x

Read avzular bo`yicha soatlar taqsimoti I kurs fiz-mat text version

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI O'RTA MAXSUS KASB ­ HUNAR TA'LIMI MARKAZI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O`ZMU QOSHIDAGI S.RAHIMOV AKADEMIK LITSEYI "ANIQ FANLAR" KAFEDRASI

Namunaviy dastur asosida tuzilgan Akademik litsey o`quv ishlari bo`yicha direktor muovini _____________D.T.Sodiqova

Fizika fanidan Ishchi o'quv dasturi

668 soat

Tuzuvchi: R.A.Gadoeva

O`quv reja 2010 yil 28 avgust akademik litsey pedagogik kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan

Toshkent - 2010 yil

1

Fizika kursi bo`limlari bo`yicha soatlar taqsimoti I kurs T/R 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. Bo`limlar Kirish Kinematika Dinamika Mexanikada kuchlar Impulsning saqlanish qonuni Mexanik ish Statika Suyuqlik va gazlar mexanikasi I semester bo'yicha 9. 10. 11. 12. 13. 14. 15. Suyuqlik va gazlar mexanikasi Molekular-kinetik nazariya asoslari Termodinamika asoslari Suyuqlik va gazlarning o'zaro aylanishi Suyuqliklarda sirt taranglik Qattiq jismlar Takrorlash Mexanika va molekulyar fizika 16. Elektrostatika II semester bo'yicha Jami I kurs bo'yicha Ajratilgan soatlar 2 36 8 28 8 20 12 6 120 6 20 12 10 12 18 2 200 40 120 240 Soatlar taqsimoti Nazariy Laboratoriya Amaliy 2 10 2 8 2 6 4 2 36 2 8 6 4 4 8 68 14 46 82 10 4 4 4 2 24 2 2 4 4 4 40 2 18 42 16 2 16 6 10 6 4 60 2 10 6 2 4 6 2 92 24 56 116

2

T/R

Bo`limlar

II kurs Ajratilgan soatlar

Soatlar taqsimoti Nazariy Laboratoriya 16 8 24 4 2 Amaliy 14 16 4 34 12 12 6 10 20 2 62 96 120 4 16 20 10 2 18 2 6 2 10 12 62 8 6 22 12 4 20 38 118 54 114 326

1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9.

O'zgarmas tok Turli muhitlarda elektr toki Magnit maydon I semester bo'yicha Magnit maydon Elektromagnit induksiya Moddalarning magnit xossalari Tebranishlar va to'Iqinlar Elektromagnit tebranishlar va to'lqinlar Umumlashtiruvchi darslar. Takrorlash II semester bo'yicha Jami II kurs bo'yicha Elektrodinamika asoslari Fotometriya

38 36 6 80 24 20 10 22 40 4 120 200 240 8 32 46 14 20 120 18 18 38 28 6 108 228 668

3

8 12 2 22 8 6 4 8 16 2 44 66 80 III kurs 2 10 18 4 6 40 8 6 14 6 2 34 76 224

4 4 14 38 40 2 6 8

1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. 10. Geometrik optika Yorug'lik to'lqinlari Nisbiylik nazariyasi elementlari Kvant fizikasi I semester bo'yicha Atom fizikasi Spontan va majburiy nurlanishlar Yadro fizikasi Elementar zarralar Umumlashtiruvchi takrorlash II semester bo'yicha Jami III kurs bo'yicha Umumiy

Ishchi dasturning namunaviy dastur bilan qiyosiy tahlili. Bo'limlar

Kirish. Fizikaning shakllanishi. llmiy tekshirishning zamonaviy usullari. Kinematika 2. Dinamika. Nyuton qonunlari 3. 1. 4. 5. 6. Kuch, kuch turlari va ularning xossalari Impulsning saqlanish qonuni Soatlar hajmi ishchi dasturda 2 36 8 28 8 20 6 6 20 12 12 10 12 18 2 38 2 38 36 30 20 10 22 40 4 8 32 46 14 20 18 18 38 28 6 668 4 Soatlar hajmi namunaviy dasturda 2 30 8 16 10 10 8 8 14 12 10 8 8 16 4 38 2 34 36 36 20 10 6 18 38 4 8 30 30 16 20 4 20 16 30 20 6 608 +84/24 +12 -2 +10 -2 -2 +6 +2 +2 +4 +2 -2 Farqi(chiqarilgan soatlar "-", kiritilgan soatlar "+")

+6

Ish. Quvvat. Energiya va uning saqlanish qonuni Statika. Og'irlik va massa markazi. Muvozanat va 7. uning turlari 8. Suyuqlik va gazlar mexanikasi 9. MolekulaT-kinenik nazariya asoslari 10. Temperatura. Gaz qonunlari 11. Termodinamika asoslari 12. Suyuqlik va gazlarning o'zaro aylanishi Suyuqliklarda sirt tarangiik Qattiq jismlar, ularning deformatsiyasi, erishi va 14. issiqlikdan kengayishi. Issiqlikdan hajmiy kengayish 15. Uinumlashtiruvchi darslar. Takrorlash 16. Elektrostatika 17. Umumlashtiruvchi darslar. Takrorlash 18. O'zgarmas tok 19. Turli muhitlarda eiektr toki 20. Magnit maydon 21. Elektromagnit induksiya 22. Moddalarning magnit xossalari 23. Umumlashtiruvchi darslar. Takrorlash 24. Mexanik tebranishlar .Mexanik tolqinlar. Tovush 25. Elektromagnit tebranishlar. Elektromagnit to'lqinlar 26. Umumlashtiruvchi darslar. Takrorlash 27. Fotometriya 28. Geometrikoptika 29. Yorug'lik tolqinlari. Nurlanish spektrlari 30. Nisbiylik nazariyasi 31. Kvant fizikasi. Yorug'lik kvantlari. Yorug'lik ta'siri 32. Umumlashtiruvchi darslar. Takrorlash 33. Atom fizikasi 34. Lazerlar. Nochiziqli optik elementlar 35. Yadro fizikasi Elementar zarralar. Kosmik nurlar. Olamning yagona 36. fizik manzarasi 37. Umumlashtiruvchi darslar. Takrorlash 13. Fizika kursi bo'yicha jami

+4 -6

-6 +4 -2

+2 +16 -2

-2 +2 +8 +8

DASTURNING MAZMUNI Mexanika (124 soat) Kirish (2 soat) Dunyoga ilmiy qarashning vujudga kelishi va rivojlanishi. XI--XVI asrlarda O'rla Osiyo va o'zbek olimlarining fizikani rivojiantirishdagi roli. O'zbekistonda fizika va texnikaning taraqqiyoti bo'yicha ilmiy ishlar. Ilmiy tekshirishning hozirgi zamon usullari. Ilmiy tekshirishning fizik usullarining asosiy xususiyatlari. Fizik kattaliklarni o'lchash, fizik kattaliklar orasidagi boglanishlar. Fizik nazariyalar, qonunlar, hodisa modellari. Kinematika (36 soat) Mexanik harakat va uning nisbiyligi. Fazo va vaqt. Nyuton klassik mexanikasi, uning qo'llanish chegarasi. Matematik tushunchalar. Vektorlar to'g'risida ma'lumotlar. Vektorning kattaligi va yo'nalishi -- uning mustaqil va teng kuchli ikki tavsifi. Vektorlarni qo'shish va ayirish. Ikki vektorni skalar ko'paytirish. Fizik formulalarni skalar va vektor shaklda yozish. Sanoq sistemasi. Inersial va noinersial sistemalar. Inersial sanoq sistemasining ikki ta'rifi, harakatning nisbiyligi. Fizik qonunlarning inersial sanoq sistemasini tanlashga bog'liq emasligi. Galileyning harakatlar nisbiyligi prinsipining qo'llanish sohasi. Harakatlarni qo'shish. Mustaqil harakatlar ta'rifi. Murakkab harakatni mustaqil oddiy harakatlar yig'indisi sifatida tavsiflash imkoniyati. To'g'ri chiziq va egri chiziqli harakatlar. Yo'l va ko'chish, trayektoriya. To'g'ri chiziqli tekis harakat. To'g'ri chiziqli tekis harakatning tezligi. To'g'ri chiziqli tekis harakatda yo'l formulasi. To'g'ri chiziqli tekis harakatda tezlik va yo'l grafiklari. To'g'ri chiziqli tekis harakat koordinatasining vaqtga bog'liqlik grafigi. O'zgaruvchan to'g'ri chiziqli harakat. O'zgaruvchan harakatda o'rtacha va oniy tezlik. Oniy tezlikning geometrik ma'nosi. Tezlik tushunchalarini umumlashtirish. Tezlanish tushunchasi. To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakat. Tekis tezlanuvchan harakatda oniy tezlik formulasi. Tekis tezlanuvchan harakatda tezlanish va tezlik grafiklari. Tekis tezlanuvchan harakatda tezlik grafigidan yo'l formulasini keltirib chiqarish. Koordinataning vaqtga bog'liqlik grafigi va trayektoriya tenglamasi. To'g'ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat. Tekis o'zgaruvchan harakatning xususiy hollari: erkin tushish va yuqoriga tik otilgan jism harakati, ularning harakat tenglamalari. Aylana bo'ylab tekis harakat. Chiziqli va burchak tezlik. Aylanish chastotasi va davri. Burchak tezlikning chastota va davrga bog'iiqligi. Burchak va chiziqli tezliklar orasidagi bog'lanish. Markazga intilma tezlanish formulasini keltirib chiqarish. Dumalayotgan g'ildirak harakati. Aylanma harakatlarni friksion uzatish. Tishli va tasmali uzatishlar. Tekis o'zgaruvchan aylanma harakat. Tangensial tezlanish. Burchak tezlanish. To'la tezlanish, uning kattaligi va yo'nalishi. Gorizontal otilgan jismning harakati. Harakatlar mustaqilligi prinsipi yordamida asosiy formulalarni keltirib chiqarish. Gorizontga qiya otilgan jismning harakati. Harakatlar mustaqilligi prinsipi yordamida jism harakatining asosiy formulalarini keltirib chiqarish. Uchish uzoqligi va eng katta ko'tarilish balandligi. Dinamika(8 soat) Dinamikaning asosiy vazifasi. Nyutonning birinchi qonuni (Galileyning inersiya qonuni). Inersiya qonuni va uning tajribaviy asoslari, harakat to'g'risida Galiley tasavvurlarining antik va o'rta asr fani tasavvurlaridan farqi. Fizikada birinchi inqilob. Nyutonning ikkinchi qonuni. Kuch - jismlarning o'zaro ta'sirini ifodalovchi fizik kattalik, uning vektor tavsifi. Kuchlaming teng ta'sir etuvchisi. Nyuton ikkinchi qonunining tajribaviy asoslanishi. Massa tushunchasi. Massa -- jism inersiyasining o'lchovi sifatida. Moddaning zichligi. Nyutonning uchinchi qonuni. Nyutonning uchinchi qonunining tajribaviy asoslanishi. Mexanikada kuchlarning turlari va ularning xossalari.

Mexanikada kuchlar (28 soat)

Elastik kuchlar va ularni vujudga keltiruvchi sabablar. Tayanchning reaksiya kuchi. Prujina va ipning taranglik kuchi. Mutlaq elastik deformatsiyalar, Guk qonuni. Mutlaq elastik prujinalar va iplar uchun Guk qonuni. Qattiqlik, qayishqoqlik tushunchasi. Mutlaq elastik silindr (sterjen) uchun Guk qonuni. Mutlaq va nisbiy uzayish, kuchlanish, Yung moduli, mustahkamlik chegarasi, mustahkamlik zapasi. Ishqalanish kuchlari va uni vujudga keltiruvchi sabablar. Tinchlikdagi ishqalanish kuchi. Uning tabiati va ta'sir etuvchi kuch kattaligi yo'nalishi, uning tabiat va texnikadagi roli. Sirpanish ishqalanish kuchi. Sirpanish 5

ishqalanishning koeffitsiyenti va uning sirt g'adir-budirligi darajasiga bog'liqligi. Dumalanish ishqalanish kuchi. Dumalanish va sirpanish ishqalanish koeffitsiyentlarini taqqoslash. Havoning qarshilik kuchi. Havo qarshilik kuchining jism teziigiga bog'liqligi. Gravitatsiya kuchi. Butun olam tortishish (gravitatsiya) qonuni. Nyuton tomonidan butun olam tortishish qonunining kashf etilishi. Gravitatsion doimiy, uni tajribaviy yo'l bilan aniqlash. Jismning Yerga tortilish kuchi (og'irlik kuchi). Erkin tushish tezlanishi va uning jism bilan Yer markazi orasidagi masofaga bog'likligi. Gravitatsion maydon. Birinchi, ikkinchi va uchinchi kosmik tezliklar (isbotsiz). Abu Rayhon Beruniy va Umaral Chagmani quyosh atrofida Yer va sayyoralar harakati to'g'risida. Tortishish kuchlari tabiati to'g'risida zamonaviy tasavvurlar. Jism og'irligi. Og'irlikning jism harakati turlariga bog'liqligi. Vaznsizlik. Yuklanish. Kosmik kemayo'ldoshlarda vaznsizlik. Vaznsizlikning ba'zi biologik va tibbiy aspektlari. Impulsning saqlanish qonuni. (8 soat) Jism va kuch impulsi. Impute atamasida Nyutonning ikkinchi qonuni. Jismlar yopiq sistemasi ta'rifi. Tabiatda yopiq sistemalar mavjudligi. Impulsning saqlanish qonuni-Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonuni sifatida. Tabiatda va texnikada impulsning saqlanishi. Reaktiv harakat. Mexanik ish(20 soat) Ish. Mexanik ish. Musbat va manfiy ish.Quvvat. Quvvat -- mexanizmlar ta'sirining unumdorligi sifatida. Oddiy mexanizmlaming FIKi. Energiya. Mexanik energiya va uning turlari. Ish va energiya tushunchalarining o'zaro bog'liqligi. Kinetik energiya -- harakatlanuvchi jismning energiyasi. Potensial energiya --jismlar o'zaro ta'siri energiyasi. Potensial energiyaning ikki turi. Yerdan yuqoriga ko'tarilgan jismlar potensial energiyasi. Mutlaq elastik deformatsiyalangan prujinaning potensial energiyasi. To'la mexanik energiya.Mexanikada energiyaning saqlanish va aylanish qonuni. Mexanikada energiyaning saqlanish va aylanish qonunining tabiatda energiyaning saqlanish va aylanish umumiy qonuni bilan bog'liqligi. To'la mexanik energiyaning saqlanishi yoki o'zgarishining yopiq sistemada ta'sir etuvchi kuchlarning xarakteriga bog'liqligi. * Ba'zi mexanik masalalarni yechishda energiya va impuls saqlanish qonunlarining birgalikda qo'llanilishi.* Statika(12 soat) Statikaning asosiy vazifalari. Statikada kuchlarning uch tavsifi. Kuchlar sistemasi. Teng ta'sir etuvchi kuch. Kuchlarni qo'shish, ayirish. Jismning turii nuqtasiga burchak ostida yo'naltirilgan ikki kuchning teng ta'sir etuvchisi. Ikki parallel kuchning teng ta'sir etuvchisi. Kuchlarni (burchak ostida yo'naltirilgan, parallel va antiparallel) ikki tarkibiy qismga ajratish. Aylanish o'qiga ega jismlar statikasi. Kuchning aylantiruvchi ta'siri, kuch momenti. Kuch yelkasi. Kuch momentining vektor tabiati. Juft kuchlar. Aylanish o'qiga ega bo'lgan va aylanish o'qiga ega bo'lmagan jismning muvozanat sharti. Qattiq jism muvozanatining umumiy sharti. VIII asr allomasi Abu Abdulloh al-Xorazmiyning oddiy mexanizmlarning ishlashi haqidagi fikrlari. * Og'irlik markazi yoki massa markazi. Jismning va jismlar sistemasining massalar markazi ta'rifi. Aniq geometrik shakldagi bir jinsli jismning massa markazi. Aylanish o'qiga ega bo'lgan jismning muvozanat sharti yordamida massalar markazini aniqlash. Qattiq jism muvozanati umumiy sharti yordamida massalar markazini aniqlash. Qattiq jism muvozanati turlari. Turg'un, noturg'un va befarq muvozanat. Turg'un muvozanat ta'rifi va uning massalar markazi vaziyati bilan bog'liqligi. Potensial energiya -- muvozanat turg'unligining tavsifi sifatida. Tayanch yuzasiga ega jism muvozanati. Turg'un muvozanatdan noturg'un muvozanatga o'tish. Turg'un muvozanatni amalga oshirish yo'llari. Moddiy nuqtaning inersiya momenti. Ba'zi jismlarning inersiya momenti. Impuls momenti. Aylanma harakat dinamikasi va uning asosiy tenglamasi. Aylanma harakat qilayotgan jismning kinetik energiyasi.* Suyuqlik va gazlar mexanikasi(12 soat) Suyuqlik va gazlarda bosim. Tutash idishlar. Gidrostatik bosim. Paskal qonuni. Gidrostatik paradoks. Gidravlik press. Suyuqlik va gazlar uchun Arximed qonuni. Jismlarning suzish sharti. Suyuqlik va gazlarning laminar va turbulent oqimi. Siqilmaydigan suyuqlik uchun uzluksizlik tenglamasi. Harakatlanuvchi suyuqlik va gazlarda bosim. Bernulli tenglamasi. Normal atmosfera bosimi. Atmosfera bosimining balandlikka bog'liqligi. Bosimning o'lchov sistemasidan tashqari birliklari. Barometr. Manometr. Qovushqoq suyuqlikning oqishi. Puazey l qonuni. * Stoks formulas! (isbotsiz). * Samolyot qanotining ko'tarish kuchi. KO'RGAZMA VA NAMOYISHLAR 1. Harakatning nisbiyligi. 2. Stroboskop. 3. To'g'ri chiziqli va egri chiziqli harakat. 4. Spidometr. 6

5. Ko'chishlarni qo'shish. 6. Havoda va havosi siyraklashtiriigan fazoda jismlarning harakati {Nyuton trubkasi). 7. Erkin tushish tezlanishini aniqlash. 8. Aylana bo'ylab harakatda tezlikning yo'nalishi. 9. Inersiyaning vujudga kelishi. 10. Massalarni taqqoslash. 11. Nyutonning II qonuni. 12. Kuchlarni o'lchash. 13. Kuchlarni qo'shish. 14. Jismning og'irlik markazi. 15. Jismning uchish uzoqligining uning otilish burchagiga bog'liqligi. 16. Jismning tezlanish bilan tushirilgandagi va ko'tarilgandagi og'irligi. 17. Vaznsizlik. 18. Elastiklik kuchining prujina deformatsiyasiga bog'liqligi. 19. Sirpanish va dumalanish ishqalanishlari. 20. Markazdan qochma mexanizmlar. 21. Jismlarning bir necha kuch ta'siridagi muvozanati. 22. Impulsning saqlanish qonuni. 23. Reaktiv harakai. 24. Raketa modeli. 25. Potensial energiyaning kinetik energiyaga aylanishi va aksincha. 26. Suyuqlik va gazlar bosimining ularning oqim tezligiga bog'liqligi. 27. Pulverizator va suv oqimi nasosi. 28. Shamol dvigatelining modeli.

LABORATORIYA ISHLARI 1. Tekis tezlanuvchan harakatni o'rganish. 2. Jismlarning qiya tekislik oxiridagi tezliklarini aniqlash. 3. Jismning erkin tushushini o'rganish. 4. Gorizontal otilgan jism harakatini o'rganish. 5. Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakatini o'rganish. 6. Ikki jism o'zaro ta'sirlashganda ular massalarining nisbati ta'sir natijasida bosib o'tgan yo'llar nisbatiga tengligini tekshirish. 7. Tarozida tortish. Jismning massasini o'lchash. 8. Guk qonunini o'rganish. 9. Tribometr yordamida sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash. 10. Jismning qiya tekislik bo'yicha ko'tarishdagi FIK ni aniqlash. 11. Mexanik energiyaning saqlanish qonunini tekshirish. 12. Aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlarning muvozanatini o'rganish. 13. Stoks usuli yordamida suyuqlikning qovushqoqligini aniqlash. Molekular fizika(74soat) Issiqlikning tabiati haqidagi tasavvurning rivojlanishi. Mexanik hodisalar. Issiqlik hodisalari. Issiqlik tabiati haqidagi tasavvurning rivojlanish tarixi. Beruniy, Ibn Sino va boshqa allomalarning issiqlik harakati haqidagi fikrlari Molekular-kinetik nazariya asoslari(20 soat) Molekular-kinetik nazariyaning asosiy qoidalari va ularning eksperimental asoslari. Avogadro doimiysi. Nisbiy molekular massa. Modda miqdori. Molekula massalari va o'lchamlari. Broun harakati. Modda atomlari va molekulalarining o'zaro ta'siri, uning tabiati. Molekulalarning o'zaro ta'sir potensial energiyasi. Moddalarning gaz, suyuq va qattiq holatlari. Ideal gaz. Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasi va uning asosiy tenglamasi. Temperatura -- molekula larning o'rtacha kinetik energiyasining o'lchovi. Temperatura shkalasi. Bolsman doimiysi va uning ma'nosi. Molekulalar issiqlik harakatining o'rtacha tezliklari. Gaz molekulalarining tezligini o'lchash. Shtern tajribasi. Molekulalarning tezliklar bo'yicha Maksvell taqsimoti.

7

Ideal gaz holat tenglamasi. Ideal gazlarda izojarayonlar. Boyl-Mariott qonuni. Gey-Lyussak qonuni. Sharl qonuni. Universal gaz doimiysi. Avagadro qonuni. Dalton qonuni. Gaz jarayonlarming texnikada qo'llanishi.

Termodinamika asoslari(12 soat) Ichki energiya. Ideal gazning ichki energiyasi va uni o'zgartirish usullari. Issiqlik miqdori. Termodinamikaning I qonuni. Issiqlik sig'imi. Issiqlik balansi tenglamasi. Gaz hajmi o'zgarganda bajariladigan ish. Izojarayonlar uchun termodinamikaning I qonuni. Adiabatik jarayon, uning grafigi. O'zgarmas bosimdagi va o'zgarmas hajmdagi ideal gazning issiqlik sig'imi. Mayer formulasi. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Tabiatdagi jarayonlarning qaytmasligi va ularning tushuntirilishi. Issiqlik dvigatellari. Karno sikli. Issiqlik dvigatellarining maksimal FIKi. Sovutgich mashinalar. Issiqlik dvigatellari va ekologiya. Termodinamikaning II qonuni. II turdagi abadiy dvigatelning bo'lmasligi. Suyuqlik va gazlarning o'zaro aylanishi(10 soat) Suyuqliklarning bug'lanishi. Kondensatsiya. Suyuqlik bilan bug'ning muvozanati. To'yingan va to'yinmagan bug'lar. Real gazlar. Van der Vaals tenglamasi (isbotsiz). Real gazlarning izotermasi. Kritik holat. Kritik temperatura. Qaynash. Qaynash temperaturasining tashqi bosimga bog'liqligi. Solishtirma bug'lanish issiqligi. Gazlarni suyultirish, ulardan foydalanish. Havoning namligi. Absolut va nisbiy namlik. Shudring nuqtasi. Gigrometrlar. Psixrometr. Suyuqliklarda sirt taranglik(12 soat) Suyuqlik xossalari. Sirt taranglik. Sirt qatlamining molekular manzarasi. Sirt energiyasi. Sirt taranglik kuchi va uni o'lchash. Qattiq jism-suyuqlik chegarasidagi hodisalar. Ho'llash va ho'llamaslik. Menisk. Suyuqlik sirtining egrilanishidagi bosim (Laplas formulasi). Kapillar hodisalar. Tabiatda, texnikada va hayotda kapillar hodisalarning roli. Qattiq jismlar(18 soat) Qattiq jismlarning tuzilishi. Kristall panjara va ularning turlari. Polikristallar va monokristallar. Qattiq jismlarda deformatsiya. Deformatsiya turlari. Plastiklik va mo'rtlik. Amorf jismlar. * Amorf metallar, ularning xossalari. Amorf yarim o'tkazgichlar. Yarim o'tkazgichlardagi nuqsonlar, ularning ahamiyali va ularni boshqarishdagi muammolar. Polimerlar, ularning xossalari. Kristallarda nuqsonlar. Dislokatsiya. Qattiq jism xossalarining molekular-kinetik nazariya yordamida tushuntirilishi. Kristall va amorf jismlarning erishi va qotishi. Kristallizatsiya. Erish issiqligi. Suyuq kristallar, ulaming xossalari va texnikada, tibbiyotda qo'llanilishi. Qattiq jism va suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi, uning tushuntirilishi. Chiziqli kengayish va hajmiy kengayish koeffitsiyentlari, ular orasidagi bog'lanish. Qattiq jismlarning va suyuqliklarning issiqlikdan kengayishini hisobga olish va uning texnikada qo'llanilishi. KO'RGAZMA VA NAMOYISHIAR 1. Broun harakati (model asosida). 2. Suyuqlik va gazlarda diffuziya. Diffuziya hodisasining qaytmasligi. 3. Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasi haqida kinofilm. 4. «Gaz molekulalarining tezliklari» kinofilmi. 5. Izojarayonlarni namoyish qilish. 6. Issiqlik o'tkazuvchanlik. Suyuqlik va gazlarda konveksiya. Nurlanish yo'li bilan isitish. 7. Suyuqliklarning bug'lanishi, kondensatsiyasi. 8. To'yingan bug' xossalari. 9. Gigrometr: uning tuzilishi va ishlashi. Nisbiy namlikni aniqlash. 10. Psixrometr: uning tuzilishi va ishlashi. 11. Suvning tashqi bosim kamayganda qaynashi. 12. Suyuqliklarda sirt taranglik. Tomchi. 13. Ho'llash va ho'llamaslik. 14. Kapillar hodisalar. 15. Kristall panjaralar. 16. Elastik va qoldiq deformatsiya. 17. Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi. 18. Suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi 8

LABORATORIYA ISHLARI 14. Boyl-Mariott qonunini o'rganish. 15. Havoning nisbiy namligini psixrometr yoki gigrometr yordamida aniqlash. 16. Suyuqiiklarning issiqlikdan hajmiy kengayish koeffitsiyentini aniqlash. 17. Sirt taranglik koeffitsiyentini tomchini tortish usulida aniqlash. 18. Sirt taranglik koeffitsiyentini kapillar naylar yordamida aniqlash. 19. Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig'imini aniqlash. 20.Qattiq jismlarning issiqlikdan chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlash.

ELEKTRODINAMIKA ASOSLARI(240 soat) Elektrostatika(38 soat) Elektr zaryadi, zaryadning ikki turi, elementar zaryad. Elektr zaryadining saqlanish qonuni. Jismlarning elektrlanishi va uning tushuntirilishi. Elektr zaryadlarining o'zaro ta'siri. Kulon qonuni. Zaryad birliklari. Elektr doimiysi. Elektroskop va elektrometrlar, ularning ishlash prinsipi. Elektr maydon. Elektr maydon kuchlanganligi. Kuchlanganlik (kuch) chiziqlari va ularni o'tkazish qoidalari. Sinash zaryadi haqida tushuncha. Nuqtaviy zaryadning elektr maydon kuchlanganligi. Maydonlarning superpozitsiya prinsipi. Elektr maydonini grafik ravishda tasvirlash. Bir jinsli elektr maydon. Elektr maydon induksiya oqimi. Ostrogadskiy-Gauss teoremasi (isbotsiz) va uni elektr maydon kuchlanganligini hisoblashda qo'llanilishi. Bir jinsli zaryadlangan cheksiz tekislikning elektr maydon kuchlanganligi. lkkita har xil ishorali zaryadlangan cheksiz tekisliklarning elektr maydoni. Bir jinsli zaryadlangan shar va sferaning elektr maydoni. Elektr maydonida nuqtaviy zaryadlarni ko'chirishda bajarilgan ish. Potensial. Potensiallar ayirmasi. Elektr maydonidagi nuqtaviy zaryadning potensial energiyasi va uning o'zgarishi bilan ish orasidagi bog'lanish. Potensiallar ayirmasi va kuchlanganlik orasidagi bog'lanish. Nuqtaviy zaryadlarning o'zaro ta'sir potensial energiyasi. Nuqtaviy zaryad, zaryadlangan shar va sferaning elektr maydon potensiali. Ekvipotensial sirtlar. Elektr maydonda o'tkazgichlar. O'tkazgich ichidagi elektr maydon. Elektr maydonda dielektriklar. Dipol. Dipol momenti. qutblanish va uning mexanizmlari. Dielektrik singdiruvchanlik. Segnetoelektriklar, ularning xarakteristikalari. Pezoelektr effekt (p'ezoeffekt). Pezoelementlar va ularning texnikada qo'llanilishi haqida tushuncha. Yakkalangan jismning elektr sig'imi. Sig'im birliklari. Elektr sig'imining o'tkazgichni o'rab turgan muhitga bog'liqligi. Kondensatorlar, ularning turlari. Yassi kondensator va uning sig'imi. Sferik kondensator va shar sig'imlari. Kondensatorlarni ketma-ket va parallel ulash. Zaryadlangan jism va kondensator energiyasi. Elektr maydon energiyasining zichligi. Kondensatodarning texnikada qo'llanilishi. Ularni ishlab chiqarish texnologiyasidagi fizik muammolar. O'zgarmas tok(38 soat) Elektr toki. Elektr tokining vujudga kelish shart-sharoitlari. Tok yo'nalishi. Tokning ta'siri. Tok kuchi va tok zichligi, ularning birliklari. Tok manbayi bo'lmagan zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. Volt-amper xarakteristikasi (VAX). Elektr qarshilik. Qarshilik birliklari. Solishtirma qarshilik. Qarshiliklar, ularning turlari, ularning ishlab chiqish texnologiyalari. *Metallar qarshiligining temperaturaga bog'liqligi. O'ta o'tkazuvchanlik, uning tushuntirilishi. O'ta o'tkazgich turlari va ularni yaratish muammolari. *Yuqori temperaturali o'ta o'tkazgichlar yaratish, uning hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyotidagi roli.* Elektr tokining ishi va quvvati. Joul-Lens qonuni. Elektr zanjir. O'tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash. Tok kuchi, kuchlanish va qarshiliklarni o'lchash. Ampermetr va voltmetrga shunt va qo'shimcha qarshiliklar ulash. Elektr yurituvchi kuch (EYuK). Tashqi (elektrostatik bo'lmagan kuch) kuchlar, ularning tabiati. To'liq (butun) zanjir uchun Om qonuni. Qisqatutashuv toki. Kirxgof qoidalari. Tarmoqlangan elektr zanjirlaridagi tok kuchi va kuchlanishlarni hisoblash. Galvanik element, quruq batareyalar va akkumulatorlar, ularning ishlash prinsipi. * Ularning ekologiyaga ta'siri.* Turli muhitlarda elektr toki(36 soat) Turli muhitlarda elektr toki: o'tkazgichlar, dielektriklar, yarim-o'tkazgichlar. Metallarning elektron o'tkazuvchanlik nazariyasi. Elektronlarning tartibli harakat tezligi. Qarshilikni o'tkazgichning tabiatiga, o'lchamlariga va temperaturaga bog'liqligining tushuntirilishi. Erkin elektronlarning metallarda mavjudligining tajribada tasdiqlanishi. Om qonuning differensial shakli (isbotsiz). Bir jinsli bo'lmagan zanjir uchun Om qonuni.

9

Elektrolitlar, elektrolitik dissotsiatsiya. Elektrolitlarda elektr toki. lonlaming harakatchanligi. Elektroliz. Faradey qonunlari. Faradey soni, elektron zaryadini aniqlash. Elektrolizning texnika va texnologiyada qo'llanilishi. Galvanik element, quruq batareyalar va akkumulatorlar, ularning ishlash prinsipi. *Ularning ekologiyaga ta'siri. Elektroliz va ekologiya. Gazlarda elektr toki. Gazlarda elektr razryadi. lonizatsiya va rekombinatsiya. Nomustaqil va mustaqil razryad. Mustaqil razryad turlari: miltillama, yoy, uchqun, toj razryadlari. Yashin. Plazma haqida tushuncha. Plazmaning qo'llanilishi. MGD- generator!* Vakuumda elektr toki. Elektron emissiya va uning turlari. Vakuumda elektr tokini hosil qilish. Katodlar, ularning turlari. Ikki elektrodli elektron lampa-diod. Diodning volt-amper xarakteristikasi. Uch elektrodli elektron lampa-triod. Triodning to'r xarakteristikasi. Tetrod, pentod va boshqa elektron lampalar haqida ma'lumot. Elektron dasta-elektron nurlarning qo'llanilishi. Elektron nurli nay, ularning qo'llanilishi. * Termo EYuK. Kontakt potensiallar farqi. Termoparalar. Termoemission energetik o'zgartirgichlar haqida tushuncha.* Yarimo'tkazgichlarda elektr toki. Ularning elektr o'tkazuvchanligini temperaturaga va yoritilganlikka bog'liqligi. Yarimo'tkazgichli rezistorlarning VAX va boshqa xarakteristkalari. Yarimo'tkazgichlarda xususiy va aralashmali o'tkazuvchanlik va uning nuqsonlarga bog'liqligi. Elektron-kovak o'tish. Yarimo'tkazgichli diod va uni elektron lampa-diod bilan taqqoslash. Tranzistor va uning ishlash prinsipi. Uni triod bilan taqqoslash. Termistor va fotoqarshiliklar. Tranzistor turlari va ularning xarakteristikalari haqida ma'lumot. * Integral sxemalar (tizimlar). * Ularning turlari va texnologiyasi haqida tushunchalar. * Yarimo'tkazgichli elektron asboblar va ularni ishlab chiqarishning fizik va texnologik muammolari. * Yarimo'tkazgichli fotorezistorlar va rezistorlaming fotoelektrik xarakteristikalarining strukturaviy tuzilishiga bog'liqligi. Magnit maydon(6 soat) Toklarning magnit maydoni. Magnit maydonida tokli o'tkazgich. Magnit maydon induksiya vektori, uning yo'nalishi, birligi. Magnit maydonida tokli kontur. Amper qonuni. Tokning magnit momenti. Magnit maydon uchun superpozitsiya prinsipi. Magnit maydon induksiya chiziqlari (kuch chiziqlari). Tokli o'tkazgichning magnit maydonida ko'chirilishida bajarilgan ish. Bio-Savar-Laplas qonuni. * Cheksiz to'g'ri parallel tokli o'tkazgichlarning o'zaro ta'siri. Cheksiz to'g'ri tokli o'tkazgich, aylana shaklidagi tokli o'tkazgich markazidagi va cheksiz uzun solenoidning magnit maydon induksiyalari. Elektromagnit o'lchash asboblarining turlari. * Elektromagnit o'lchash asboblarining ishlash prinsiplari. Harakatlanayotgan zaryadli zarrachalarga magnit maydonining ta'siri (Lorens kuchi). Zaryadlangan zarrachalarning bir jinsli elektr va magnit maydonlaridagi harakati. Yarimo'tkazgichlarning fizik xususiyatlariga magnit maydonining ta'siri. Xoll effekti va uning qo'llanilishi. Zaryadlangan zarralar tezlatgichlari. Mass-spektrometrnmg ishlash prinsipi. * Elektromagnit induksiya(20 soat) Elektromagnit induksiya hodisasi. Induksiya EYuK. Elektromagnit induksiya qonuni. Lens qoidasi. Magnit maydon oqimi. Magnit maydon oqimi birliklari. Uyurmaviy elektr maydon. harakatlanayotgan o'tkazgichlarda induksiya EYuK. O'zinduksiya. Induktivlik. Magnit maydon energiyasi va energiya zichligi. Elektr va magnit maydonlarninig nisbiyligi. Elektromagnit maydon haqida tushuncha. Elektromagnit induksiya va o'zinduksiya hodisalarining texnikada qo'llanilishi. * Moddalarning magnit xossalari(20 soat) Amperning molekulyar toklar nazariyasi. Moddalarning magnit xossalariga ko'ra turlari: diamagnetiklar, paramagnetiklar va ferromagnetiklar. Magnit singdiruvchanlik va qabul qiluvchanlik. Dia-, para va ferromagnit moddalarning xarakteristikalari. Paramagnetizm va diamagnetizmni tushuntirishning elementar nazariyasi. Ferro-magnetizmning tabiati va uni tushuntirishning hozirgi zamon nazariyasi elementlari. Ferromagnetiklaming turlari. Ferritlar va antiferromagnitlar. * Ferromagnetiklaming asosiy xossalari: Kyuri temperaturasi, magnit gisterezisi. Magnit material. Ularning hozirgi zamon texnikasida va turmushda qo'llanilishi. * Axborotni magnitik usulda yozib olish. Magnit disklari va tasmalari. Magnit materiallarini yaratish texnologiyasi va uning muammolari. * KO'RGAZMA VA NAMOYISHLAR 1. Elektrofor mashina, uning ishlash prinsipi. 2. Turli jismlarning elektrlanishi. Ularning o'zaro ta'siri. Ikki xil elektr zaryadi. 3. Elektroskop, tuzilishi va ishlashi. 4. Elektrometr, tuzilishi va ishlashi. 5. O'tkazgich bo'ylab zaryadning taqsimlanishi. 6. Kondensatorlar. Ularning turlari. Ularni zaryadlash va razryadlash. O'zgaruvchan sig'imli kondensator. 7. Tok manbalari: galvanik elementlar, akkumulatorlar, quruq batareyalar va hokazolar bilan tanishtirish. 10

8. Namunaviy tok zanjirini tuzish. Tok kuchini, kuchlanishni o'lchash. 9. Om qonunini namoyish qilish. Qarshilikni o'lchash. 10. O'zgaruvchan qarshiliklar -- rezistorlar va reostatlar, ularni tok zanjiriga ulash. 11. O'zgarmas tok quwatini o'lchash. Vattmetr, uni tarmoqqa ulash. 12. Gazlarda elektr toki -- gaz razryadini namoyish qilish. 13. Suyuqlikda elektr tokini namoyish qilish. 14. Vakuumli diodning ishlashini namoyish qilish. 15. Yarim o'tkazgichlaming qarshiligini temperaturaga, yoritilganlikka bog'liqligini namoyish qilish. 16. Yarimo'tkazgichli diodning ishlashi va VAXI. 17. Termorezistorning ishlashi. 18. Termoparaning ishlashini namoyish qilish. 19. Tranzistor yordamida doimiy tokni kuchaytirish. 20. Doimiy magnitlarning o'zaro ta'siri. 21. Tokli o'tkazgichlarning o'zaro ta'siri. 22. To'g'ri tokning magnit maydoni. 23. Aylana shaklidagi tokli o'tkazgich va solenoidning magnit maydoni ari. 24. Ferromagnit va diamagnit jismlarning magnit maydon bilan o'zaro ta'siri. 25. Elektr asboblarning tuzilishi va ishlash prinsiplari (ampermetr, voltmetr, o'zgarmas tok dvigateli). 26. Elektromagnit induksiya hodisasi. Lens qoidasi. Faradey tajribalari. 27. O'zinduksiya hodisasini namoyish etish. LABORATORIYA ISHLARI 21. Kondensatorning sig'imini aniqlash. 22. Om qonunini o'rganish. 23. O'tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash. 24. O'tkazgichlarning solishtirma qarshiligini aniqlash. 25. Ampermetrning o'lchash chegarasini kengaytirish. 26. Voltmetrning o'lchash chegarasini kengaytirish. 27. Tok manbatning EYuK va ichki qarshiligini aniqlash. 28. O'tkazgich qarshiligini Uitston ko'prigi yordamida aniqlash. 29. Suv qaynatgich qurilmasining FIK ni aniqlash 30. . Qarshilikning temperaturaga bog'liqligini o'rganish. 31. Misning elektrokimyoviy ekvivalentini va elektron zaryadini aniqlash. 32. Elektrolitlar uchun Om qonunining bajarilishini tekshirish. 33. Yarimo'tkazgichli diodning (VAX) voltamper xarakteristikasini o'rganish. 34. Elektr o`lchov asboblarining ishlash prinsipini o`rganish. 35. Termojuftni (termoparani) darajalash. 36. O`zinduksiya hodisasini o`rganish. Tebranishlar va to'lqinlar(22 soat) Mexanik tebranishlar va to'lqinlar. Tebranma harakat, uning vujudga kelish shart-sharoitlari. Tebranishlar turi. Garmonik tebranishlarning parametrlari: tebranish davri, chastotasi, amplitudasi va fazasi. Garmonik tebranma harakatlarda tezlik, tezlanish va ularning vaqtga bog'liqlik grafiklari. Matematik va fizik (prujinali) mayatniklar. Garmonik tebranishlarni qo'shish. Vektor diagrammalar. Garmonik tebranishlarda energiyaning o'zgarishi va saqlanishi. Real tebranishlar. So'nuvchi tebranishlar. Majburiy tebranishlar. Rezonans. Avtotebranishlar. Garmonik va nogamionik tebranishlarning texnikada tutgan o'mi va ularning fizik muammolari. Tebranishlarning elastik muhitda tarqalishi. Ko'ndalang va bo'ylama to'lqinlar. To'lqin uzunligi. To'lqin tezligi. To'lqin uzunligi bilan uning tarqalish tezligi orasidagi bog'lanish. To'lqin sirti. Yassi to'lqin tenglamasi. To'lqin energiyasi. Tovush to'lqinlari, tezligi, qattiqligi, balandligi. Akustik rezonans. Ultratovush. To'lqinlar interferensiyasi. Gyuygens prinsipi. To'lqinlarning qaytishi. Turg'un to'lqinlar. To'lqin difraksiyasi. Elektromagnit tebranishlar va to'lqinlar(40 soat) Tebranish konturi. Konturda erkin elektromagnit tebranishlar. Tebranish konturida energiyaning o'zgarishi. Tebranish konturidagi elektromagnit tebranishlar tenglamasi, tebranish amplitudasi, chastotasi va davri. Mexanik va elektr tebranishlarning o'xshashligi. Tebranish parametrining grafiklari. Real tebranish konturida tebranishlar. So'nuvchi elektromagnit tebranishlar. So'nmas tebranishlar generatori (triodda va tranzistorda). 11

O'zgaruvchan tok. O'zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshilik. Tok kuchining va kuchlanishning ta'sir etuvchi qiymati. O'zgaruvchan tok zanjirida sig'im. Sig'im qarshilik. O'zgaruvchan tok zanjirida induktiv g'altak. Induktiv qarshilik. O'zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni. Zanjirning toTa qarshiligi. O'zgaruvchan tokning ishi va quwati. Quwat koeffitsiyenti. Elektr zanjirida rezonans. Elektr energiyasi hosil qilish. O'zgaruvchan va o'zgarmas tok generatorlari, ularning ishlash prinsiplari. 1-, 2-, 3- fazali toklar. Uch fazali tok tarmog'iga nagruzkani yulduz va uchburchak usulda ulash. Chiziqli va fazaviy kuchlanishlar. Transform at orlar, ularning ishlash prinsipi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish. Elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirish. Asinxron dvigatellar haqida tushuncha.O'zbekistonni elektrlashtirish. * Elektr energiya inshootlari, ularning hozirgi zamon muammolari va ekologiya. * Elektromagnit to'lqinlar O'zgaruvchan elektr maydon (uyurmaviy elektr maydon) bilan o'zgaruvchan magnit maydon orasidagi bog'lanish. Elektromagnit maydon. Elektromagnit ta'sirning uzatilishi. Elektromagnit to'lqin. Yassi elektromagnit to'Iqinning vujudga kelishi va tarqatilishi. Antenna. Gers tajribalari. Elektromagnit to'lqin tezligi va uzunligi. To'lqin tenglamasi. Elektromagnit to'lqinlarning xossalari: qaytishi, sinishi, difraksiyasi va interferensiyasi. Elektromagnit to'lqin energiyasi. Umov-Poyting vektori. Popov kashfiyoti. Modullashtirish va detektirlash. Eng sodda radiop-riyomnik. Radioaloqa, radiotelefon aloqa prinsiplari. Radiolokatsiya. Televideniye. O'zbekistonda aloqa vositalarining rivojlanishi.* KO'RGAZMA VA NAMOYISHLAR 1. Matematik mayatnik. 2. Prujinali mayatnik tebranishining yuk massasiga va prujinaning elastiklik koeffitsiyentiga bog'liqligi. 3. So'nuvchi tebranish. 4. Majburiy tebranish. Rezonans. 5. Ko'ndalang va bo'ylama mexanik toTqinlarning hosil bo'lishi va tarqalishi. 6. Tovush tarqalishining havo zichligiga bog'liqligi. 7. Tovushning qaytishi. 8. Akustik rezonans. 9. Ultratovush va uning qo'llanilishi. 10. To'lqin mashinasi. 11. Tebranishlar haqida kinofilm. 12. Tebranish konturi, unda past chastotali elektromagnit to'lqinlar hosil qilish. 13. Tebranishlar, elektromagnit tebranishlarni qo'shishning ossillografda namoyish etish. 14. O'zgaruvchan tok generatori, uning ishlashi. 15. R, L, C li elektr zanjirlarida tok va kuchlanishlarning fazalarini nazorat qilish. 16. Elektr zanjirida rezonansni kuzatish. 17. O'zgaruvchan tok ossillogrammasi. 18. O'zgaruvchan va o'zgarmas tok generatorlari va dvigatellari, ularning tuzilishi. 19. Elektromagnit to'lqinlarni hosil qilish. Ularning qaytishini kuzatish. 20. Elektromagnit toTqinlarning interferensiyasi va difraksiyasi. 21. Elektromagnit tebranishlarni modullashtirish va detektirlash. 22. Eng sodda radiopriyomnikning ishlashi. 20. Elektromagnit to'lqinlarning interferensiyasi va difraksiyasi. 21. Elektromagnit tebranishlarni modullashtirish va detektirlash. 22. Eng sodda radiopriyomnikning ishlashi. LABORATORIYA ISHLARI 37. Matematik mayatnikning tebranma harakatini o'rganish va erkin tushish tezlanishini aniqlash. 38. Pnijinali mayatnikning tebranma harakatini o'rganish va uning tebranish davrining yuk massasiga bog'liqligini o'rganish. 39. O'zgaruvchan tok zanjirida kondensator va uning sig`im qarshiligini aniqlash. 40. Elektromagnit tebranishlarni ossillograf yordamida tekshirish.

OPTIKA. (228 soat) Fotometriya. (8 soat) Fotometriya. Yorug'lik oqimi. Yorug'lik kuchi, uning birliklari. Yoritilganlik, ravshanlik va uning birliklari. Fotometriyaning texnikada va turmushda qo'llanilishi, uning fizik muammolari.* 12

Geometrik optika. To'lqin optikasining asoslari(32 soat) Geometrik optikaning asosiy qonunlari. Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'yicha tarqalishi, qaytishi va sinishi, uning qonunlari. Ferma prinsipi. Yassi va sferik ko'zgu. To'liq ichki qaytish. Nur tolalardan yorug'likning o'tishi. Yorug'likning prizmadan o'tishi. Linza. Yupqa linza formulasi. Linza yordamida tasvir hosil qilish shartsharoitlari. Linzaning katta-lashtirishi. Ko'z -- optik sistema sifatida. Ko'rish nuqsonlari. Ko'zoynak. Optik asboblar. Fotoapparat, proyeksion apparatlar, lupa, mikroskop, ko'rish naylari, uzoqdan ko'rish asboblari. Sferik va xromatik abberatsiyalar.* Optik asboblarning ajrata olish qobiliyati.* Yorug'lik to'lqinlari va optik asboblar. Yorug'lik -- elektromagnit to'lqin. Yorug'lik tezligi va uning tajribada aniqlanishi. To'lqin optikasining asoslari. Yorug'lik interferensiyasi. Kogerentlik. Maksimum va minimum shartlari. Ponada interferensiya, Nyuton halqalari. Interferensiyaning texnikada qo'llanilishi. k difraksiyasi. Gyuygens-Frenel prinsipi. Difraksion panjara. Difraksion spektr. Yorug'likning qutblanishi. Malus qonuni (isbotsiz). Qutblanishning texnikada qo'llanilishi.* Yorug'likning yutilishi. Buger-Lambert qonuni. Yorug'lik dispersiyasi. Dispersiya spektri. Spektr turlari. Nurlanish va yutilish spektrlari. Spektroskop. Spektral analiz va uning fanda va texnikada qo'llanilishi. Infraqizil va ultrabinafsha nurlar. Rentgen nurlari. Gamma nurlanishlar. Elektromagnit to'lqinlar shkalasi. Nisbiylik nazariyasi elementlari(14 soat) Elektrodinamika qonunlari va nisbiylik prinsipi. Maykelson tajribasi. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi postulatlari. Vaqtning, masofaning nisbiyligi. Tezliklarni qo'shishning relativistik qonuni. Jism massasining tezlikka bog'liqligi. Massa bilan energiya orasidagi bog'lanish. Kvant fizikasi(20 soat) Yorug'lik kvantlari. Yorug'lik ta'siri. Kvant nazariyasining tug'ilishi. Fotoeffekt. Fotoeffekt nazariyasi. Fotonlar. Ichki fotoeffekt. Foto-effektning qo'llanilishi. Quyosh energiyasidan foydalanish. Yarimo'tkazgichli batareyalar va ularning yaratilishidagi muammolar.* Geliotexnika elementlarining fan, texnika va qishloq xo'jaligida ishlatilishi, uning muammolari.* Yarimo'tkazgichlar fizikasini rivoj-lanishdagi o'zbek olimlarining tutgan o'rni.* Yorug'lik bosimi. Yorug'likning kimyoviy ta'siri. Fotografiya. Kinoda ovoz yozib olish va eshittirish. Yorug'lik tabiatini tushuntirishdagi dualizm-yorug'likning to'lqin va kvant xossalari. Atom fizikasi(18 soat) Atomistik dunyoqarashning rivojlanishi. Atom tuzilishi. Tomson modeli. Rezerford tajribasi va formulasi. Atomning planetar modeli. Bor postulatlari. Frank-Gers tajribasi. Atom spektrlaridagi asosiy qonuniyatlar. Vodorod atomining spektral seriyalari. Balmerning umumlashgan formulasi. Kombinatsion prinsip. Vodorod atomining Bor nazariyasi. Energetik sathlar diagrammasi. Bor nazariyasining qiyinchiliklari. Tabiatda zarra to'lqin dualizmi (qo'shmasi). Lui de-Broyl gipotezasi. Geyzenberg tengsizliklari. Kvant mexanikasi haqida tushuncha. Elektron spini. Atom sistemasini xarakterlovchi kvant sonlari. Pauli prinsipi. Mendeleyev davriy sistemasining fizikaviy tushuntirilishi. Nurlanishlar (18 soat) Spontan va majburiy nurlanishlar. Yorug'likning kuchaytirish prinsiplari. Rubin lazerining tuzilishi va ishlash prinsipi. Geliy-neon lazeri. Lazerlarning turlari va xarakteristikalari. Lazer nurlanishining xossalari. Fazoviy va vaqt bo'yicha kogerentlik. Katta quwatli lazerlarningKucnii yorug'lik maydoni. Optikada nochiziqiy effektlar. Yarimo'tkazgichli Jazerlar va ularning ishJash prinsipi. Lazerlarning qo'llanilishi. Lazer lokatsiyasi va aloqasi. Golografiya. Lazer termoyadro sintezi.* Materiallarni qayta ishlash.* Lazerlarning tibbiyotda qo'llanilishi.* Izotoplarni ajratish. O'zbekistonda lazerlar sohasidagi ilmiy-texnik ishlar.* Yadro fizikasi(38 soat) Atom yadrosining tarkibi. Izotoplar, izotonlar va izobarlar. Atom yadrosini xarakterlovchi kattaliklar. Atom yadrosining zaryadi, massasi va radiusini aniqlash usullari. Yadroning bog'lanish va solishtirma bog'lanish energiyalari. Yadroviy kuchlar. Yadro raodellari haqida ma'lumot. Radioaktivlik. Radioaktiv yemirilish qonuni. Aktivlik tushunchasi va birliklari. Sun'iy radioaktivlik. Radioaktiv oilalar. - yemirilish. - yemirilish. Neytrino. Atom yadrosining nurlanishi. - nurlanishning moddalar bilan o'zaro ta'siri. Yadro reaksiyalari. Yadro reaksiyalari vaqtidagi saqlanish qonunlari. Uran yadrosining bo'linishi. Yadro reaktorlari. Termoyadro reaksiyasi. Yuqori temperaturali plazmani yaratish va saqlab turish. Tokamak. Yadroviy energetika istiqbollari. Yadroviy nurlanish dozasi. Uning birliklari. Yadroviy nurlanishning modda tuzilishiga ta'siri: kimyoviy va biologik ta'siri. Dozimetriya va biologik himoya. Radioaktiv izotoplarni hosil qilish va ulardan sanoatda, qishloq xo'jaligida, fanda va tibbiyotda nishon atomlar 13

va nurlanishlar manbayi sifatida foydalanish. Bu sohada O'zbekistonda qilinayotgan ishlar. * Zarralarni qayd qilishning amaliy usullari. Elementar zarralar haqida tushuncha(28 soat) Elementar zarralar «bog'i». Pozitronning kashf etilishi. Antizarralar. Elementar zarralarni xarakterlovchi kattaliklar. Elementar zarralar fizikasidagi saqlanish qonunlari. Elementar zarralarning kvark modeli. Gluonlar. Tabiatdagi fizikaviy ta'sir turlari: yadroviy, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion ta'sirlashuvlar. Tabiatdagi fizikaviy ta'sir turlarining birlashgan nazariyasi haqida tushuncha. Kosmik nurlar haqida tushuncha. Ularning kimyoviy tarkibi. Kosmik nurlarning «yumshoq» va «qattiq» tashkil etuvchilari. Kosmik nurlar spektri. Kosmik nurlarning atmo-sferadan o'tishi. Yadroviy va elektromagnit kaskadlar. Keng atmosfera quyunlari. Kosmik nurlarni o'rganishda O'zbekistondagi qilinayotgan ishlar.* Olamning yagona fizik manzarasi. Fizika va ilmiy texnika inqilobi.* KO'RGAZMA VA NAMOYISHLAR 1. Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'yicha tarqalishi. 2. Yorug'likning sinish va qaytish qonunlarini va yorug'likning prizmadagi yo'lini namoyish qilish. 3. To'la ichki qaytish. Nurtolalar. 4. Linza yordamida tasvir hosil qilish. Mikroskop, lupa, ko'rish trubkasi. 5. Dispersiya hodisasini kuzatish. 6. Interferension manzarani hosil qilish. 7. Difraksion panjara yordamida yorug'likni spektrlarga ajratish. 8. Elektromagnit nurlanish shkalasi. 9. Nurlanish oqim zichligining nuqtaviy manbadan ekrangacha bo'lgan masofaga bog'liqligi. 10. Rux plastinkali qurilmada fotoeiTekt. 11. Tashqi fotoefiekt qonunlari. 12. Yarimo'tkazgichli va vakuum fotoelementlarining tuzilishi va ishlashi. 13. Fotoelementda fotorelening ishlashi. 14. Chiziqli va tutash spektriarni kuzatish. 15. lonlashtiruvchi zarralarning sanagichining tuzilishi va ishlashi. 16. Yorug'lik difraksiyasini kuzatish. 17. Fototok va foto EYK ning hosil bo'lishini kuzatish. 18. Yorug'lik bosimini namoyish etish. LABORATORIYA ISHLARI 41. Yoritilganlikning manbadan ekrangacha bo'lgan masofaga bog'liqligini o'rganish. 42. Yorug'likning qaytish qonunini o'rganish. 43. Yorug`likning sinish qonunini o`rganish. 44. Shishaning sindirish ko'rsatgichini aniqlash. 45. Linzaning fokus masofasini aniqlash. 46. Spektroskopni darajalash va yorug'lik spektrining to'lqin uzunligini aniqlash. 47. Difraksion panjara yordamida yorug`lik to`lqin uzunligini aniqlash. 48. Yorug'likning yutilishini o'rganish. 49. Fotoeffekt hodisasini o'rganish. 50. Vodorod atomi spektrlarini o'rganish. 51. Gaz lazerining ishlash prinsipini o'rganish. 52. Yarim o'tkazgichli lazerning ishlash prinsipini o'rganish. 53. Lazer nurlanishining to'lqin uzunligini difraksion panjara yordamida aniqlash. 54. Interferensiya hodisasini kuzatish va yorug'lik to'lqin uzunligini aniqlash (lazer nuri yordamida). 55. Atrof-muhitdagi nurlanish miqdorini aniqiash. Aniqiash asboblari va ularning turlari. O'lchash aniqligi. 56. Geyger-Myuller sanagichining ishlash prinsipini o'rganish. 57. Nurlanish manbalari. Ularni tayyorlash usullari va tuzilishi. 58. Nyuton xalqalari yordamida linzaning egrilik radiusini aniqlash. 59. Pufakli kamerada olingan fotosuratlar yordamida yadroviy ta'sirlashuvni o'rganish.

ASOSIY ADABIYOTLAR 1. Kikoin A. K., Fizika. O'rta maktabning 9-sinfi uchun darslik. -- T.: O'qituvchi, 1995. 14

2. Myakishev G. Ya., Buxovsev B. B. Fizika. O'rta maktabning 10-sinfi uchun darslik. - T.: O'qituvchi, 1995. 3. Shaxmayev N. M. va boshqalar. Fizika. O'rta maktabning 10- sinfi uchun darslik. -- T.: O'qituvchi, 1983. 4. Myakishev G. Ya., Buxovsev B. B. Fizika. O'rta maktabning 11-sinfi uchun darslik. -- T,: O'qituvchi, 1995. 5. Shaxmayev N. M. va boshqalar. Fizika. O'rta maktabning 11- sinfi uchun darslik. -- T.: O'qituvchi, 1998. 6. O'lmasova M. va boshqalar. Fizika. Mexanika va molekular fizika. -- T.: O'qituvchi, 1985. 7. O'lmasova M. va boshqalar. Fizika. Elektr, optika, atom va yadro fizikasi. -- T.: O'qituvchi, 1985. 8. Landsberg G. S. Eiementar fizika. I, II, III- qismlar. 9. Rimlceevich A. P. Fizikadan masalalar to'plami. -- T.: O'qituvchi, 1990. 10. Grabovskiy R. I. Fizika kursi. - T.: O'qituvchi, 1973. QO'SHIMCHA ADABIYOTLAR 1. Ahmadjonov O. I. Fizika. I, II, 111-qismlar. -- T.: O'qituvchi, 1985. 2. Kabardin O. F. Fizika. Spravochnik materiallar. -- X: O'qituvchi, 1992. 3. Jdanov L. S., Jdanov G. L. Fizika. O'rta maxsus o'quv yurtlari uchun. -- T.: O'qituvchi, 1993, 4. Budarina S. N., Isroilov A. A. Fizikadan laboratoriya mashg'ulotlari. -- T.: O'qituvchi, 1993. 5. Yusupov A. va boshqalar. Umumiy fizika kursidan masalalar to'plami. -- T.: O'qituvchi, 1991.

15

Information

avzular bo`yicha soatlar taqsimoti I kurs fiz-mat

15 pages

Report File (DMCA)

Our content is added by our users. We aim to remove reported files within 1 working day. Please use this link to notify us:

Report this file as copyright or inappropriate

114902

You might also be interested in

BETA
avzular bo`yicha soatlar taqsimoti I kurs fiz-mat