdirimni ham, mamlakatimiz taqdirini ham ana shularning qiyofasida ko'raman» deb ta'kidlaganlaridek, Toshkent Moliya Instituti ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshira borib, iqtisodiyotga yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o'z xissasini qo'shmoqda. Tayanch so'zlar

Pedagogik ta'lim, didaktika, sub'ekt, ob'ekt, psixologiya, ilmiy metodik, shaxs, davlat, jamiyat, kredit, bank, monitar siyosat, bank risklari, bank qimmatli qog'ozlari, halqaro bank ishi, moliya, Markaziy bank, tijorat banklari, davlat byudjeti, buxgalteriya, audit, sug'urta, soliq, birja, naqd pulsiz hisob-kitoblar, ssuda kapitali, marja, chek-depozit emissiyasi, depozit, makroiqtisodiy barqarorlik, multimediya. O'quv reja, metod, konsepsiya, takomillashtirish, kompyuter texnologiyalari, individual, iqtisodiyot, Axborot almashuv-sinxron, telekommunikatsiya vositalari, elektron pochta, elektron dialog, telefon, telefaks, peydjer, masofadan o'qitish, referat, ilmiy tezislar, annotatsiya, slaydlar, bitiruv malakaviy ish, katalog, kartoteka, maxsus bibliografik qo'llanma, bosma kitob, elektron kutubxona, internet, jamg'arma mablag'lar, reyting tizimi, joriy baholash, oraliq baholash, yakuniy baholash, seminar, ma'ruza, reyting daftarchasi, yozma ishi. bank moliya akademiyasi, magistratura, doktarantura, aspirantura, omonat kassa, pul muomilasi, yangi axborot texnologiyasi, video kompyuter, audivizual texnologiya. pul kredit siyosati, inflyatsiya.

O'z-o'zini tekshirish savollari 1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda «Ta'lim to'g'risida»gi qonunlardan kelib chiqadigan vazifalar. 2. Toshkent Moliya Institutining tashkil topishi. 3. Institutda mavjud mutaxassislik va ixtisosliklar 4. Institut taraqqiyotining yo'nalishlari. 5. Institutning kadrlar tayyorlash dasturini bajarilishdagi o'rni. 6. «Bank ishi» mutaxassisligi zarurligi, ish jihatlari, vazifalari. 7. Mutaxassislar tayyorlash tendentsiyasi va dinamikasi. 8. O'quv jarayonini fan va texnikadagi so'nggi yangiliklarni hisobga olgan holda tashkil etish. 9. Ma'ruza va amaliy darslarni tashkil etish asoslari. 10. O'quv jarayonida namunaviy o'quv reja va dasturlari, ularni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalda qo'llash. 11. Mutaxassislikni o'rgatuvchi fanlarni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari. 12. Talabalarni o'qitish jarayonida mustaqil ishlarini tashkil qilishni o'rni. 13. Mustaqil ishlar tematikasining tuzilishi. 14. Mustaqil ish - talabalarning ta'lim olishdagi asosiy jarayon sifatida. 15. Talabalarning bilim saviyasini oshirishda mustaqil o'qishning zarurligi va ahamiyati. 16. Kitob ustida ishlash va uning bosqichlari. 17. Kutubxona fondidan foydalanish yo'llari va ahamiyati. 18. Ilmiy tadqiqot ishlari va ularning turlari. 19. Ilmiy ish, uning mazmuni, maqsadi va vazifalari. 20. Ilmiy ishlarni bajarish tartibi. 21. Ilmiy-amaliy konferentsiyaning o'quv jarayonida tutgan o'rni. 22. Talabalarni uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirish. 23. Kurs, malakaviy bitiruv ishlari va hisobotlarni yozish tartibi to'g'risida tushuncha. 24. Reyting tizimi va uning o'quv jarayonida tutgan o'rni. 25. Joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazoratni o'tkazish tartibi. 26. Talabalar bilimini baholashda ball tizimining afzalliklari. 27. Yakuniy Davlat attestatsiyasini tashkil etish. 28. Talabalarni malakali mutaxassis bo'lib yetishishlarida mutaxassislik fanlarining ahamiyati. 29. Bank mutaxassislarining maqsadi va vazifalari. 30. «Bank ishi» yo'nalishini tugallagan mutaxassislarning ish o'rinlari va faoliyati, yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari. 31. Kelajakda o'z bilimini oshirish imkoniyatlari. 32 «Mutaxassislikka kirish» fanining predmeti va vazifalari.

Adabiyotlar ro'yxati Asosiy adabiyotlar 1. O'zbekiston Respublikasining «Markaziy banki to'g'risida»gi Qonuni. 1995 yil 21 dekabr. 2. O'zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi Qonuni. (26. 04. 96. ) 3. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. -T., 1999. 4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari 1995yil, 5 yanvardan 2001 yil 1 yanvargacha. - T.: Adolat, 2000. 5. Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. - T 1995. 6. Karimov I. A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. ­ T. , 1997. 7. Abdullaev O., Ismoilov R. Kichik va o'rta biznesni boshqarish.-Namangan, 2001. 8. Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. -T.: Movaraunnahr, 2001. 9. Aminov M., Madvalieva A. Ish yuritish. -T., 2000. 10. Ayupov R.X., Informatika. O'quv qo'llanma. TMI 2004 yil. 11. Ayupov R.X., Ilxomova E. Kompyuter tarmoqlari va internet tizimi. T., TMI, 2002 yil. 12. Bankovskoe delo: Upravlenie i texnologiya: Ucheb. ros. dlya vuzov. Pod red. prof. A. N. Tovasheva. -M.: Yuniti-Dana, 2001. 13. Bogataya Yu.V., Shvander V.A. Ekonomicheskoe upravlenie biznesom. M.: Yuniti-Dana, 2001. 14. Banki i bankovskoe delo /Pod red. I. T. Balabanova. ­ SPb.: Piter, 2001. 15. Bratko A. G. Bankovskoe pravo: Teoriya i praktika. - M. : PRIOR, 2000. 16. Volkov Yu.G. Dissertatsiya: podgotovka, zashchita, oformlenie: Prakt. pos. pod red. N.I. Zagulova.­ M.: Gardaraki, 2001. 17. Gafarli M.S. i Kasaev A.Ch. Uzbekskaya model razvitiya: Mir i stabilnost ­ osnova progressa ­ M.: DROFA, 2000. 18. Dengi, kredit, banki. Tsennie bumagi. Praktikum: Ucheb. pos. dlya vuzov. Pod red. E.F. Jukova. - M.: YuNITI­DANA, 2001. 19. . Dodobaev Yu.T., Usmonov S.N. Bozor iqtisodiyoti asoslari. -T. : 1999. 20. Dougerti K. Vvedenie v ekonometriku. Per. s angl. -M. : 1999. 21. Djodi Kitting. Flash MX. Iskusstvo sozdaniya Web-saytov. Izd-vo «DinSoft», 2005. 22. Zanina E.L. 95 ustnix tem po angliyskomu yaziku­2-e izd.ispr.-M.Rolf, 1999.

23. IminovO.K.Kreditniy mexanizm sovremennix usloviyax. Monografiya.-T., TGEU, 2000. 24. Iqtisodiy yo'nalishlar choraklik nashr. O'zbekiston. Aprel-iyun. 2001. 25. Kuznetsova O. D. Istoriya ekonomiki. -M. : Infra-M, 2000. 26. Kazimogomedov A.A., Ilyasov S.M. Organizatsiya denejno-kreditnogo regulirovaniya. - M.: Finansi i statistika, 2001. 27. Kuzin B., Yurev V., Shaxdinarov G. Metodi i modeli upravleniya firmoy. SPb: Piter, 2001. 28. Kenjaboev O. Yangi informatsion texnologiyalar. ­ TMI, 2003. 29. Lipsits I.V.Vvedenie v ekonomiku i biznes ekonomika dlya ekonomistov.M.2000. 30. Lyubimov L. L. Vvedenie v ekonomicheskuyu teoriyu. -M. , 1999. 31. Lisenkova L. F. Psixologiya i etika delovix otnosheniy. Ucheb. pos. dlya ekonomistov. ­M. : Institut prakticheskoy psixologii, 1999. 32. Melnikov N. K. Osnovi ekonomiki i predprinimatelstva. M. : Ekoperspektiva, 2001. 33. Olifer V.G., Olifer N.A. Kompyuternie seti. 2-e izdanie. - SPb, 2005 34. Popkov V. V. Banki na perexode. -M. : 2001. 35. Politologiya. Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun qo'llanma. -T. , 1998. 36. Pikuza V., Garashenko A. Ekonomicheskie i finansovie rascheti v EXCEL. Izdatelstvo BHV, Piter, 2004 37. Ribalkin P. Analiz ekonomiki. -M. , 2000. 38. Russko-angliyskiy slovar: Okolo 160 tis. slov i slovosochetaniy, s predlojeniem kratkix svedeniy po angliyskoy grammatike i orfoepii, sost. A. I. Smernitskim / pod. Red. A. I. Smirnitskogo, -2-e izd. Ste. ­ M. : Rus. Yaz. 1997. 39. Strigin A. V. Mirovach ekonomika. -M. , 2001. 40. Sa'dullaev N. Kichik va o'rta biznesga yo'l. -T. , 2000. 41. Savchuk V.P., Primekko S.I. Velichko E.G. Analiz, razborka investitsionnix proektov: Ucheb. posobie ­ Kiev: Elga, 1999. 42. Stoyanova E. S. i dr. Upravlenie oborotnim kapitalom ­M.: VO Perspektiva, 1998. 43. Xay R., Kozlov N. i dr. Pravovie osnovi bankovskoy deyatelnosti. Uchebnoe posobie, -M., 1998. 44. Xarris L. Denejnaya teoriya: per. s angl. /obshch. red. i vstup. statya V. M. Usoskina. -M., 1997. 45. Xusanov N., Miraxmedova Z., Shokirova S. Mutaxassislik tili. -T.: TMI, 2000. 46. O'lmasov A. Oila iqtisodi. -T. , 1998. 47. O'quv adabiyotini yaratish va uni baholash mezonlari. -T. , 1998.

48. Qurbonov Sh. E., Seytxalilov E. A. Natsionalnaya model i programma po podgotovke kadrov ­ dostijenie i rezultat nezavisimosti Uzbekistana. - T., 2001. 49. Sheremet A. D. Finansovi analiz v kommercheskom banke. ­ M., Finansi i statistika, 2000. 50. Sovremennie metodi prepodavaniya v VUZax . - sost. Farberman B.L., Musina R.R., Jumabaeva. -T. , 2001. 51. Umarov A.A. Diplomnie i kursovie raboti po ekonomicheskim spetsialnostyam. Prakticheskie soveti po podgotovke i zashchite. - 2-e izd. dopol. i pererab. -M.: Delo i servis, 2001.

Qo'shimcha adabiyotlar. 52. Badmaev B. Ts. Psixologiya: kak eyo izuchit i usvoit. -M., 1997. 53. Voyshvilo E. K. i dr. Logika. -M. , 1998. 54. Gorelov A. A. Kontseptsii sovremennogo estestvoznaniya. -M., 1998. 55. Grigorev B. V. Klassicheskaya logika. -M., 1998. 56. Krapivinskaya S. E. Sotsialnaya filosofiya. -M., 1998. 57. Timofeev M. I. Dengi pod nogami. -M.: INFRA-M, 1999. 58. Sharifxo'jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. -T., 2001. 59. Xanttse E. i dr. Teoriya upravleniya kadrami v rinochnoy ekonomike. -M. , 1999. 60. Yusupov Yu. B. Stanovlenie i razvitiya ekonomicheskoy nauki. -T.: Uchkun, 1999.

Mutaxassislikka kirish fanidan mustaqil ish mavzulari 1. Toshkent Moliya Institutining tashkil topishi. 2. Institut taraqqiyotining yo'nalishlari. 3. Institutning kadrlar tayyorlash dasturini bajarilishdagi o'rni va roli. 4. «Bank ishi» mutaxassisligi zarurligi, ish jihatlari, vazifalari. 5. Mutaxassislar tayyorlash tendentsiyasi va dinamikasi. 6. Mutaxassislikni o'rgatuvchi fanlarni o'qitishning o'ziga xos hususiyatlari. 7. Kitob ustida ishlash va uning bosqichlari. 8. Kutubxona fondidan foydalanish yo'llari va ahamiyati. 9. Ilmiy tadqiqot ishlari va ularning turlari. 10. Ilmiy-amaliy konferentsiyaning o'quv jarayonida tutgan o'rni. 11. Reyting tizimi va uning o'quv jarayonida tutgan o'rni. 12. Bank mutaxassislarining maqsadi va vazifalari. 13. «Bank ishi» yo'nalishini tugallagan mutaxassislarning ish o'rinlari va faoliyati, yangi irformatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari. 14. Kelajakda o'z bilimini oshirish imkoniyatlari. 15. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 16. «Ta'lim to'g'risida»gi qonunidan kelib chiqadigan vazifalar va uning bajarilishi. 17. Toshkent Moliya Institutining taraqqiyot yo'nalishlari. 18. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda institutning tutgan o'rni. 19. Zamonaviy fan va texnikadagi yangiliklarni hisobga olgan holda o'quv jarayonini tashkil etish. 20. O'zbekistondagi tijorat banklari faoliyatini o'rganish. 21. Quyidagi internet saytlarini tarjima qilish: www.banking.com www.state.st.us www.bankreferatov.ru www.bis.org

Information

88 pages

Find more like this

Report File (DMCA)

Our content is added by our users. We aim to remove reported files within 1 working day. Please use this link to notify us:

Report this file as copyright or inappropriate

59194


You might also be interested in

BETA
Microsoft Word - ms4k_uzl.doc
Microsoft Word - mensots2men_uzl.doc
Microsoft Word - km3o_uzl.doc